50
IJODIY
FAOLIYAT
1. Turkistonda mardikorlikka
olishga qarshi qo‘zg‘olon
qanday yakunlandi?
2. Qo‘zg‘olon boshlanishiga
nima sabab bo‘lgan?
3. Qo‘zg‘olonchilarning maqsad
lari nima edi?
4. «Mardikorlikka ro‘yxatga olish
dagi adolatsizlik» deganda ni
mani tushundingiz?
1.
Jizzax qo‘zg‘oloni qay ho
latda boshlandi?
2. Qo‘zg‘olon rahbarlari kimlar
edi va ular qanday yo‘l tutishdi?
3.
Jizzax qo‘zg‘oloni qanday bos
tirildi?
4. Qo‘zg‘olonchilarning yengi
lishiga nimalar sabab bo‘lgan?
MA’LUMOT UCHUN
1916-yil
Jizzaxda mardikorlikka
qarshi ommaviy qo‘zg‘olon ko‘tarildi.
Tez orada u boshqa shaharlarga, jum
ladan,
Toshkent, Samarqand va ko‘plab atrofdagi
qish
loqlarga yoyildi. Jizzax shahrida Damin
kulol bosh chiligida hunarmandlar mardikorlik-
ka olish bo‘yicha ro‘yxatni
talab qilib qishloq
oqsoqoli huzuriga bordilar.
Oqsoqol ro‘yxatni ber-
may, to‘plangan odamlarni
haqorat qildi. Bu holat aholi-
ning keskin noroziligini kelti-
rib chiqardi. Shundan keyin
ketmon,
tayoqlar bilan qurol-
langan qo‘zg‘olonchilar Jiz-
zaxning yangi shahar qismi-
ga yo‘l oladi.
Jizzax qo‘zg‘oloni ish-
tirokchilari mustamlakachi
ma’muriyatga tegishli bo‘lgan
harbiy, ma’muriy binolar va
boshqa joylarga hujum qildi-
lar. Turkistonda harbiy
holat
e’lon qilindi.
Bu vaqtda mustamla-
kachi hukumat qo‘zg‘olon-
ni bostirish va uning ishtirokchilarini jazolash
choralarini ko‘rdi.
Qo‘zg‘olon rahbarlari va faol ishtirokchila-
ri qo‘lga olinib, o‘lim jazosiga hukm etildi.
Qo‘zg‘olon ko‘tarilgan qishloqlarga o‘t qo‘yildi.
Ularning oila a’zolari ham jazoga tortildi.
Qo‘zg‘olonda ishtirok etgan,
unga xayrixoh
bo‘lganlar qo‘lga olindi. Hukumatga yordam
bermagan aholi uylaridan cho‘lga haydab yu-
borildi.
IJODIY FAOLIYAT
51
MA’LUMOT UCHUN
Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachi
hukumatga
qarshi oddiy ish qurollari
bilan jang olib bordi. Bundan tashqari, ularning
aksariyati dehqonlar, hunarmandlar bo‘lganligi
va harbiy sohadan
mutlaqo bexabar ekanligi
qo‘zg‘olonning mag‘lubiyatga uchra
shiga sa-
bab bo‘ldi.
Qo‘zg‘olon bostirilgach, xalq boshiga juda
katta musibatlar tushdi.
Dostları ilə paylaş: