N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Ta’limning mazmuni: o‘quv rejalarida, dasturlarda va darsliklarda aks ettirilgandir



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə33/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Ta’limning mazmuni: o‘quv rejalarida, dasturlarda va darsliklarda
aks ettirilgandir.

O‘quv rejasi-muayyan o‘quv yurtida o‘rganilayotgan o‘quv predmetlari aytib
o‘tiladigan, ularni o‘quv yillari bo‘yicha o‘tish izchilligi hamda bir o‘quv yiliga
yoki har bir haftaga ajratilgan soatlar soni ko‘rsatilgan davlat hujjati o‘quv rejasi deb aytiladi.
O‘quv predmeti - o‘ziga tegishli fan asoslarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. Fanning asosiy tushunchalar tizimi, asosiy qoidalar va xulosalar unda o‘z aksini topadi.
O‘quv dasturi - o‘quv dasturi davlat hujjati bo‘lib, unda har bir o‘quv
predmetining mazmuni ochib beriladi va o‘quv yilida o‘zlashtirilib olish uchun zarur bo‘lgan bilim. Ko‘nikma va malakalar hajmi ko‘rsatiladi. Dasturlar bir
tipdagi hamma ukuv muassasalari uchun yagona, uning to‘la hajmda bajarilishi
majburiy. Bu eng muhim qoida bo‘lib, uzluksizlikni ta’minlaydi. Dastur
tushuntirish xatidan, bo‘lim va mavzular bo‘yicha taxminiy soatlar hisobidan,
dastur materiallari va tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari - maxsus ravishda talabalar uchun
yozilgan kitob darslik deb ataladi. Unda o‘quv dasturining barcha materiallarini
batafsil va izchillik bilan ochib beriladi. Darsliklar o‘quv materialini tezroq,
to‘laroq va chuqurroq egallab olishga yordam beruvchi o‘quv qo‘llanmalari bilan
to‘ldirilishi mumkin.
Har bir fan o‘zining tushunchalariga ega. Mana shu asosiy tushunchalar har bir
fanning o‘zagini tashkil etadi. Masalan: Matematikada-qo‘shish, ayirish,
ko‘paytirish, bo‘lish, ildiz kabi tushunchalar mavjud. Ximiya fanida reaksiya,
ishqor, kislota, tuz kabi tushunchalar ishlatiladi. Pedagogika fani ham o‘zining
asosiy tushunchalariga ega. Ularni ba’zan kategoriyalar deb ham ataladi.
A) Ma’lumot-ta’lim-tarbiya natijasida olingan va sistemalashtirilgan
bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarashlar
majmui. Ma’lumot ta’lim asosida amalga oshiriladi va shaxsning qobiliyati
hamda iste’dodi rivojlantiriladi.
B) Ta’lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, talabalarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan va shuning
bilan birga, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashini
tarkib toptiradigan jarayondir. Ta’lim jarayoni pedagog va talabalarning
birgalikdagi faoliyati natijasida vujudga keladi.
V) Pedagogning ma’lum maqsad sari yo‘naltirilgan faoliyatini o‘qitish deb
ataladi. O‘quv jarayoni pedagogning rahbarligida olib boriladi. Talabaning o‘quv
jarayoni davomidagi faoliyatini esa o‘rganish deb ataladi. O‘rganish, o‘qish
talabaning faol ishtirokini talab etadigan murakkab jarayondir. O‘qish, o‘rganish
faoliyati talabaning mustaqil ta’lim olishida ham namoyon bo‘ladi.
G) Didaktikaning tamoyillari - komil insonni tarbiyalashda o‘qish va
o‘qitish jarayonining xususiyatlari, talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning
o‘zlashtirilishi, egallanishi lozim deb topilgan malaka va ko‘nikmalarni hosil
qilishning asosiy qonun va qoidalarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga didaktika
tamoyillari har ikkala faoliyatni, ya’nipedagog va talaba tomonidan o‘z oldiga
qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan
bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi
Demak, o‘qitish tamoyillari ta’limning eng muhim masalalarini nazariy
va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
D) “Metod”-so‘zi grekcha-methodos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, yo‘l-yo‘rik
degan ma’noni anglatadi. O‘qitish metodi deganda ta’lim jarayonida pedagog va
talabalarning ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qaratilgan birgalikdagi faoliyat
usullari tushuniladi. Demak o‘qitish metodlari pedagogning dars jarayonida
talabalarda bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish faoliyatida
qo‘llaniladigan yo‘l-usullarini o‘z ichiga oladi.



Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin