N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


«O‘ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing» texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə43/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

«O‘ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing» texnikasidan
foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1. O‘qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin o‘ylab chiqish, so‘ng qisqa
javoblar yozish tartibida.
2. Talabalar juftliklarga bo‘linib, bir - biri bilan fikr almashadilar
va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat
qiladi.
3. O‘qituvchi bir necha juftliklarga o‘ttiz sekund davomida auditoriyaga
o‘z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi.


2. Guruhlarda hamkorlikda ishlashni tashkil etish texnologiyasi
Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda muvaffaqiyatli ravishda qo‘llanilayotgan metodlardan biri talabalar guruhlarini juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishdir. Bu uslubda asosiy mas’uliyat talabalar zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga qaratiladi.
Ilg‘or mamlakatlar, shuningdek mamlakatimiz pedagoglarining tajribasi kichik bo’lgani tufayli ta’lim oluvchilar o‘rtasida ancha mustahkam munosabat o‘rnatilishini ko‘rsatadi.
Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish:

  • o‘quvchi-talabalarni hamkorlikda ishlashga, bilish jarayonini faollashtirishga, ularda kommunikabellik, kirishimlilik, boshqalarning fikrini eshitishni o‘rgatadi;

  • berilgan topshiriqni birgalikda bajarish jarayonida o‘rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga moyillik paydo bo‘ladi;

  • savollarni aniq shakllantirishni, beradigan javoblarni asoslab berishni o‘rganadilar.

  • Ta’lim oluvchining potensial imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Bilmaganlarini so‘rab o‘rganish imkoniyati yaratiladi. Ta’lim oluvchilar bilimini o‘zaro hamkorlikda boyishini ta’minlaydi.

  • Tortinchoq talabalar o‘z bilimlari, mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

  • Qobiliyatli, iqtidorli o‘quvchi-talabalar o‘z qobiliyatlarini namoyish qilish, boshqalarga yordam berish, ularga o‘rgatishlari va ulardan ham nimanidir o‘rganishlari mumkin.

  • Kichik guruhlarda ishlash har bir o‘quvchitalabaga, o‘zini guruhning bir bo‘lagi sifatida his qilish, birbirlarining muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishga o‘rganadilar.

Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish samarali bo‘lishi uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:

  1. Dars materialini o‘zlashtirish jarayonida talabalar jamoa bo‘lib ishlashi kerak.

  2. Har bir guruhda albatta a’lochilar bo‘lishi, kichik guruh tarkibi aralash bo‘lgani (qizlar, yigitlar) ma’qul.

  3. Butun guruh va alohida talabani taqdirlash tizimi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.

Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi, talabalarni kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishni tashkil etishning o‘zi yetarli emas ekan. Kutilgan natijaga erishish uchun yana ikki komponent: guruhni rag‘batlantirish va shaxsan mas’uliyatni his qilish mexanizmi va uni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish kerak ekan. Agarda guruh miqyosida rag‘batlantirish yetarli bo‘lmasa, guruh a’zolari o‘z o‘rtoqlari o‘tilayotgan darsni o‘zlashtirishiga uncha ahamiyat bermay qo‘yadi.
Guruhlarni kichik guruhlarga bo‘lishni qanday qoidalar yoki tamoyillar asosida amalga oshirish lozim, guruhlar qanday tuzilganda yuqori samara beradi degan savolga aniq javob, universal qoida yo‘q. Guruhlarni kichik guruhlarga bo‘lishda:
a) qo‘yilgan ta’lim maqsadlari, shakli, natijasi;
b) beriladigan topshiriq, texnologik xarita bo‘yicha qo‘llashni mo‘ljallagan ta’lim metodi va usullarini hisobga olishimiz kerak.
O‘quvchi talabalarni kichik guruhlarga bo‘lishda tasodifiy belgidan foydalanishimiz mumkin:
auditoriyada joylashganliklariga qarab bo‘lib chiqish mumkin. O‘qishdagi natijalarga ko‘ra:
baravarlashtirish guruhi sifatida tashkil qilinganda, kichik guruhlarga turli darajada o‘qiydigan talabalar birlashtiriladi.
qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish guruhi tarzida tashkil qilinganda, iqtidorli talabalar, o‘qish darajasi nisbatan pastroq guruhlarga ajratiladi.
Bajariladigan topshiriqqa ko‘ra juftlik, 45 kishidan iborat yoki undan ko‘p o‘quvchi-talabalardan tashkil topgan guruhlarga bo‘lish mumkin.
Kichik guruhlarni faoliyat ko‘rsatishi vaqti, bir topshiriqni bajarguncha amal qiladigan guruhlar, bir necha mashg‘ulot mobaynida birgalikda ishlaydigan guruhlar, tarkibi o‘zgarib turuvchi guruhlar tarzida tashkil etish mumkin.
Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishni tashkil etish va uning asosiy fazalari

Kichik guruhlarda talabalar o‘rtasida fikr almashuv, tahlil qilish imkoniyati keng. Har bir talabaning fikri o‘rtoqlari tomonidan tahlil qilinadi. Bunda har bir talaba, albatta o‘z fikrini asoslashga, himoya qilishga harakat qiladi. Munozara jarayonida har bir talaba o‘z xatosini tushunadi yoki haqligini sinab ko‘radi, hamkorlikda muammoni yechishga o‘rganadi.
Guruhni juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘lib ishlash maqsadga muvofiq, qachonki:

  • axborot bilan almashuv;

  • g‘oya va fikrlarni yig‘ish va o‘rtoqlashish;

  • qiyin yechiladigan muammo va variantlarni tahlil qilish;

  • murakkab masalani yechish va xulosa chiqarish zarur bo‘lganda.

Guruhda ishlash individual ishlashga qaraganda yaxshi natija beradi. Sababi:

  • axborot diapazoni keng, chunki har bir talaba ma’lum axborotga ega;

  • hamkorlik natijasida passiv talabalarning ham faolligi ortishi mumkin.

  • ko‘pgina taklif, fikrlar o‘zaro tanqid natijasida saralanadi.
Guruh bilan ishlashning maqsadi talabalarning bilimini oshirishdir.


Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin