Orfografiya o’qitish metodikasi. To‘g‘ri yozishni o‘rgatish yo‘nalishlari. Imloviy mashqlar. Ma’ruza rejasi



Yüklə 290,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix23.05.2023
ölçüsü290,03 Kb.
#120599
1   2   3   4   5
\'ruza matn

Ta’limiy diktantlarni o’tkazish vaqtini, o’rnini, turini o’qituvchining o’zi belgilaydi. 
Ta’limiy diktantlar uchun darsning ma’lum bir qismi (5-10 daqiqasi), ba’zan bir dars ajratiladi. Bu 
diktant o’quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi. Ta’limiy diktantda o’qituvchi 
o’quvchilarga o’rgatilayotgan hodisaning imlosini bir necha tahlil usullaridan foydalanib 
tushuntiradi, o’quvchilar so’zlarni to’g‘ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga ruxsat 
beradi. Har qanday yo’l bilan xatoning oldini olish chorasi ko’riladi. Masalan, 1-sinfda a va o 
unlilari o’rganilayotgan darsda bo’g‘in-tovush, tovush-harf tahlili o’tkaziladi. Baho, bahor 
so’zlarining birinchi bo’g‘inida a harfi yozilishini o’quvchilar bilib olgach, o’quvchilardan biri 
shu so’zlarni xattaxtaga yozadi. So’ng so’z o’chirib tashlanadi, shundan keyin aytib turib 
yozdiriladi. 
Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 
1. Ta’kidiy diktant. 
2. O’z diktant yoki yoddan yozuv diktanti. 
3. Izohli diktant. 
4. Saylanma diktant. 
5. Erkin diktant. 
6. Rasm diktant. 
7. Lug‘at diktant. 
8. Ijodiy diktant. 
Shulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma’lum o’zgarishlar bilan yoziladi. 
Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o’rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan 
qoidalarni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganliklari aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo’lim 
o’rganilgandan so’ng yoki chorak oxirida o’tkaziladi. Tekshiruv diktanti o’quv yili davomida 5-6 
marta o’tkaziladi. Diktantning bu turida yo’l qo’yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf 
qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta’limiy ahamiyati katta. Imloviy 
mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi. 
Ta’kidiy diktantdan qoidani tatbiq etish usullarini yaxshi bilib olish maqsadida 
foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o’quvchilar 
so’zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar. 

Yüklə 290,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin