137967
O‘ Z B E K I S T O N
T A R I X I
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
10-sinf o‘quvchilari uchun darslik
Birinchi nashr
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
nashrga tavsiya etgan
Toshkent
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
2022
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan chop etildi.
© S. Tilabayev, D. Kenjayev va boshqalar, 2022.
© Respublika ta’lim markazi, 2022.
ISBN 978-9943-5950-7-1
MUALLIFLAR:
S. Tilabayev, D. Kenjayev, N. Mustofoyeva, A. Zamonov, D. Rahimjonov,
N. Ismatova, S. Pulatova, J. Abdullayev, B. Irzayev, K. Sagdullayev, N. Kudratova
Mas’ul muharrir
Dilshod Mutalibovich Kenjayev
TAQRIZCHILAR:
N. I. Musayev
– tarix fanlari doktori, professor
Z. R. Ishanxodjayeva
– tarix fanlari doktori, professor
A. A. Yermetov
– tarix fanlari doktori, professor
N. Z. Hakimov
– Respublika ta’lim markazi metodisti
S. N. Kushbekov
– Nizomiy nomidagi TDPU akademik litseyi o‘qituvchisi
UO‘K: 502.1(075.2)
KBK: 20.18ya71
S 96
S. Tilabayev, D. Kenjayev
O‘zbekiston tarixi :
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari uchun darslik /
S.Tilabayev va boshqalar. — Birinchi nashr. — Toshkent: Yangiyul Poligraph Service, 2022. -
192 b.
UO‘K: 502.1(075.2)
KBK 20.18ya72
ISBN 978-9943-5950-7-1
KIRISH
Mustamlaka va sovet dav ri
tarixining murakkabligi va
uni o‘rganishning o‘ziga xos xusu
siyatlari. Vatan — jonajon yurt va
qadrdon zamin — eng muqaddas
bebaho boylikdir.
«Tarix millat
larning o‘tmishi,
taraqqiyoti ham
da tanazzulining
sabablarini o‘rga
naturg‘on ilmdir».
Abdurauf Fitrat
Qo‘lingizdagi O‘zbekiston tarixi darsligi XIX asrning ikkinchi yarmi va
XX asrning 90-yillariga qadar sodir bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi.
Bu davr Vatanimiz tarixining eng murakkab va ziddiyatli yillaridir.
Mazkur darslik Vatanimiz tarixida yo‘qotishlar va talafotlarga to‘la
bo‘lgan, shuningdek, ota-bobolarimizning yurt ozodligi va mustaqilli-
gi uchun olib borgan qahramonona kurashlari hamda o‘zbek xalqining
bunyodkorlik faoliyati va fidokorona mehnatlarini o‘z ichiga olgan davrlar
haqida hikoya qiladi.
Tarix saboqlari bugungi kunda ham bizni hushyorlikka undaydi.
Ilmsizlik, yangilikka intilmaslik, jahon hamjamiyatidan uzilib qolishning
oqibatlari tarixiy misollar orqali yoritilgan. Shu ma’noda bugungi kunda
mamlakatimizda davlatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ta’lim sohasini
rivojlantirishdir.
Darslikni o‘qish jarayonida albatta daftar tuting. Yangi atamalar va
tarixiy sanalarni qayd etib boring.
MULOHAZA UCHUN
1.
Quyi sinflarda tarix fanidan olgan bilim
laringizni tizimlashtirishga harakat qiling.
2. Qaysi tarixiy voqealar, jarayonlar, shaxslar nimasi
yoki qaysi jihati bilan yodingizda qolgan? Fikringiz
ni misollar bilan asoslang.
3. Qaysi voqealarni fahr bilan, qaysilarini esa aksin
cha eslaysiz?
IJODIY
FAOLIYAT
1. Abdurauf Fitratning
tarix fani haqida bil
dirgan fikrlaridagi «ta
raqqiyot va tanazzul»
degan tushunchalari
ga misol keltiring.
2. Tarix fanining tarbiya
viy ahamiyati deganda
nimani tushunasiz?
BUGUN DARSDA
3
1869yilda rus kimyogari Dmitriy
Mendeleyev kimyoviy elementlarning
davriy jadvalini tuzib chiqdi.
1712 yilda
Tomas
Nyukomen bug‘
mashinasini
ixtiro qildi
IJODIY FAOLIYAT
4
1.
XVIII-XIX asrda jahonda buyuk kashfiyot
lar amalga oshirildi. Bu kashfiyotlarning
yaratilishini insoniyat qancha vaqt kutdi?
Ilmfanning qaysi sohalari rivojlandi?
2. Dunyo ilmfanini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan
ixtirolarning mualliflari kim? Ular qaysi davlat
larga mansub? Bu davlatlarning mazkur davr
dagi rivojlanishi qanday darajada edi?
Karl fon Linde 1900 yilda ixtiro
qilgan Linde sovutgichi
1860yillarda fransuz olimi Lui
Paster tomonidan pasterizatsiya
usuli kashf etildi
1879yilda ixtirochi Tomas Edison (1847–1931)
hozirda biz ishlatadigan xo‘jalik lampochkasini
ixtiro qildi. Uning ixtirosiga Svanning tajribalari
asos bo‘lib, Tomas uni yanada takomillashtirdi.
5
1
IJODIY FAOLIYAT
1. Rasmlarni solishtiring.
1rasmda XIX asrdagi
Parij shahri tasvirlangan.
Shahar X asrda tashkil topgan.
2rasmda XIX asrdagi Toshkent
shahrining Shayxontohur da
hasi tasvirlangan. Toshkentning
tashkil topganiga 2000 yildan
oshgan.
Har ikkala rasm XIX asrda olin
gan. Rasmlar asosida har ikkala
shaharning rivojlanishi yuzasidan
fikr bildiring. Bunda qanday bilim
lar asos bo‘lganligini qayd eting.
2. Quyida berilgan manbani diqqat
bilan o‘qing va yuqoridagi savol
larga bergan javoblaringiz bilan
bog‘lang.
2
«...Yoshlikdan ilmni qunt bilan o‘rganish lozimligini aytib, «Yoshlikda egallangan
bilim toshga o‘yilgan naqshdur», «Ong yo‘q joyda jasorat bo‘lmaydi», «Bu dunyoda
hech narsa tansog‘liqqa yetmas» kabi shiorlarni ko‘p eshitar edik. Milliy tarix dars
laridan birida shunday deganlar: «Insonlar o‘z hayotlarini ongli ravishda tushunib tu
rishlari uchun dunyo ilmlari ichida boshqalardan ko‘ra tarix ilmiga hojatlari ayniqsa ko‘pdur.
Shuning uchun har davrning dono olimlari tarafidan bu to‘g‘rida bek (ko‘p) kitoblar yozilmish
ekandur. Tarix demak, o‘quvchilarning ko‘z oldilariga qo‘yilgan bir ko‘zgu kabi bo‘lib, unga
qaragan kishilar esa yuzko‘zlariga yuqqan yomon narsalarni ko‘rar ekanlar, albatta, undan
o‘zlarini tozalaydilar.
Shunga o‘xshash, o‘tmishdagi ota-bobolarning oynaklarini keyingi bolalari qo‘llariga olib
qarasalar, o‘zlarining kim ekanliklarini, endi kim bo‘lg‘onliklarini shu ko‘zguda ochiq ko‘radi
lar. Mehribon ona Vatanlari bosqinchi oyoqlar ostida depsalib, ingrab yotqonlig‘ini ko‘rgach,
uning sabablarini tekshirishga kirishadilar. Ongsizlik o‘lim uyqusida yotgan bir millatni
uyg‘otish uchun o‘tmishdagi otabobolarining shonlik tarixini bilishdan ortiq narsa yo‘qdir. Bu
ilmdan kutilgan asosiy maqsadlar bir davlat qurilgandan so‘ngra, u qaysi ishlar bilan taraqqiy
topib rivojlanmishdur, yoki inqirozga uchrab zavol topishi nima sababdan bo‘lishidur. Chunki,
dunyoda o‘tgan, yo o‘tmoqda bo‘lgan yaxshiyomon ishlar paydo bo‘lishining, albatta, sabab
lari bordur. Hayot olamida hech narsa sababsiz yuzaga chiqishi mumkin emasdur...»
Alixonto‘ra Sog‘uniy «Turkiston qayg‘usi».
6
ROSSIYA IMPERIYASI BOSQINI
ROSSIYA IMPERIYASI BOSQINI
ARAFASIDA BUXORO AMIRLIGI,
ARAFASIDA BUXORO AMIRLIGI,
QO‘QON VA XIVA XONLIKLARIDAGI
QO‘QON VA XIVA XONLIKLARIDAGI
IJTIMOIY–SIYOSIY VA IQTISODIY AHVOL
IJTIMOIY–SIYOSIY VA IQTISODIY AHVOL
MULOHAZA UCHUN
MA’LUMOT UCHUN
BUGUN DARSDA
1.
XIX asrga kelib O‘rta Osiyo hudud
lari Rossiya imperiyasi uchun qan
day ahamiyatga ega bo‘lgan?
2. XIX asr o‘rtalarida jahondagi yetakchi dav
latlarning iqtisodiyijtimoiy, harbiysiyosiy
holati qanday darajada bo‘lgan?
3. O‘rta Osiyodagi Rossiya–Angliya raqobatida
Rossiya imperiyasi imkoniyatlarining yuqo
riligi nimalarda namoyon bo‘ldi?
4. XIX asrda O‘rta Osiyodagi madrasalarda
qanday fanlar o‘qitilgan?
5. Davlatning rivojida ilmfanning o‘rni qanday
ahamiyat kasb etadi? Fikringizni asoslang.
Dostları ilə paylaş: |