ORFOGRAFIYA O’QITISH METODIKASI.
To‘g‘ri yozishni o‘rgatish yo‘nalishlari. Imloviy mashqlar.
Ma’ruza rejasi:
1. To‘g‘ri yozishni o‘rgatish yo‘nalishlari.
2. Orfografik malakaning psixologik tabiati.
3. Imlo qoidasi ustida ishlash mеtodikasi.
4.
Imloviy mashqlar
Tayanch atamalar: orfografik malaka, imloviy malaka,
morfemik tarkib, ko’chirib yozuv,
diktant, ta’limiy diktant, tekshiruv diktanti
O’qituvchi imloviy malakaning psixologik
tabiatidan kelib chiqib, kichik yoshdagi
o’quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida ishlash metodikasini belgilaydi.
Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To’g‘ri yozuv – maxsus nutq faoliyati; yozuv ham
murakkab harakat bo’lib, uning asosida nutq yotadi. Imloviy malaka nutq faoliyatining komponenti
sifatida gapni sintaktik jihatdan to’g‘ri tuzish, so’zni uslubiy aniq qo’llashni ham o’z ichiga oladi.
Imloviy malaka murakkab malaka bo’lib, uzoq davom etadigan
mashqlar jarayonida
yaratiladi va so’zni fonetik tomondan tahlil qilish, uning morfemik tarkibini aniqlash ko’nikmasi
kabilarga asoslanadi. Psixologiya malakani avtomatik harakat, ya’ni mashqlar natijasida asta-
sekin avtomatlashgan ongli harakat deb belgilaydi. Avtomatlashish o’rganilgan imlo qoidasining oson
yoki qiyinligiga bog‘liq. Imloviy malaka o’z tabiati bilan avtomatik hisoblanmaydi. Malaka asosiga
qo’yilgan ko’nikma mustahkamlanadi, takomillashadi, yaxshilanadi (harakat tezlashadi, aniq
va to’g‘ri bo’la boshlaydi, ishonarli va tejamli bajariladi);
shuning bilan birga, faoliyatning
tuzilmasi qayta quriladi: mayda
birlik bilan ishlash kengroq, butun, qo’shilgan birliklar bilan
ishlashga o’tadi (masalan, so’zni harflab ko’chirish, bo’g‘inlab ko’chirish bilan, keyin so’zni
yaxlit ko’chirish bilan, so’ngra u gapni ko’chirish bilan almashadi).
Bir imlo malakasi
avtomatlashadi, imloga oid boshqa hodisa o’rganiladi va asta-sekin so’zni to’g‘ri yozish malakasi
hosil bo’ladi. Umuman olganda, yozuv murakkab harakat sifatida ongli jarayonligicha qoladi.
To’g‘ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o’quvchidan fikrlash faoliyati talab etiladi.
Biror to’g‘ri yozuv hodisasini o’zlashtirish uchun o’quv va yodda saqlashgina emas, balki analiz va
sintez ham tatbiq etiladi. Bunda grammatik va imloviy hodisalarning o’xshash va farqli tomonlarini
aniqlash uchun taqqoslash usulidan foydalanish hamda so’z va so’z shakllarini ma’lum grammatik
yoki grafik guruhlarga ajratish, muayyan tizimga solish, tushuntirish va isbotlash mashqlaridan
foydalanish muhim o’rin tutadi.
Shunday qilib, orfografiyani o’rgatishda, grammatikani o’rgatish kabi, o’quvchilarning
analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira borish talab etiladi.