63
ning «Bo‘zatov» dostonida qoraqalpoq xalqi-
ning hayoti, ayniqsa, ularning ko‘chib yurish
jarayoni bilan bog‘liq
voqealar katta mahorat
bilan tasvirlangan. Ajiniyoz adabiy merosidan
bizga 100 ga yaqin she’rlar va dostonlar ye-
tib kelgan. Uning she’rlarida vatanparvarlik,
insonparvarlik g‘oyalari kuy langan. «Qiz Men-
gesh bilan aytishuv» dostoni esa xalq orasida
mashhur bo‘lgan.
Berdaq (1827–1900) Orolbo‘yida tug‘il-
gan. Ovul maktabida, so‘ngra Qoraqum eshon
madrasasida o‘qigan. 20 yoshidan she’rlar
yoza boshlagan va yarim asr davomida turli
mavzularda o‘lanlar to‘qigan.
Berdaq o‘z ijodini xalqi uchun o‘lmas asar-
lar yaratishga bag‘ishladi. She’rlaridan
biri ham
«Xalq uchun» deb nomlangan. Uning she’rlari-
da zulmni qoralovchi tuyg‘ular, jo‘shqinlik ustu-
vor bo‘lgan.
XX asr boshlariga kelib qoraqalpoq ada-
biyotidagi demokratik an’analarni yangi avlod
vakillari Umar, Sariboy, Qulmurot, Sodiq kabi-
lar davom ettirdilar.
Kunxo‘ja – ... Zevar – ...
Berdaq – ... Madrasalar – ...
Berdaq haykali
64
MA’LUMOT UCHUN
Qoraqalpoq xalqining og‘zaki ijodi chuqur
mazmunga egaligi va xalq chilligi bilan ajralib tu-
radi. Xalq ma’naviy madaniyatining yuksak dara-
jasi ajdodlardan avlodlarga yetkaziladigan xalq
dostonlarida, termalarida,
shuningdek, musiqali
o‘lanlarda saqlanib qolgan. Ular orasida maqol-
lar, hikmatlar, laparlar, nasihat qo‘shiqlarda ifoda
etilgan «otalar so‘zi» alohida ajralib turar edi. Qo-
raqalpoqlar o‘z to‘y-marakalarini qo‘shiqsiz, dos-
tonlarsiz, tarixiy hangomalarsiz o‘tkazmaganlar.
Bayramlar va urug‘ning boshqa tadbirlarida «Qirq
qiz» va turkiylarning boshqa dostonlari kuylangan.
Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodida kulgi qahra-
moni bo‘lgan O‘mirbek laqqi obrazi orqali razil-
lik,
yomonlik, yovuzlik, zolimlik kabi salbiy illatlar
hajv yo‘li bilan fosh etilib, mehnatsevarlik, ezgulik,
qahramonlik ulug‘langan. Xalq orasida qoraqal-
poq folklorining doston yo‘llari mashhur edi. Dos-
ton qahramonlik haqida she’riy asar bo‘lib, unda
xalq baxt-saodati va farovonligi yo‘lida mard bo-
tirlarning buyuk jasoratlari madh etilgan. Mashhur
bo‘lgan dostonlar orasida esa qoraqalpoqlarning
«Qirq qiz» dostoni alohida ajralib turadi.
Dostonda Sarkub hukmdori Olloyor o‘z qizi
Guloyimga Muyeli degan hosildor yerlarni tortiq
qilgani haqida aytiladi. Bu joyda Guloyim va uning
qirq kanizagi mustahkam bir qal’a barpo etisha-
di. Dushmanlar Sarkub yerlariga hujum qilib, Gul-
oyimning otasini o‘ldirishadi.
Sarkub mulklari ta-
lanadi, sarkubliklarning ko‘pi asir olinib haydab
ketiladi. Guloyim va uning kanizaklari dushmanga
qarshi kurashga kirishadi, qoraqalpoqlarni asir-
likdan ozod qiladi va ona yurtga ozodlikni qayta-
radi. Bu ishda Guloyimga uning oshig‘i xorazmlik
bahodir Arslon yordam beradi.
Dostonning bosh
g‘oyasi – yuksak vatanparvarlik hissi va ona Va-
tanga, xalqqa fidoyilarcha muhabbatdir. «Qirq
qiz» dostoni bugungi kunda xalq og‘zaki ijodining
durdonalaridan biri sanaladi.
Qoraqalpoq bolalari
Qoraqalpoq oilasi
66
TURKISTONDA
TURKISTONDA
JADIDCHILIK
HARAKATI
JADIDCHILIK HARAKATI
MULOHAZA UCHUN
MA’LUMOT UCHUN
BUGUN DARSDA
Quyi sinflarda olgan bilimla-
ringizga taya
nib quyidagi savol
larga javob bering:
1. Markaziy Osiyo xonliklarida ta’lim
tizimi qanday bo‘lgan?
2. «Ta’lim rivojlansa – jamiyat rivojlana
di» degan fikrni o‘rganilayotgan davr
bilan bog‘lab tushuntiring.
3. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bo
sib olganidan so‘ng ta’lim tizimida
qanday o‘zgarish bo‘ldi?
Dostları ilə paylaş: