IJODIY FAOLIYAT
1.
1898yil Andijon qo‘zg‘oloni
boshlanishiga sabab bo‘lgan omil
lar nimalardan iborat? Fikringizni ko‘ chirish
siyosati bilan mantiqiy bog‘lab, xulosangiz
ni daftaringizga asoslab yozing.
2.
Sizningcha, mustamlakachilikka qarshi
qo‘zg‘o
lonlar Turkiston o‘lkasining deyarli
barcha hududlarida muttasil davom etishi
ning sabablari nimalardan iborat bo‘lgan?
MA’LUMOT UCHUN
1886-yilgi «Turkiston
o‘lkasini
boshqarish
haqidagi Nizom»ga ko‘ra
Rossiyadan ko‘chib kel-
ganlar uchun yer fondi
tashkil etildi.
1891-yilda Rossiya-
dan Farg‘o
na viloyatiga
ko‘plab aholining ko‘chi-
rib keltirilishi va joylash-
tirilishi yer taq chil va aholi
zich
yashay digan vodiyning
ahvolini nihoyatda yomonlash-
tirib yubordi. Shubhasiz, imperiya
hukumatining
bunday harakatlari mahal-
liy aholi noroziligining yanada ortib borishiga
sabab bo‘ldi.
Imperiya hukumati tomonidan o‘lkadagi
vaqf mulklari qisqartirildi. Vaqf mulklariga te-
gishli yerlarni tugatishga qaratilgan chora-tad-
birlar esa vaqf yerlarining
katta qismi davlat
mulkiga aylantirilishiga olib keldi.
Bu keng xalq ommasining keskin noroziligi-
ni keltirib chiqardi.
43
44
MA’LUMOT UCHUN
1898-yilda mahalliy xalqlarning mustamlakachilarga qarshi
qaratilgan Andijon qo‘zg‘oloni boshlandi. Qo‘zg‘olonga Dukchi
eshon (Muhammad Ali) rahbarlik qildi.
Dukchi eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar
ikkiga
bo‘linib, ularning biriga Ziyovuddin maxsum boshchilik
qildi.
Qo‘zg‘olonchilarning safi kengayib bordi. Ular
Andijondagi harbiy kazarmaga hujum qildilar.
Ammo harbiy kuchlar bilan bo‘lgan to‘qnashuv
oqibatida qo‘zg‘olonchilar chekinishga majbur
bo‘ldilar.
General-gubernator N. Korolkov qo‘zg‘olon-
chilarni batamom yo‘q qilishga qaratilgan jazo
ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qildi. Dukchi
eshon va uning safdoshlari jazolandi.
1898-yilda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon
mahalliy
aholining o‘z jonlarini xavfga qo‘yib, mustam-
lakachilik zulmiga qarshi kurash olib borishlari
mumkinligini ko‘rsatdi. Ular qo‘llariga qurol olib,
toptalgan haq-huquqla-
ri, orzu-umidlari uchun jang qildilar.
Garchi 1898-yilgi qo‘zg‘olon tor-mor etilgan bo‘lsa-da, mahalliy
xalqlarning mustaqillik va ozodlik uchun kurashlarini to‘xtata olmadi.
Mustamlakachilikka qarshi qo‘zg‘olonlar Turkiston o‘lkasining deyarli
barcha hududlarida davom etdi.
Dostları ilə paylaş: