Rossiyaga Evropadan kirib kelgan oqimlar va uning yirik vakillari bilan tanishtirish. Adabiyotlar: Ilina «Istoriya russkogo iskusstva»



Yüklə 25,71 Kb.
səhifə1/3
tarix12.04.2023
ölçüsü25,71 Kb.
#96801
  1   2   3
san\'at tarixi 6



6- Mavzu: XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rus san’ati
REJA:

  1. Talabalarni shu davr rus san'ati bilan to'liq tanishtirish.

  2. Rossiyaga Evropadan kirib kelgan oqimlar va uning yirik vakillari bilan tanishtirish.

Adabiyotlar:

  1. Ilina «Istoriya russkogo iskusstva», M. 1979 y. (34-76)

  2. A.D.Chegodeev, M.V.Alpatov «Vsemirnaya istoriya iskusstva», T-4 M.1949

  3. M.V.Alpatov «Russkoe iskusstvo XVIII-XIX vekov». M. 1958 y. T-2 (22-45)

  4. A.Egamberdiev va boshqalar. “Tasviriy va me’morchilik san’ati tarixi” Toshkent-2007 y.

MAVZUNING MATNI:


Rus san’atining keyingi rivojlanishi XVIII asr boshlaridagi Pyotr I reformalari bilan uzviy bog’liqdir. Pyotr I rus san’ati va madaniyatini ko’tarish uchun haqiqiy jonbozlik ko’rsatdi. Shu davrda Pyotr I Peterburg shahriga asos soldi. Shahar qurilishi uchun chekkadan ko’plab me’mor, quruvchi-injenerlar, rassomlar jalb etildi. Shu bilan birga milliy san’atkorlarni tayyorlash muhim vazifalar qatoriga qo’yildi. Qobiliyatli rus yoshlari chet ellarga o’qishga yuborildi, ularga shaxsiy homiylik qilindi. Bu esa rus badiiy maktabining rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatdi. Bu davrda etakchi o’rinni me’morchilik san’ati egalladi. Uning tur va janrlari kengaydi, yangi tiplari, jumladan teatr, kutubxona, saroylar, o’quv dargohlari, maydon va bog’-parklar vujudga keldi. Haykaltaroshlik borasida katta yutuqlarga erishildi. Bu o’rinda Pyotr I ga o’rnatgan yodgorlik, “Mis Chavandoz”, V.Kozlovskiyning “Samson”, A.Suvorov haykali F.I.Shubinning portretlari, Martosning “Minin va Pojarskiy” haykallarini eslab o’tish mumkin. Bu asarlar Evropa klassik san’atining an’analarini chuqur egallagan, uni yangi davr mazmuni bilan to’ldira olgan etuk ijodkorlar mavjudligidan, rus san’atining ilg’or vakillari Evropa san’ati bilan uzviy bog’liqligi va aloqadorligidan dalolat beradi. Bu davrda rangtasvir sohasida ham sezilarli rivojlanish bo’ldi. Portretchi rassom I.N.Nikitin, A.G. Antropov, I.P.Argunov, F.S.Rokotov, D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiylar rus realistik rangtasvirining rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdilar. Shu davr ijodkorlari san’at tarixida birinchi bo’lib, xalqning ulug’vorligini to’laqonli, ko’p figurali kompozitsiyalar orqali yoritib, o’z davrining haqiqiy obrazli panoramasini yaratishdi. Portret, maishiy, tarixiy va manzara janrlarida yaratilgan asarlar yuksak mahorat bilan ishlanganligi, o’zining chuqur psixologizmi, kompozitsion tugalligi va mazmundorligi bilan hamon kishilarga estetik va ma’naviy ozuqa baxsh etib kelmoqda. XIX asr rus san’ati taraqqiyotidagi dastlabki bosqich bevosita 1812 yil Vatan urushi bilan bog’liqdir. Urushning rus xalqi uchun g’alaba bilan tugallanishi milliy g’ururning o’sishi, insonga nisbatan yangi munosabat, hurmat bilan qarashning paydo bo’lishiga olib keldi, hamon hukm surayotgan krepostnoy tuzumining jamiyat taraqqiyotiga to’siq ekanligini aniqroq ko’rsatib berdi. Rossiyaning ilg’or kishilari bu tuzumning bekor qilinishini talab qilib, Chor Samoderjaviyasiga qarshi kurash boshladilar. Bu kurash bo’lib o’tgan Dekabristlar qo’zg’olonida yaqqol namoyon bo’ldi. Ijtimoiy hayotdagi kayfiyatlar san’at va adabiyotga o’z ta’sirini o’tkaza boshladi. San’atkorlar inson qadr-qimmatini ulug’lovchi asarlar yaratishga alohida e’tibor bera boshladilar. Insoniy burch, vatanparvarlik mavzularida asarlar yaratdilar. San’atkorlar o’z asarlarida ommani tarbiyalash, ular orasida ma’rifat tarqatishga harakat qildilar. Bu davrning ilg’or vakillari portret ustasi O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, A.G.Venitsianovlar edi. Ular hayotni jon dili bilan sevuvchi inson obrazlarini yaratdilar; hayotni to’laqonli tasvirlab, inson va tabiat uyg’unligini kuyladilar. Insonlarning mehnatsevarligini, ichki go’zalligini uning jasurligini o’z asarlarida ko’rsatdilar. Bu rassomlar mohir pedagog sifatida ham mashhurdirlar. XIX asrdan boshlab, rassomlar qaysi mavzuga murojaat qilishmasin, qaysi janrda asar yaratishmasin, dastlab o’z zamondoshlarining his-tuyg’u, fikr va o’ylarini ifodalashga, davrning dolzarb masalalarini xalq orasiga yoyishga harakat qildilar. Bu o’rinda K.P.Bryullovning “Pompeyning so’nggi kuni”, A.A.Ivanovning “Isoning xalqqa ko’rinishi” kabi polotnolari xarakterlidir. “Pompeyning so’nggi kuni”da rassom o’tmish voqeasini tasvirlash bilan chegaralanmaydi, balki shu fakt asosida o’sha davr uchun zarur bo’lgan ahloq, burch masalalarini kuylaydi. Rassom odamiylik va xudbinlikni qarama-qarshi qo’yar ekan, shu bilan birga insoniylikni hamma narsadan yuksak qo’yadi. Bu hol odamlarning hatti-harakati, hissiy kechinmalaridan yaqqol ko’rinadi. Bryullov oliyjanoblikni, insoniylikni ulug’laydi, inson manfaatini shaxsiy manfaatdan yuqori qo’yadi. ATvanovning “Isoning xalqqa ko’rinishi” asari diniy mavzuda orqali bo’lsa ham, rassomning xalq hayoti masalalari to’g’risidagi fikr-o’ylari unda etakchi o’rinni egallaydi va natijada asar davr mazmuni va kayfiyatini aks ettiruvchi realistik asar darajasiga ko’tariladi. Xalqning haqiqatga, ozodlikka bo’lgan intilishi va ichki kechinmalari bu asar mazmunini tashkil etadi.

Yüklə 25,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin