N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə30/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Tayanch iboralar: ma’ruza, o‘quv jarayoni, unga qo‘yiladigan asosiy talablar, o‘qitishning muammoli–izlanish metodlari, ta’limning texnologik yondashuviga asoslangan, jadallashtirilgan (jalb qiluvchi, chuqurlashtirilgan) ma’ruza, seminar darsi va uning o‘quv jarayonida tutgan o‘rni, talabalarga maqsadga yo‘naltirilgan savollar asosida dars o‘tishning tutgan o‘ rni, suhbat metodi

Takrorlash va munozara uchun savollar:

  1. Dars o‘tishda auditoriya oldiga savol qo‘yishning qanday ahamiyati bor? Savol-javob eng ko‘hna, keng tarqalgan va hech eskirmaydigan metod deb ayta olamizmi?

  2. Nima sababdan har qanday bilish faoliyatining asosida savol yotadi, deymiz?

  3. Dars o‘tish jarayonida parta, stolstullar joylashuvining qanday ahamiyati bor?

  4. Savollarni qanday guruhlarga bo‘lish mumkin?

  5. Savol berish va unga javobni baholashda o‘qituvchi qanday qoidalarga rioya qilishi lozim?

  6. Suhbat metodi qanday metod hisoblanadi? Sizningcha, nima sababdan bu metoddan o‘qituvchilar dars jarayonida keng foydalanadilar?

7-MAVZU. TA’LIM MAZMUNI VA O’QITISH MAZMUNINI TUZISHDA O’QUV- ME’YORIY HUJJATLAR
Reja:
7.1. Ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlarida ifodalanishi
7.2. Mutaxassislarga kasbiy talab - Kasblar tasniflagichi: mohiyati va funksiyalari
7.3. O‘qitish mazmuniga o‘quv reja va dasturlar taqdim etilishi


7.1.Ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlarida ifodalanishi
Rivojlangan mamlakatlarda kasb ta’limi (shu jumladan oliy ta’lim)ning bosh maqsadi - raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va barcha toifadagi malakali xodimlarni tayyorlash orqali raqobatbardosh xizmat ko‘rsatishdan iborat. Uzluksiz ta’limni tashkil etishda uning jahon talablari darajasida bo‘lishi hamda u yuksak ma’naviyat zaminida qurilishiga katta ahamiyat berish kerakligi, davlat ta’lim standartlarini joriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish muhimligi ustuvor soha sifatida ko‘rib chiqilganligi bejiz emas.
Xo‘sh, ta’limda davlat standarti nima?
Ta’limni standartlashtirish - insoniyatning ijtimoiy ongida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bo‘lgan davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Bu holat ta’lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi.
Standart –ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o‘zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o‘zlashtirish darajasidir.
Standartni ishlab chiqishda talabani haddan tashqari zo‘riqtirib yubormaslik talablariga riya qilish, ya’ni u o‘quvchi yoshiga mos, uni bajarishga qurbi yetadigan darajada bo‘lishi kerak.
Albatta, ta’lim oluvchining qiziqishi, xohishi, ehtiyoji hisobga olinishi lozim. Davlat va jamiyat ta’lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo‘yayotgan ekan, o‘sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo‘lgan ijtimoiy sifatlarning minimal chegarasini ham ko‘rsatib berishi tabiiydir. Ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat - davlat ta’lim standarti hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, DTS nazorat vositasi, ayni vaqtda, ta’lim muassasalarida ko‘zlangan ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish uchun zarur bo‘lgan sharoitni belgilash o‘lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta’kidlab qo‘rsatish mumkin. Bunday standartlar o‘quvchilarga beriladigan ta’lim mazmunining majburiy minimumini hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini belgilab beradi.
Ta’lim mazmunining majburiy minimumi o‘quv dasturlari va darsliklarda to‘liq o‘z ifodasini topishi shart. Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko‘ra o‘quvchi muayyan bosqichda egallashi shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarining minimal miqdori belgilanadi.
Ta’lim standarti ta’limning maqsadi, qimmati, uning mazmuni va natijasi (tayyorlov darajasiga bo‘lgan talab), ta’lim-tarbiya dasturiy xususiyati, ta’lim jarayonining tuzilish tarixi, uning maqsadga erishish darajasini bosqichma-bosqich va yakuniy diagnostikasiga mo‘ljallangan ko‘lam hamda vaqtini, ta’lim va ma’lumotlilik darajasini belgilaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofiq DTS ishlab chiqish tamoyillarining asosiylari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • gumanitarlash va insonparvarlash;

  • nazariylashtirish (fundamentalizasiya);

  • umumta’limiy va kasbiy tayyorlov;

  • ta’lim – kasbiy programma dolzarbligi;

  • talabalarning akademik zarbdorligi;

  • fanlar qismlari va guruhlarning uyg‘unligi;

  • mustaqil davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirish;

  • sifatning ko‘p bosqichli nazorati.

Pedagogik jarayonning mazmuni belgilangan maqsadlarga muvofiq va quyidagi: ―Nimaga o‘qitish va shaxsning qanday sifat va xislatlarni shakllantirish savollariga javob beradi.
Mazmun – inson rivojlanishi maqsadlari bilan muvofiqlikda tanlanadigan va unga yetkazib beriladigan, avlodlar ijtimoiy mahorat qismi.
Pedagogik jarayon mazmunida ikki o‘zaro bog‘liqlikdagi tarkibiy tashkil etuvchilarni – o‘qitish mazmuni va tarbiyalash mazmuni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Ularning har biri o‘zining xususiyatiga ega, ya’ni o‘qish mazmuni “nimaga o‘qitish kerak?”, tarbiyalash mazmuni – “shaxsda qanday sifat, xislat, munosabatlarni shakllantirish kerak?” savollariga javob beradi.
O‘qitish mazmuni (o‘qitish, ma’lumot olish) ta’lim jarayonida egallashi zarur bo‘lgan, ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar tizimi.
O‘quv axborotining manbasi adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar va ma’lumotli manbalar hisoblanadi. Umumlashtirilganda ular fan bo‘yicha o‘qitish mazmunini tashkil etadi.
O‘quv axborotini tanlash quyidagi omillarga asoslanadi:

  • Belgilangan maqsadlar bilan – qanday maqsad bilan o‘rganish?

  • Mavjud boshlang‘ich vaziyat holati bilan- berilgan mazmunni amalga oshirish uchun maqbul sharoitlar mavjudmi?

  • Mazmunni tuzilmaviylik xususiyati bilan – fan yoki modulli, yoki masofaviy ta’lim uchunmi?

  • Ta’lim standarti bilan- nimani o‘rganishi kerak?

  • Tanlab olingan pedagogik shakl va vositalar bilan- axborotni qanday vositalar va yo‘llar bilan taqdim etish kerak?

  • Axborotni bayon etish tartibi bilan – qanday tartibda o‘rganish kerak?

  • O‘zlashtirish darajasi bilan – qanday darajada o‘zlashtirish kerak?

  • O‘qitish mazmuni ta’lim berish va o‘z o‘zini o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi, ya’ni aqliy faoliyatda.

O‘qitish mazmuniga quyidagi tarkiblar kiradi:

  • Tabiat, jamiyat, texnika, fikrlar va faoliyat yo‘llari to‘g‘risidagi ilmiy bilimlar;

  • Aqliy bilimlar va amaliy ko‘nikma va malakalardan iborat bo‘lgan, faoliyat yo‘llarini amalga oshiruvchi tajriba;

  • Ijodiy, izlanuvchilik faoliyati tajribasi.

O‘qitish mazmuni quyidagi me’yoriy hujjatlar bilan aniqlanadi:
Davlat ta’lim standarti, o‘quv muassasining o‘quv rejasi, o‘quv dasturlari, adabiyot va o‘quv qo‘llanmalar.
Davlat ta’lim standarti. Davlat ta’lim (tarmok) standarti (DTS) mutaxassisliklarning yozma modeli bo‘lib, kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablarni xamda shaxsiy fazilatlarni o‘ziga qamrab oladi.
DTS asosida kuyidagilar amalga oshiriladi:

  • ta’lim mazmuni tanlab olinadi va shakllantiriladi;

  • o‘quv dasturlashtirish va metodik xujjatlar, ta’lim vositalari ishlab chiqiladi;

  • ta’lim natijalariga qo‘yilgan talablar shakllantiriladi;

  • kasbiy tayyorgarlik sifatini nazorat qilish tizimi ishlab chiqiladi;

  • ta’lim muassasasi attestasiya qilinadi;

  • kasbiy maslahat, kasbga yo‘naltirish, kasbiy tanlash ishlari tashkil etiladi;

  • DTSni ishlab chiqishni tashkil etish.

  • DTSning amaliy muhimligini hisobga olib, uni quyidagi tartibda ishlab chiqish tavsiya etiladi:

  • mualliflik jamoalarini tuzish;

  • alohida bo‘limlarni ishlab chiqish, ularni dastlabki baholash va o‘zgartirishlar kiritish;

  • DTS loyihasini tuzish, uni ekspert baholash;

  • yakuniy ishlov berish, tahrirlash, rasmiylashtirish va tasdiqlash;

DTSning mazmuni quyidagilar asosida aniqlanadi:

  • Davlat va soha me’yoriy, texnik va texnologik hujjatlar;

  • mehnat bozori talablari;

  • mutaxassis mehnat faoliyati mazmuni;

  • ilmiy texnik taraqqiyot va bozor munosabatlarining rivojlanishi ta’sirida ushbu sohadagi mehnat an’analarini rivojlanishi;

  • mavjud tarifikasiya va attestasiya tuzilmalari;

  • chet el kasbiy ta’lim standartlarini o‘rganish, tahlil etish va shu kabilar.




Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin