27
IJODIY FAOLIYAT
1. Rossiya imperiyasining Buxoro amirligiga qarshi urush boshlashga
nima bahona bo‘ldi?
2.
Jizzaxning bosib olinishini qanday izohlaysiz?
3. Xo‘jand va O‘ratepa shaharlarining bo‘ysundirilishi
haqida nimalarni bilib
oldingiz?
4. Xaritadan 1864–1866yillarda bosib olingan hududlarni ko‘rsating.
Rossiya imperiyasining Turkis-
ton viloyati gubernatori N. Krijanov-
skiy Buxoro amirining vakili bilan sulh
shartnomasi bo‘yi
cha uchrashib,
10 kun mobaynida 100 ming rubl to-
von to‘lashni talab qildi.
Belgilangan muddat o‘tgach,
Krijanovskiy Buxoro amiri talablar-
ni bajarmaganligini bahona qilib,
o‘z qo‘shinlariga amirlikka qarshi
hujum boshlashga buyruq berdi.
Gubernatorning harbiy qo‘shinlari
O‘ratepani egalladi. So‘ng Jizzax-
ga qarshi harakat boshladi. To‘x-
tovsiz otishmalar ikki kecha-kun-
duz davom etdi.
Jizzax shahri ham
imperiya hukumati qo‘liga o‘tdi.
Bu jangda har ikkala tomondan
6 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘ldi.
1864–1866-yillar davomida bosib
olingan hududlarni o‘z ichiga olgan
Sirdaryo viloyati tashkil qilindi.
1868-yil Turkiston general-gu-
bernatori Kaufman amir Muzaffarni
general-gubernatorlik chegarala-
riga bostirib kirish
ga
tayyorgarlik
ko‘rishda ayblab, 4 mingdan ziyod
qo‘shindan iborat harbiy otryad bi-
lan Samarqandga bostirib kirdi.
Rossiya imperiyasi qo‘shin-
lari amirlik sarbozlarini miltiq
va to‘pdan tinmay o‘qqa tutdi.
Cho‘ponota va Zirabuloq tepa-
ligidagi janglarda Buxoro amiri
qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi.
Kaufman Samarqand bekligi-
ni
Rossiyaga berish, «harbiy xa-
rajatlarni» to‘lash va 1865-yildan
buyon Turkiston o‘lkasida qo‘lga
kiritilgan barcha narsalarni Ros-
siya mulki deb e’tirof etish sharti
bilan sulh tuzishni taklif qildi. Amir
Muzaffarga yozgan maktubi ja
-
vobsiz qoldi.
Rossiya imperiyasining har-
biy yurishlariga qarshi Kitob begi
Jo‘rabek va Shahrisabz begi
Bobobek boshchiligida Samar-
qandda kurash olib borildi. Mu-
dofaachilar 1868-yil 2-iyunda
Rossiya imperiyasi qo‘shinlari
garnizoni joy lashgan qal’aga hu-
jum qilishdi.
Lekin garnizonchilar-
ga yordamga qo‘shimcha kuchlar
yetib keldi, shundan so‘ng himo-
yachilar Samarqanddan chiqib,
tog‘ tomonga chekinishga majbur
bo‘lishdi.
28
1869–1870-yillarda Rossiya imperiyasi
Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg‘onis-
ton va O‘rta Osiyodagi chegaralarni belgi-
lash to‘g‘risida muzokaralar olib bordi. Na-
tijada chegaralar Amudaryo bo‘ylab Panj
tumanidan o‘tkazilishiga kelishildi. Buxoro
amirligi va Eron o‘rtasidagi chegara 1881-yil
10-dekabrda Eron shohi bilan Tehrondagi
Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnoma
-
da belgilandi.
1885–1887-yillardagi muzokaralar na-
tijasida chegaralarni belgilash bo‘yicha
ingliz-rus komissiyasi
Rossiya imperiyasining
O‘rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan
Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara chizig‘ini bel-
gilashni nihoyasiga yetkazdi.
Rossiya imperiyasi to-
monidan yangi bosib olin-
gan hududlarda Samarqand
va Kattaqo‘rg‘on bo‘limlaridan
iborat Zarafshon okrugi tuzildi.
Zirabuloq jangidan keyin
amir Muzaffar o‘z mag‘lubi
yatini tan olib, Kaufmanning
Turkiston
general-gubernator-
ligi yangi chegaralari haqidagi
taklifini qabul qilishga majbur
bo‘ldi.
Shu bilan Rossiya imperi-
yasi istilochilik yurishlarining
ikkinchi bosqichi yakunlandi.
Bu tarixga «Zirabuloq shartno-
masi» nomi bilan kirdi.
Dostları ilə paylaş: