N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


Yozuvga o‘rgatishda orfografik elementlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Yozuvga o‘rgatishda orfografik elementlar.
Orfografiya yunoncha so‘z 
bo‘lib, “to‘g‘ri yozuv” degan ma’noni bildiradi. Orfografiya (imlo) adabiy 
tilning yozma shakli bilan bog‘liq bo‘lib, to‘g‘ri yozish haqidagi qoidalar 
yig‘indisidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til me’yorlari asosida 
yozma ifodalab bo‘lmaydi. O‘quvchilarning imloviy savodxonligi haqida 
g‘amxo‘rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to‘g‘ri ifodalash, kishilar bilan o‘zaro 
xatosiz muomala qilish uchun g‘amxo‘rlik demakdir. Savod o‘rgatish davrida 
bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan birga imloga oid malaka ham 
shakllantiriladi. 
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar quyidagilarni amaliy tarzda 
o‘rganadilar:
a) talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarda tovush bilan harfning 
mosligini;
b) so‘zlarni alohida yozishni, ya’ni yozuv vositasida so‘zni ma’no birligi 
sifatida ajratishni;
v) so‘zning satrga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab 
ko‘chirib yozishni (bunda bo‘g‘in hosil qilgan bir unli harfni qatorga ko‘chirib 
yozib bo‘lmasligini);
g) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo‘yilgan 
nomlarda bosh harfning ishlatilishini.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarda o‘z-o‘zini tekshirishga oid malaka 
shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar, yo‘l qo‘ygan 


56 
xatolarini topadilar, ularni izohlashga o‘rganadilar. Shu davrdanoq ko‘chirib 
yozish, diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan foydalaniladi.
Gap va so‘zlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam o‘tkazib 
boriladigan o‘z-o‘zini tekshirish mashqlari, o‘qilgan matnning imlosini kuzatish 
o‘quvchilarda yuqori savodxonlik garovi bo‘lgan orfografik ziyraklikni asta-
sekin shakllantira boradi, ularni yuqori sinflarda o‘rganiladigan imlo qoidalarini 
puxta o‘zlashtirishga tayyorlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin