29
MA’LUMOT UCHUN
Rossiya imperiyasining
keyingi harakatlari Xiva xonli-
gini bosib olishga qaratildi. Shu orqali
u Amudaryo ustidan nazoratni qo‘lga
kiritishni maqsad qilib olgandi. Buning
uchun Rossiya imperiyasi besh yil
puxta tayyorgarlik ko‘rdi.
Kaufman boshchilik qilgan ko‘p son-
li harbiy qo‘shin 1873-yil fevralda o‘zlari
o‘rnashgan joylari – g‘arbda Mang‘ish-
loq, shimolda Orenburg, sharqda Tur-
kiston va janubda Krasnovodsk kabi
to‘rt harbiy okrugdan deyarli bir vaqt-
da yo‘lga chiqdi. Rossiya imperiya
si
qo‘shinlari bilan Xiva xonligi qo‘shinlari
o‘rtasida may oyida Hazorasp qal’asi,
Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Mang‘it shaharlari va
Xiva shahri yaqinida janglar bo‘lib o‘tdi.
1873-yil may oyining o‘rtalariga
kelib
mustamlakachi hukumatning
asosiy qo‘shinlari Xivaga yetib keldi.
Kaufman qo‘shinlari Hazorasp dar-
vozasi orqali xonlik poytaxtini egalla-
di. Kaufman Xivani bosib olganidan
so‘ng xon xazinasini kontributsiya (to-
von) evaziga musodara qilib, xazina-
dagi moddiy va ma’naviy boyliklarni
Sankt-Peterburgga jo‘natdi. Kaufman
Xivani egallaganidan so‘ng 1873-yil
12-avgustda Gandimiyon qishlog‘ida
Xiva
xoni Muhammad Rahimxon II
shartnoma imzolashga majbur bo‘ldi.
Xiva xonligiga qarashli Amu-
daryoning o‘ng sohili, unga qo‘sh-
ni yerlarning barchasi, bu joylarda
yashaydigan o‘troq va chorvador
aholisi bilan birga xonlik tasarrufidan
chiqdi. Shartnomaga binoan Xiva xon-
ligi 2 million 200 ming rubl miqdori-
dagi tovonni 20 yil davomida to‘lashi
belgilandi. Xonlik xazinasida yetarli
darajada pul bo‘lmaganligi uchun bu
tovon aholidan yig‘ib olinadigan bo‘ldi.
Gandimiyon
shartnomasi Xiva xonli-
gining Rossiya imperiyasiga tobeligi-
ni, xonning davlat boshlig‘i darajasi-
da boshqa davlatga bo‘ysunganligini
ko‘rsatuvchi hujjat bo‘ldi.
IJODIY FAOLIYAT
1. Xiva xonligining bosib olinishi
dagi dastlabki harakatlar haqida
gapiring.
2. Xivaga qarshi Kaufman nima uchun uzoq
vaqt tayyorgarlik ko‘rdi?
3. Xivaga qarshi yurish qanday tashkil qilindi?
4. Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligi ah
voliga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
1717yilda A.Bek
ovichCherkas
skiy, 1839yilda V
. Perov skiy boshchi
ligidagi qo‘shinlarning Xiva xonligiga
hujumi muvaff
aqiyatsiz tugagan.
Buxoro amirligi va Xiva
xonligi
Rossiya imperiyasi
ning protektor
atiga aylan
ganligi to‘g‘rishida shartno
ma imzolasa
da, aslida uning
vassaliga aylantirilgan edi.
29
MA’LUMOT UCHUN
Rossiya imperiyasi XIX asrning
50–60-yillarida harbiy istilochilik yo‘li bilan
Qo‘qon xonligi hududining bir qismini bosib oldi. Bu
davrda xonlik yerlari ancha qisqarib,
xazinaga tusha-
digan daromadlar kamaydi. Rossiya savdogarlariga
katta imkoni
yatlar berildi. Urush natijasida ko‘rilgan
zararlar xalq zimmasiga tush di, soliq va majburiyat-
lar ko‘paydi. Buning oqibatida Qo‘qon xonligida ichki
nizolar, xalq noroziligi kuchaydi. Ichki nizolarni barta-
raf eta olmagan Xudoyorxon Makkaga haj ziyoratiga
boradi va u yerdan qaytib kelayotganda Afg‘onistonda
vafot etadi.
1875-yilda Xudoyorxon o‘rniga taxtga Nasriddin-
bek o‘tirdi. Qo‘qon xonligida siyosiy vaziyat keskin-
lashib, qo‘zg‘olon butun vodiyni qamrab oldi. Kaufman
qo‘shinlari ham vodiyda harbiy harakatlarni boshlab
yuboradi. Yangi xon 1875-yil 22-sentyabrda Qo‘qon
xonligi taslim bo‘lganligi haqidagi shartnomani imzo-
laydi.
Shartnomaga ko‘ra Qo‘qon xoni tashqi siyosatda
hech qanday bitimlar tuza olmasligi,
ikki million rubl
tovon to‘lashi, Sirdaryoning o‘ng sohilidagi yerlar –
Namangan va Chust Rossiya ixtiyoriga o‘tganligi bel-
gilangan edi. Bu yerlarda tashkil qilingan Namangan
bo‘limiga general M. Skobelev boshliq etib tayinlanadi.
Nasriddinbek imzolagan shartnomadan norozi
bo‘lgan aholi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Ulardan biriga Mulla
Is’hoq Mullo Hasan o‘g‘li «Po‘latxon» nomi bilan rah-
barlik qildi. 1875-yil oktyabr oyi boshida Po‘latxonga
qarshi Skobelev boshchiligidagi harbiy qo‘shin hu-
jum qiladi. 1876-yil fevral oyiga kelibgina harbiy qurol
ustunligi bilan xonlik bosib olindi. Po‘latxon va uning
tarafdorlari qatl qilindi. 1876-yil fevralda Rossiya im-
periyasi hukumatining Qo‘qon xonligi tugatilganligi
to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Shu tariqa Qo‘qon
xonligi hududi o‘rnida Turkiston general-gubernatorligi
tarkibiga kiruvchi Farg‘ona viloyati tashkil qilindi.
IJODIY
FAOLIYAT
1.
Avliyoota, Oqma
chit, Chimkent, Tosh
kent, Xo‘jand shahar
larining qo‘ldan ketishi
Qo‘qon xonligiga qan
day ta’sir ko‘rsatdi?
2. Buxoro amirligi va
Xiva xonligining Ros
siya vassaliga aylani
shi Qo‘qon xonligi
ning ijtimoiyiqtisodiy
munosabatlari, tash
qi siyosatiga qan
day ta’sir ko‘rsatdi?
Fik ringizni asoslang.
Po‘latxon asli ismi
Is’hoq Hasan o‘g‘li
bo‘lib, Qo‘qon xoni
Olimxon (1801
1810)
nabirasi Po‘latxon no
midan soxta xon si
fatida 1873–1876
yil
larda qo‘zg‘olonga
rahbarlik qilgan.
30
BILASIZMI?
O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib oli
nishi to‘rt bosqichda amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: