294
(keyingilarining foydasiga) olib keladi. Shu tariqa, uzviylik asosida tashkil
etilgan integratsiya tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini insonparvarlashtirishning
asosiy mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarini atrofimizdagi olam, ya’ni tabiatshunoslik
fani bilan uzviylikda o‘tish, kichik yoshdagi o‘quvchilar ongida o‘qiyotgan asar
matnini real tasvirlash va ongli tushunib yetish imkonini beradi.
Yangi didaktik tizimni ishlab chiqishda dunyoni yaxlit idrok etish, tizimli
tafakkur va «tabiat – inson» tizimini aksiologik jihatdan baholash dastlabki
ko‘zda tutilgan maqsad bo‘lib hisoblanadi. Bunday yondashuvda o‘qitishdagi
ilmiylik tamoyili butunlay yangicha sifat kasb etadi. Ilmiylik mezonlarida
zamonaviy ilmiy uslubda fikrlashning bilimlar oldidagi shubhasiz ustunligi
hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: