103
Oldiniga bolsheviklar Turkiston Mux-
toriyati hukumatining ta’sir doirasini
cheklash va uni tugatish uchun yetar-
li harbiy kuchga ega bo‘lmagan. Ular
1918-yil 19-yanvardagina Orenburgni
qo‘lga olib, Moskva bilan Turkiston o‘rta-
sida temiryo‘l qatnovini tiklaganlaridan
so‘ng Toshkentga qurol-yarog‘ yetkazib
berish imkoniga ega bo‘ladilar. Toshkent-
dagi bolsheviklar bundan ruhlanib, 1918-
yil 31-yanvarda Qo‘qondagi Turkiston
Muxtoriyati hukumatini tarqatib yuborish
haqida qaror qabul qiladilar.
«27noyabr Qo‘qon
da Turkiston muxtori
yati umumiy musulmon
syezdida e’lon qilindi. Mubo
rak va xayrli bo‘lsin! Kamina
ham majlisda bo‘lushdan if
tixor etaman. Yashasin Tur
kiston muxtoriyati!»
Behbudiy. «Hurriyat»
gazetasi, 1917yil.
Elli(k) yildan
beri ezildik,
tahqir etildik, qo‘limiz bog‘landi,
tilimiz kesildi, og‘zimiz qopondi,
yerimiz bosildi, molimiz talandi,
sharafimiz yumuruldi, nom
usimiz
g‘asb qilindi, huquqimizg‘a tajo
vuzlar bo‘ldi, insonligimiz o
yog‘lar
ostig‘a olindi, to‘zimli tur
dik, sabr
etdik.
Kuchga tayangan har buy
rug‘ga bo‘yunsundik, butun bor
lig‘imizni qo‘ldan ber
dik. Yolg‘iz
bir fikrni bermadik, yashun
turdik,
imonlarimizga avr
ab saqladik:
Turkiston muxtoriyati!
Fitrat. «Hurriyat», 1917
yil.
IJODIY FAOLIYAT
1.
Fitrat o‘zining fikrlari or
qali qaysi voqealarni nazar
da tutmoqda?
2. Matndagi «yashunturdik, imonla
rimizga avrab saqladik: Turkiston
muxtoriyati!» so‘zlariga e’tibor qara
ting. Uni
mustaqillik, hurlik, erkinlik,
ozodlik,
kabi so‘zlarning mohiyati bi
lan qanday bog‘liqligi bor?
3. Muxtoriyat deganda nimani tushun
dingiz?
104
MULOHAZA UCHUN
MA’LUMOT UCHUN
O‘lkadagi ilk demokra-
tik va xalqchil hukumat bo‘lgan
Turkiston Muxtoriyatining faoliyati, af-
suski, uzoq
qa cho‘zilmadi. Bolshevik-
lar va Toshkent Soveti (rahbari: Ivan
Tobolin) unga katta xavf deb qaradilar
hamda zudlik bilan tugatishga hara-
kat qildilar. Turkiston o‘lkasi ishchi, sol-
dat va dehqon deputatlari Sovetlarining
1918-yil 19–26-yanvarda bo‘lib o‘tgan
favqulodda IV
syezdida Turkiston Mux-
toriyati hukumatini kuch bilan tugatishga
qaror qilishdi.
Turkiston Respublikasi Xalq Komis-
sarlari Soveti 1918-yil 30-yanvar kuni
harbiy harakatlarni boshladi. Turkiston
bolsheviklari buning uchun qizil gvar-
diyachilardan tashqari yollangan qurolli
guruhlardan ham keng foydalandi. Nati-
jada Qo‘qon shahrida ko‘plab aholi halok
bo‘ldi. Turkiston Muxtoriyati esa harbiy
kuch ishlatish yo‘li bilan tugatildi.
1918-yil 22-fevralda Qo‘qon shahri-
dagi Rus–Osiyo banki binosida bolshe-
viklar tomonidan tayyorlangan «tinchlik
shartnomasi» imzolandi. Ushbu shartno-
maning 2-moddasida: «Aholi o‘lka Xalq
Komissarlari Soveti hokimiyati va barcha
mahalliy sovet tashkilotlarini tan oladi»,
deb yozilgan edi.
Turkiston
Muxtoriyati huku
mati atigi 72 kun umr k
o‘rgan
bo‘lsa ham, u erksevar xalqimizni
milliy mustaqillik va istiqlol uchun
kurashga da’vat etdi.
Turkiston Muxtoriyati hu-
kumati qisqa muddat ichida
xalq o‘rtasida katta e’tibor qozon-
di. Fitrat, Cho‘lpon, Hamza singari
o‘zbek xalqining otashin shoirlari
muxtoriyat hukumatini alqab, o‘tli
she’rlar bitishdi.
Fitrat muxtori-
yat e’lon qilingan 27-noyabr tunini
«Milliy laylatulqadrimiz» deb atadi.
Turkiston o‘lkasining turli shahar
va qishloqlarida muxtoriyatni ol-
qishlab, ko‘p ming kishilik namo-
yishlar bo‘lib o‘tdi. O‘sha davrda
chiqqan gazetalarning yozishicha,
namoyish qatnashchilarining
bayroqlarida «Yashasin Muxtori-
yatli Turkiston
va uning hukuma-
ti!» deb yozilgan so‘zlar hilpirab
turardi.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
1. Turkiston Muxtoriyati qanday sharoitda va kimlar tomonidan
tashkil etildi?
2.
Siz Turkiston Muxtoriyatini demokratik davlatchilik namunasi sifati
da tavsiflab bera olasizmi?
3. Bolsheviklar Muxtoriyatga nima sababdan katta xavf sifatida qara
gan?
4. Muxtoriyat hukumati mag‘lubiyatining asosiy sabablarini ko‘rsatib
bering.
5. Turkiston Muxtoriyati tajribasidan qanday zarur saboqlar chiqarish
mumkin?
105
TURKISTON O‘LKASIDA
TURKISTON O‘LKASIDA
SOVET HOKIMIYATI BOSHQARUV
SOVET HOKIMIYATI BOSHQARUV
TIZIMINING O‘RNATILISHI
TIZIMINING O‘RNATILISHI
MULOHAZA UCHUN
BUGUN DARSDA
1.
Bolsheviklar hokimiyatiga
Turkistonda «sovet avtono
miyasi»ni o‘rnatishdan qanday man
faatdorlik bor edi?
2. 1918yil Buxoro va Xiva davlat
larining chegaralarini xaritadan
ko‘rsating.
3. Buxoro va Xiva xonligidan tashqari
hududlarda qanday boshqaruv tar
kibi mavjud edi? Bu hududlar kim
tomonidan va qanday boshqaril
gan?
Dostları ilə paylaş: