N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə45/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Shaxsiy mas’uliyatni his qilish. O‘zaro ijodiy hamkorlikning o‘zi kichik guruxlarga bo‘linib, dars o‘tishning muhim natijasi hisoblanadi. Lekin har bir guruh a’zosining yangi bilimni o‘zlashtirishini ta’minlash uchun berilgan material yoki savolni o‘rganishda har birining javobgarligini anglashiga erishishi zarur. Har bir talabaning shaxsiy javobgarlikni his qilishi qay darajada ekanligini nazorat ishi yoki tavakkaliga tanlangan guruhning a’zolaridan biri javobiga qarab tekshirish, aniqlash mumkin.

  • Talabalar o‘rtasida muloqot, kichik guruhda ishlay bilish mahorati. Guruhda samarali ishlash uchun talabalar o‘rtasida birbiriga ta’sir ko‘rsatishni rivojlantirish zarur. Bunga masalan, muloqot, ishonch bildirish, sardorlik qilish, qaror qabul qilish va nizoli vaziyatni bartaraf qilish kabilarni ko‘rsatish mumkin.

  • Guruh bo‘lib axborotlarni ishlash. Guruh a’zolari birgalikda axborotni ishlaydilar va materialni tahlil qilib, o‘z fikrlarini o‘rtoqlashadilar. Juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘linib dars o‘tish uslubining asosiy jihatlari quyidagilar:

      • ijodiy hamkorlik va bevosita birbiriga ta’sir ko‘rsatish;

      • mas’uliyat his qilish;

      • muloqot, kichik guruhlarda ishlay bilish mahorati;

      • guruh bo‘lib axborotlarni ishlash.

    Kichik guruhlarga bo‘linib, dars o‘tishning afzalliklari:
    • Muammoni, mavzuni, savollarni muhokama qilishda talabalarning mustaqilligi.
    • Mustaqil olingan natija yaxshi o‘zlashtiriladi va uzoq vaqt yodda qoladi.
    • Mavzu bo‘yicha talabalar jadal ishlashadi.
    • Hamkorlikda ishlash imkoniyati mavjudligi.
    • O‘qituvchi yagona axborotchi, muharrir, imtihon qiluvchi sifatida asosiy o‘rinda turmaydi.
    • Talabalarda o‘rtoqlariga nisbatan o‘z bilimini baholash va bilmaganlarini o‘rganishga intilish kuchayadi.
    • Talabalarda muammoni, vaziyatni tahlil qilish qobiliyati o‘sadi.
    • Talabalarning xattiharakatini aniq maqsadga qaratilishi ortadi.
    • Talabalar o‘rtasida hamkorlik, bir-biriga nisbatan ijobiy munosabatlar shakllanadi.
    • Kichik guruhlarda bajarilgan ishlar talabalar tomonidan muhokama qilinib, baholanadi.
    Juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘lib, dars o‘tishning o‘ziga xos kamchiliklari ham mavjud.
    Birinchidan, muammo bilimni rag‘batlantirish bilan bog‘liq. Bilimi kuchli talabalar yuqori baho ola bilmasliklari, bilimi kuchsiz talabalar materialni o‘zlashtirmaganlari sababli butun guruh past ball to‘plashi mumkin.
    Ikkinchidan, o‘qituvchining dars o‘tishdagi, hatto murakkab masalalarni muhokama qilishda ham roli minimal.
    Uchinchidan, talabalar birbiriga bilmaganini o‘rgatadi. Lekin yangi tushuncha, yangi o‘quv materiali berilganda fanning mazmunini chuqur va yaxshi tushunadigan o‘qituvchi bo‘lishi kerak.
    To‘rtinchidan, juda ko‘p o‘qituvchilar kichik guruhga bo‘lib dars o‘tishni oddiy guruh bo‘yicha ishlash tarzida ko‘rishadi. Lekin nazariy jihatdan o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun bu yetarli emas. Natijada bu uslubning imkoniyati to‘la ishga solinmay qoladi.
    Beshinchidan, kichik guruhga bo‘lib dars o‘tish, dars jarayonida muammo tug‘dirishi mumkin. Sababi, qo‘yilgan masalani kichik guruhda muhokama qilish uchun qo‘shimcha auditoriya talab qilinadi. Shuning uchun kichik guruhlarga berilgan topshiriqni darsdan tashqari paytda muhokama qilib, seminar darsida ma’ruzachilarni tinglash mumkin.
    Auditoriyada kichik guruhlarga bo‘linib, birgalikda masala, mashq yechish mumkin. Bunda talabalar berilgan topshiriqni ma’nosiga tushunishdimi yoki yo‘qmi tekshirish, uni bajarishga aniq vaqt belgilash, talabalar o‘rtasida muloqot tashkil etish kerak.
    Metodning asosiy kamchiliklari:
    • Dars o‘tishning boshqa shakllariga qaraganda ko‘p vaqt talab qiladi.
    • Hamma talabalar ham darsga faol katnashmasligi mumkin.
    • O‘qituvchining roli minimal bo‘lgani sababli murakkab masalalarni muhokama qilishda muammo tug‘ilishi mumkin.
    • Dars o‘tishda mavzuni tanlash va topshiriq tayyorlash qiyin.
    • Topshiriqning bitta auditoriyada muhokama qilinishi shovqin-suronni kuchayib ketishiga olib keladi. Har bir kichik guruh uchun alohida auditoriya ajratishning imkoni yo‘q.
    Metodning kamchiliklariga nisbatan afzallik tomonlari ko‘p. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida bu metod keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, bu metodni boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘llash imkoniyatlari keng.



    Yüklə 398,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin