Æ
Qo‘qon xonligi shimoliy
hududlarining bosib oli
nishi.
Æ
Turkiston generalgu
bernatorligi va Turkiston
harbiy okrugining tuzi
lishi.
Rossiya imperatori Aleksandr II
1859-yilda Qo‘qon xonligini bosib
olishning davom ettirilishi to‘g‘risida bergan
ko‘rsatmasidan so‘ng harbiy harakatlar ku-
chaydi. Buning uchun, eng avvalo, xonlikning
Toshkent shahri bosib olinishi zarur edi.
Toshkentni bosib olishda Oqmachit qal’asi har-
biy harakatlarning tayanchiga aylandi. Impe-
riya qo‘shinlarining Oqmachit qal’asini bosib
olish borasidagi dastlabki harakatlari (1852-yil)
mag‘lubiyatga uchragach, 1853-yilda uni egal-
lash uchun ikkinchi marta hujum boshlangan.
3 mingdan ortiq kishidan iborat rus harbiy
qo‘shiniga 400 kishidan iborat qal’a himoya-
chilari 20 kun davomida qarshilik ko‘rsat-
gan. Qurshovda qolgan qal’a himoyachilari
oxirgi imkoniyatlari qolgunicha jang qildilar.
Kuchlar notengligi oqibatida Rossiya imperiya-
si qo‘shinlari tomonidan qal’a egallangan. Bu
qal’aga Perovskiy forti deb nom berildi.
1864-yilda Rossiya imperiyasining uch
mingdan ko‘proq qo‘shini ikki yo‘nalishda: biri
Jangdan so‘ng
Oqmachit
harobalari
va Oqmachit
qo‘mondoni
Yoqub Bek
19
20
IJODIY FAOLIYAT
Nima uchun, eng avvalo, Tosh kent shah
rini bosib olish zarur, deb hisoblangan?
Toshkentning strategik ahamiyati nima
dan iborat edi?
Perovskiy fortidan (Orenburg
tomondan), boshqasi esa Ver-
niy (Almati) shahri tomondan
Toshkentni bosib olish uchun
yo‘lga chiqdi. Ular avval Talas
daryosining chap sohilidagi
Avliyoota (hozirgi Taroz shah-
ri)ni bosib oldi.
MA’LUMOT UCHUN
Turkiston va Chimkent shaharla-
ri mudofaasiga Qo‘qon xonining amir-
lashkari Aliquli (Alimqul) rahbarlik qildi. Kuchlar
teng emas edi. O‘sha davrning zamonaviy qu-
rollari bilan qurollangan imperiya qo‘shinlari
Qo‘qon xonligiga qarashli Turkiston shahrini
ishg‘ol qildi va 20 kilometrlik qal’a devori bilan
o‘ralgan Toshkentni bosib olishga tayyorgarlik
ko‘ra boshladi.
Bu harbiy harakatlarga M.
Chernyayev
qo‘mondon etib tayinlandi. 1864-yil kuzi-
da Chimkent shahri egallanib, Yangi Qo‘qon
chizig‘i asosida qo‘lga kiritilgan qal’alar bir-
lashtirildi. Natijada Raim qal’asidan Perovskiy
fortigacha Sirdaryo istehkom chizig‘i, Semipa-
latinskdan Verniy shahrigacha Sibir istehkom
chizig‘i vujudga keldi.
IJODIY FAOLIYAT
Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
1.
Oqmachit qal’asini bosib olish uchun ... hujum 1853yil
da boshlanadi. ...dan ortiq kishidan iborat harbiy qo‘shinga ...
kishidan iborat qal’a himoyachilari ... kun davomida qarshilik ko‘rsatdi.
2. Oqmachit – ...yil, Chimkent, Turkiston – ... yil bosib olindi.
3. Yangi ..., ... istehkom ...ning tashkil etildi.
4. ... otryadi Qo‘qon xonligiga qarashli Turkiston shahrini bosib oldi.
5. ... Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga ... qilishga Qo‘qon
xoni tomonidan yuborilgan.
6. ...yil kuzida ... qal’asidan ... fortigacha ... istehkom chizig‘i, ...dan ...
shahrigacha ... istehkom chizig‘i vujudga keldi.
Turkiston
MA’LUMOT UCHUN
Toshkent O‘rta Osiyoning siyo-
siy, iqtisodiy, yirik ma’muriy va sav-
do-sotiq markazlaridan biri hisoblangan. Har
tomondan shaharga kirish uchun qurilgan 12 ta
darvozalari soqchilar tomonidan qo‘riqlangan.
Shaharni mudofaa qilish uchun qurilgan devor
ortida Kaykovus arig‘ining suvi bilan to‘ldirila-
digan xandaqlar bo‘lgan. 1864-yil 1-oktyabrida
M. Chernyayev o‘zini imperiyaga yaxshi ko‘rsa-
tish uchun tezlik bilan Toshkentni bosib olmoqchi
bo‘ldi. Lekin shahar himoyachilari Chernyayev ni
Chimkentga chekinishga majbur qildi.
Toshkent. Eski shahar
xaritasi. XIX asr
Beshyog‘och
Beshyog‘och
Qo‘ymas
Qo‘ymas
Eski Juva
Eski Juva
Ko‘kaldosh
Ko‘kaldosh
Shayxontohur
Shayxontohur
Qo‘qon
Qo‘qon
Qoshg‘ar
Qoshg‘ar
Labzak
Labzak
Taxtapul
Taxtapul
Qorasaroy
Qorasaroy
Sag‘bon
Sag‘bon
Chig‘atoy
Chig‘atoy
Ko‘kcha
Ko‘kcha
Kamolon
Kamolon
Samarqand
Samarqand
1865-yil aprel oyi oxirida M. Chernya-
yev boshchiligidagi harbiy qo‘shin Chirchiq
daryosining chap sohilida joylashgan Niyozbek
qal’asiga kelib, uni jangsiz topshirishni taklif qi-
ladi, lekin qal’a himoyachilari rad javobini be-
rib, mudofaaga o‘tadi. Qal’a to‘plardan o‘qqa
tutilib, devorlari buzib tashlandi.
Oqibatda Niyozbek qo‘rg‘oni dushman
qo‘liga o‘tdi. Ushbu qal’aning bosib olinishi
Chernyayevga Toshkentni suv ta’minotidan
uzib qo‘yish imkonini berdi. Uning buyrug‘i bi-
lan Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’min-
laydigan Chirchiq daryosidagi to‘g‘on buzib
tashlanadi.
BILASIZMI?
XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent
shahrining 12 ta darvozasi bo‘lgan. Bular:
Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy,
Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog‘och, Qo‘ymas,
Qo‘qon, Qoshg‘ar. Toshkent to‘rtta – Beshyog‘och,
Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalariga bo‘linib,
har bir daha o‘z oqsoqoli tomonidan boshqarilgan.
21
IJODIY FAOLIYAT
Toshkent shahri darvozalarining nomini ayting. Be
rilgan xaritadan foydalanib, shahar darvozalari qaysi
dahalarda joylashganini ko‘rsating.
Toshkent O‘rta
Osiyoni bosib olish
uchun asosiy yo‘lak,
harbiy qo‘shinlar
ning kelgusidagi
harakatlari uchun
tayanch nuqta vazi
fasini bajara oladi
gan joy hisoblangan.
MA’LUMOT UCHUN
Toshkent shahri suvsiz qolgan bo‘lsa-da,
sarbozlar va aholi shaharning har bir mahal-
la ko‘chasida tashkil qilingan to‘siqlarda qattiq
qarshilik ko‘rsatdi. Asosiy jang Kamolon dar-
vozasidan Xadradagi markaziy bozorga bo-
radigan ko‘chada bo‘lib, imperiya qo‘shinlari
to‘rtta to‘p himoyasida bo‘lgan to‘siqdan o‘ta
olishmadi.
Toshkent mudofaasida shahar himoyachi-
lari va Qo‘qon xonligi qo‘shinlari amirlashkar
Aliquli boshchiligida qarshilik ko‘rsatdi. Aliquli-
ning halok bo‘lishi shahar himoyachilarini saro-
simaga solib qo‘ydi.
Toshkent himoyasiga Buxoro amirligidan
kechikib yetib kelgan qo‘shinlarning foydasi
tegmadi. Shahar o‘t ichida qoldi. 1865-yil iyun-
da shahar egallandi.
IJODIY FAOLIYAT
Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring:
1. 1864yil 1oktyabr – Chernya
yevning birinchi hujumi,
... qal’asining egallanishi.
2. 1865yil Orenburg generalgu
bernatorligi tarkibida ... viloyati
tashkil qilindi. Unga ... harbiy
gubernator etib tayinlandi.
3. 1865yil 6avgustda «... vilo
yatini boshqarish to‘g‘risidagi
Muvaqqat ...» qabul qilindi.
22
Toshkent shahrining 12 darvozasi kalitlari
Xalqaro doirada Chernya
yev
o‘zining bosqinchilik xatti
ha
rakatlarini oqlash maqsadida
«mahalliy oqsoqollarni T
oshkent
ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ldi,
toshkentliklarning o‘zlari aho
li tinch ligini saqlab
qolish maq
sadida Rossiya askarlariga sha
har darvozalarini ochib ber
dilar»,
degan maz mundagi xatni imper
a
tor nomiga yozishga majburladi.
M. Chernyayev Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur
dahalarining oqsoqollarini chaqirdi. Muzokarada Toshkent qozikaloni
Hakimxo‘ja, Abulqosim eshon, Solihbek dodxoh va shaharning boshqa
nufuzli kishilari ishtirok etdi. Oqsoqollar shaharni «ixtiyoriy ravishda top-
shirish» to‘g‘risidagi sulhni imzolashga majbur qilindi.
Bunga qarshi bo‘lgan Solihbek dodxoh, Abulqosim eshon,
Hakimxo‘jalar Sibirga surgun qilindi. Harbiy istilochilik yurishla-
ri natijasida bosib olingan hududlarda Turkiston viloyati tuzilib, unga
M. Chernyayev gubernator qilib tayinlandi.
Viloyat bo‘limlarining harbiy asosda tashkil qilinishidan maqsad im-
periya hukumatining kelgusidagi harbiy rejalarini amalga oshirilishida
Toshkent tayanch ma’muriy hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda tutilgan edi.
23
24
Rossiya
imperiyasiga
qo‘shib olingan
hududlar
Emba posti
Dostları ilə paylaş: |