91
MA’LUMOT UCHUN
Fevral inqilobi Turkiston o‘lkasi musulmon aholisini siyosiy ji-
hatdan uyg‘otishda, demokratik o‘zgarishlarga
boshchilik qilmoqchi
bo‘lgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb
etdi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘lishdi.
Ular mintaqa tub xalqlarining taraqqiyot va mustaqillik to‘g‘risidagi o‘z g‘oyalarini
Fevral inqilobi g‘oyalari bilan bog‘lab, o‘zlari e’lon qilgan tamoyillarni amalga
oshirishga faol kirishdi.
1917-yil fevral oyida Rossiya imperiyasi markazida yuz bergan davlat to‘nta-
rishi oqibatida 15-mart kuni Nikolay II taxtdan voz kechadi. Hokimiyat boshqaru-
viga Muvaqqat hukumat keldi.
Shu tariqa, mazkur davlatda imperiya hukmronli-
giga chek qo‘yildi. Ushbu keskin siyosiy o‘zgarish qaram o‘lkalar hayotiga ham
ta’sir o‘tkazishi tabiiy edi. Turkiston bo‘ylab
har bir shahar, uyezd, volost va qish-
loqda eski ma’muriyat idoralari Muvaqqat hukumat tomonidan tugatilib, o‘rniga
jamoat tashkilotlari ijroiya qo‘mitalari, ya’ni jamoat
xavfsizligi deb nomlangan
qo‘mitalar tashkil topa boshladi.
1917-yilning mart oyida tashkil topgan «Sho‘royi islomiya» tashkilotiga
Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarlik qildi. Undan 1917-yilning iyun oyida
«Sho‘royi ulamo» va 1917yilning iyul oyida «Turk adami markaziyat firqasi»
(«Turkiston federalistlar partiyasi») ajralib chiqqan edi. Mazkur harakatlar Tur-
kiston manfaatlarini himoya qilishni o‘z maqsadi deb bilgan tarqoq milliy siyosiy
kuchlarni jipslashtirish uchun qilingan ilk urinishlardan biri edi.
«Sho‘royi islomiya» tashabbusi bilan Toshkentda 1917-yil 16–23-aprel kun-
lari Butunturkiston musulmonlarining birinchi o‘lka qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda
butun Turkistondan 150 ga yaqin delegat to‘plandi. 20 ga yaqin masalani ko‘rib
chiqqan qurultoy o‘lkada mustamlakachilikni tugatish
va musodara qilingan yer-
larni mahalliy aholiga qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Mazkur yig‘ilishda
Turkistonda musulmonlar Markaziy Sho‘rosini ta’sis etishga ham kelishilgan. Bu
qaror keyinchalik Milliy markaz shaklida amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: