XIX asr oxirida Turkiston o‘lkasiga
chegaradosh hududlar
38
XIX asr. Qozixona.
Toshkent shahri.
TURKISTONDA ROSSIYA
TURKISTONDA ROSSIYA
IMPERIYASIGA QARSHI
IMPERIYASIGA QARSHI
MILLIY-OZODLIK HARAKATLARI
MILLIY-OZODLIK HARAKATLARI
MULOHAZA
UCHUN
BUGUN DARSDA
1. Xalqning milliy an’analari,
tarixiy o‘tmishi, etnografik
xususiyatlarining tahqir
lanishi qanday oqibatlarga
sabab bo‘lishi mumkin?
2. Vabo qanday kasallik, u ha
qida nimalar bilasiz?
Æ
Turkistonda milliy ozodlik ha
rakatlarining sabablari.
Æ
Toshkentda «Vabo isyoni» va uning oqi
batlari.
Æ
1892yil 18iyundan «Harbiy holat
da deb e’lon qilingan joylar haqida
Qoida»ning kuchga kirishi.
Æ
Andijon qo‘zg‘oloni va uning natijalari.
MA’LUMOT UCHUN
Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan uy-ro‘zg‘or buyumlari,
ayniqsa, to‘qimachilik mahsulotlari bilan O‘rta Osiyo bozorlarining to‘ldi-
rilishi natijasida hunarmandchilikning ko‘plab turlari inqirozga uchradi. Bu
vaqtga kelib iqtisodiy qiyinchiliklar, yashash sharoitining yomonligi, soliqlarning
ko‘pligi, mehnat majburiyatlarining og‘irligidan mahalliy aholining ahvoli yomon-
lashib ketdi. Natijada, XIX asr oxirida mustamlakachilikka qarshi o‘lkaning turli
joylarida norozilik chiqishlari bo‘lib turdi. Jumladan, 1878-yili Mingtepada (hozir-
gi Andijon viloyati, Marhamat tumani) mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy
zulmiga qarshi Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uni mustamlakachi
hukumat kuch bilan bostirdi.
39
IJODIY FAOLIYAT
1. Nima deb o‘ylaysiz, O‘rta Osiyo bozorlariga Rossiya tovarlarining kirib
kelishi mahalliy hunarmandlarning bozorlari kasod bo‘lishiga asosiy sa
bab bo‘ldimi? Fikringizni asoslang.
2. Rossiya imperiyasi o‘lkani bosib olmaganida boshqa davlatlarning tovarlari
kirib kelarmidi? Bozorning kasod bo‘lishiga olib kelgan omillarni aniqlang.
3.
Siz shu davrda hunarmand bo‘lganingizda qanday yo‘l tutardingiz?
40
IJODIY FAOLIYAT
IJODIY FAOLIYAT
1. Mustaqil izlanib, dunyo siyosatida
mustamlakachi davlatlar tomonidan
mustamlaka boshqaruvining qanday yo‘na
lishlari mavjud ekanligini aniqlang.
2.
Sizningcha, Rossiya sanoati tomonidan
ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan O‘rta
Osiyo bozorlarining to‘ldirilishi mahalliy
bozor va ishlab chiqarilishiga qanday ta’sir
ko‘rsatgan?
1. Mustamlakachilik jabrzulmining kuchayishi, asosan, qanday ko‘rinishlarda
yaqqol ko‘zga tashlanadi?
2.
Sizningcha, mustamlakachi hukumatning Turkistonda olib borgan siyosatining
maqsad va vazifalari nimadan iborat edi?
3. Xalq hayotining qashshoqlashishiga qanday omillar sabab bo‘ldi?
4. Nima uchun xalq harakatlari XIX asrning 70yillari oxirida aynan Farg‘ona vodiy
sida kuchaydi?
5. XIX asrning 80yillar oxiri – 90yillar boshlarida Turkistonning qaysi volost va
uyezdlarida xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi?
MA’LUMOT UCHUN
1879-yilning kuzida Farg‘onada, 1880-yilning noyabri-
da Xo‘jand va O‘ratepa tumanlarida, 1882-yilning boshlarida
Namangan, 1885-yilning yozida Farg‘ona vodiysida mahalliy
xalq harakatlari qaytadan avj olib, Andijonda Darvishxon boshchiligi-
da qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Endi xalq norozilik harakatlari qatnashchilari
o‘z usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga
hujum uyushtirdilar. Shu yillarda qo‘zg‘olon birin-ketin butun viloyatga
yoyildi.
1892-yildan mustamlakachilar ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan
oddiy fuqarolarni bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar. «Gunoh-
korlar»ni ochiqchasiga qatl etish orqali odamlarni qo‘rqitish endilikda
mustamlakachilar quroliga aylandi.
MA’LUMOT UCHUN
1892-yilning mart oyida
Afg‘onistonda vabo kasal-
ligi tarqaldi. Bahor faslining oxirla-
riga kelib bu kasallik Samarqand
viloyatining Jizzax uyezdida, iyunda
esa Toshkentda ham qayd qilindi.
Toshkent shahar ma’muriyati kasal-
likka qarshi tadbirlar qatorida shahar-
dagi 12 ta qabristonni yopib qo‘ydi. Shu
kasallikdan vafot etgan kishilar uchun
shahardan chekka joyda maxsus
qabristonlar ochish va’da qilindi.
Lekin amalda shahardan tashqari-
da faqat bitta qabriston ochildi. Sani-
tariya tadbirlari xalqqa ishonarli qilib
tushuntirilmadi. Bundan tashqari, shi-
fokor-feldsherlar yetishmasligi sabab-
li bemorlarni tekshirish ko‘pincha
uchinchi yo to‘rtinchi kuni o‘tkazilar edi.
Bu vaqtda aholi o‘rtasida mustamla-
kachi ma’murlar suvni, shifokorlar
esa bemorlarni qasddan zaharlayot-
gani, murdalarning qabrlardan chiqa-
rib tashlanayotgani to‘g‘risidagi mish-
mish gaplar tarqaldi.
Tarixda «Vabo isyoni» (yoki «Tosh-
otar voqeasi») deb nom olgan qo‘zg‘olon
1892-yil 24-iyunda boshlandi.
Bu voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan-
lardan biri shunday yozgan edi:
«Qo‘zg‘olonchilarning maqsadi bo‘la-
yotgan kamsitishlarni to‘xtatishga
erishish edi.
Olomon shahar boshlig‘i
S. Putinsev huzuriga chora ko‘rish
to‘g‘risidagi talab bilan yo‘lga tushadi.
Olomonda o‘qotar qurollar ham yo‘q
bo‘lib, ular taxminan 400 kishi atrofida
edi».
Eski shahar oqsoqoli Muham-
mad Yoqub olomondan qo‘rqib
shahar bosh lig‘i huzuriga boradi. Xalq
S. Putinsevdan oqsoqolni ular ixtiyori-
ga berishni talab qildi. Putinsev esa
muzokara o‘rniga kuch ishlatishni afzal
ko‘rdi.
Bu esa norozilikni kuchaytirib yubor-
di. Putinsev odamlarini tor-mor etib, o‘zi-
ni esa kaltaklashdi. Toshkent oqsoqoli-
ning uyiga o‘t qo‘yishdi. S. Putinsev va
uning mir
shablarini do‘pposlagan xa-
loyiq mahkamani ham ostin-ustun qildi.
Qo‘zg‘olonni bostirish uchun kazaklar
polki va bir rota askar chaqirildi.
41
42
IJODIY FAOLIYAT
IJODIY
FAOLIYAT
1.
XIX asrning 90yillarida mamlakati
mizda bo‘lib o‘tgan «Vabo isyoni»ning asl
ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy sabab va oqibatlari
ni daftaringizda jadval ko‘rinishida ifodalang.
Fikringizni sinfda kichik taqdimot ko‘rinishida hi
moya qiling.
2. «Vabo isyoni» voqealari mustamlakachi ma’mu
riyatni qanday islohotlar qilishga majbur qildi?
1. Turkistonda mustamla
kachi hukumat siyosatining
asosiy yo‘nalishida nimalar
yaqqol ko‘rinadi?
2. O‘lkada Turkiston gene
ralgubernatoriga qanday
maqsadda keng vakolatlar
berildi?
MA’LUMOT UCHUN
O‘lkadagi norozilik harakatlari kuch bilan bostirildi,
qo‘zg‘olon ishtirokchilari jazolandi.
Toshkentdagi qo‘zg‘olondan so‘ng o‘lkada
Dostları ilə paylaş: |