orfografik va leksik-orfografik tahlilda orfografiyaning grammatika va leksika bilan bog‘lanishi,
ko’chirib yozuv va diktantda o’quvchilar faoliyatini belgilaydigan omillar, xususan, ko’chirib
yozuvda ko’ruv va qo’l
harakati uquvi, diktantda eshituv uquvi hisobga olinadi.
Ko’chirib yozuv ko’rib idrok qilingan so’z, gap va matnni yozma shaklda ifodalashdir.
Boshlang‘ich sinflarda husnixat va imlo qoidalariga rioya qilib, tuzatishlarga yo’l qo’ymay va
tartibli, harflarni tushirib qoldirmay, o’rnini almashtirmay, tinish belgilarini to’g‘ri qo’llab
ko’chirib yozuv ko’nikmasi shakllantirilishi kerak. O’quvchilarda bu ko’nikmani
hosil qilish
maqsadida o’qituvchi alifbe davridan boshlab ularga ko’chirib yozuvni izchillik bilan o’rgatib
boradi.
O’quvchilarda ko’chirib yozuv ko’nikmasini shakllantirishga oid asosiy qoidalarga
quyidagilar kiradi:
1. Ko’chirib yozishdan oldin ko’chirib yozadiganingni yaxlit o’qib chiq.
2. Har bir gapdagi so’zlarni bo’g‘inlarga ajrat va ichda bo’g‘inlab ayt.
3. Ko’chirib yozganingni asliga solishtir va xatolaringni to’g‘rila.
Ko’chirib yozuv uchun so’z, alohida gap va kichik matnlardan foydalaniladi.
O’qituvchining qo’ygan maqsadiga bog‘liq holda ko’chirib yozishdan oldin unga
tayyorgarlik ko’riladi; bunda imlosi qiyin so’zlarni izohlab o’qish, so’zning nima uchun shunday
yozilishini asoslash, o’rganilgan qoida asosida yoziladigan so’zlarni aniqlash kabi mashqlardan
foydalaniladi. Bu ko’nikma qay darajada shakllanganligini aniqlash maqsadida kontrol (tekshiruv)
ko’chirib yozuv o’tkaziladi.
Ko’chirib yozuv mashqlari grammatik, leksik yoki so’z yasalishiga oid vazifalarni bajarish
bilan birga olib boriladi. Bu imlo qoidasini tatbiq etishni yaxshi bilib olish imkonini beradi. Chunki
vazifaning xarakteri imloviy malakani shakllantirishga nazariy asos bo’ladigan grammatik, fonetik
bilimlarni faollashtirishni talab etadi.
Bulardan tashqari, kompleks mashqlar orfografiya bilan
birgalikda nutq o’stirish vazifalarini ham bajarish imkonini beradi. Kompleks mashqlarga misol
qilib quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1. Ko’chirish. Asosdosh so’zlarni aniqlab, asosni ajratish.
2. Tushirib qoldirilgan qo’shimchalarni qo’yib ko’chirish, qanday qo’shimcha ekanini
aytish; yozilishini tushuntirish.
3. Matn mazmuniga mos so’zni qavs ichida berilgan so’zlardan topib qo’yib ko’chirish. Shu
so’z qaysi so’z turkumiga oid ekanini, uning yozilishini tushuntirish.
4. Aralash berilgan so’zlardan gap tuzish va yozish.
5. Tartibsiz berilgan gaplardan bog‘lanishli matn tuzish.
6. Tanlab ko’chirish (Berilgan gaplardan yoki matndan muayyan bir so’z turkumini; ot va
fe’ldan yoki
ot va otdan, sifat va otdan tuzilgan so’z birikmalarini ko’chirish).
Diktant eshitib idrok qilingan so’z, gap, matnni yozishdir. O’quvchilarning og‘zaki yozma
nutqini o’stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati katta. O’quvchi diktant yozish
jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik
bilimlarni qay darajada o’zlashtirganliklariga bog‘liq bo’ladi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar
bilan bog‘liq bo’ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o’z navbatida grammatik qoidalarni
ham bilish zarur.
Boshlang‘ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir qancha tamoyillarga rioya qilish
zarur:
1. Matnning monologik nutq shaklida bo’lishi. Unda ko’chirma gaplar, undalmali,
kirish so’zli, ajratilgan bo’lakli gaplar, qo’shma gap bo’lmasligi lozim.
2. Matn hajmi 1-4-sinf o’quvchilarining o’qish sur’tiga asoslangan bo’lishi.
3. Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog‘liq bo’lishi.
4. Diktant matni o’quvchilarga u yoki bu haqda bilim berishi.
5. Tanlangan matn g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo’lishi, bolalar hissiyotiga ta’sir
qilishi.
6. Matn tarbiyalovchi xarakterda bo’lishi.
7. Matnda o’rganilayotgan hodisa kamida 5-6 marta uchrashi.