Munavvarqori Abdurashid
xonov
(1878–1931) – Turkis-
ton o‘lkasida jadidchilik haraka-
tining yirik namoyandalaridan
biri. U jadid maktablari ochilishi-
ning tashabbuskori va amaliyot-
chisi, milliy gazeta va jurnallar
asoschisi, muharriri hamda ja-
did teatri targ‘ibotchisi bo‘lgan.
Munavvarqori maktablar uchun
«Adibi avval», «Adibi soniy», «Yer
yuzi» kabi darsliklarni yaratdi.
Abdulla Avloniy
1878-yil Tosh-
kent shahrida hunarmandlar oilasi-
da tug‘ildi. U maktab va madrasada
ta’lim olib, o‘z zamonining ma’rifatli
va chuqur bilimga ega insonlari-
dan biriga aylandi. Avloniy o‘lkada
ta’lim, matbuot, teatr sohalarining
rivojlanishiga katta hissa qo‘shib,
1907-yil «Shuhrat» gazetasi-
ga asos soldi. O‘zi tashkil qilgan
yangi usul maktabi uchun «Birin-
chi muallim», «Ikkinchi muallim»,
«Turkiy guliston yoxud axloq» kabi
darsliklarni yaratdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mu-
navvarqori
Abdurashid xonov,
Abdulla Avloniy kabi boshqa mil-
liy taraqqiyparvarlar ham ma’ri-
fatparvarlik faoliyatini olib borib,
yangi maktablar, xayriya jamiyat-
lari, kutubxona va kitob do‘konlari
ochdilar.
Turkiston jadidlarini
birlashtirish
da «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi»
deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy
(1875–1919) ning xizmati katta bo‘ldi.
«...Maktab va madra
sa bir millatning hatto bani
odamning darajali taraqqiy
va taoliysi deb bo‘ladur. Fa
qat taraqqiy va taoliyni mak
tab va madrasalarni ko‘pligi
ila bo‘lmayincha, balki nizom
va tartiblik bo‘lub, yaxshi idora
etilmog‘i ila bo‘ladur. Dunyo
da mavjud millatlar taraqqiyni
ibtidoiy maktablardan bosh
larlar. Haqiqatan taraqqiy va
taoliy uchun birinchi yo‘l va aso
sulasos maktabdur».
Mulla Rahimxonning
«Masala». maqolasidan.
«Izhor ulHaq» jurnali. 1918yil
MA’LUMOT UCHUN
Turkiston jadidchilik harakatining na-
moyandalari jaholat, bilimsizlik, madani-
yatsizlikni qoralaganlar.
Turkiston taraqqiyparvar sarmoyador-
lari yoshlarni chet ellarga yuborib, zarur
kasb
larni egallab, xalqqa foydali xizmat
qiladigan yoshlarni va ular uchun qayg‘ur-
gan jadidlarni qo‘llab-quvvatladilar.
Andijonlik Mirkomil Mirmo‘minboyev
o‘z hisobidan ana shu ishga katta miq-
dorda mablag‘ ajratgan. 1908-yilda Buxo-
roda Abduvohid Burhonov, Mukammil
Burhonov, Hamidxo‘ja Meqriy, Ahmadjon
Abdusaidov va boshqalar «Tarbiyai atfol»
(«Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qi-
lib, 1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda esa 30
nafar talabani Turkiyaga o‘qishga yubor-
ganlar.
IJODIY
FAOLIYAT
1.
Jadidlar o‘z faoliyatlarini
nimaga qaratdilar? Nima
uchun?
2. Taraqqiyparvar ziyolilar to
monidan qanday darsliklar
tayyorlangan?
3. «Tarbiyai atfol» jamiyatining
maqsadi nima edi?
4. QR kod orqali ko‘rib, mazkur
davrdagi ta’lim tizimi bilan ta
nishing. Ta’lim sohasining ri
vojlanishida qanday to‘siqlar
bo‘lgan? Fikringizni asoslang.
75
«Tarbiyai atfol»
jamiyati
ishtirokchilari
Mirkomil
Mirmo‘minboyev
(o‘ngda) tijoratchi
do‘sti bilan
76
«Agar bizlarning maktab
larimiz boshqa millat mak
tablari kabi bir nizomga qo‘yilib
yaxshi muallimlik vazifasini lavozimi
cha ado qilurlik kishilardin muallimlar
tayin qilinsa edi, ma’sum avlodlari
miz ruhiy hayotiga, dunyo va oxiratni
saodatig‘a birinchi sabab o‘ladurg‘on
ilm va maorifdin bu darajada mahrum
o‘lmagiga sabab o‘lmas eduk».
Munavvarqori
Abdurashidxonov
MA’LUMOT UCHUN
XX asrga kelib mamlakatda bir tomondan turli ijtimoiy-siyosiy ja-
rayonlar natijasida tartib va iqtisodiy munosabatlar vujudga kelayotgan
bo‘lsa, ikkinchi tomonidan mamlakat hududiga turli g‘oyaviy oqimlar kirib
kela boshladi.
Mustamlaka davrida sha’riy masalalarni hal qilish, hanafiylik mazhabini
sofligicha keyingi avlodga yetkazish masalasi dolzarb muammolardan biriga
aylandi. Shu maqsadda 1917-yili 10-avgustda Toshkent shahrida
«Fuqaho ja-
miyati»
tashkil topdi.
Ushbu jamiyat to‘rt qozi va ular yonidagi muhrdor, a’lam va muftiylardan ibo-
rat bo‘lib, u fuqarolar ijtimoiy-maishiy hayotlarida duch kelishi mumkin bo‘lgan
masalalarni shar’iy yo‘l bilan hal qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. «Fuqaho
jamiyati»ning nashri bo‘lgan «Izhor ul-Haq» jurnalidagi bir maqolada:
«Tahzib
va tasfiyai axloq degan narsa maktablarimizda hech yo‘q. Muddati tahsil ko‘b
uzoq bo‘lgani uchun ko‘b kishilar bolalarini 8-15 yil maktabga qo‘yolmaydurlar,
chunki qudrat va iste’dodlari yetmaydur. Ham maktablarimizga intizom yo‘qdur.
Shuning uchun maktabda yurgan aziz, gavhari noyob bolalarimizdan o‘n besh
yo sakkiz nafardan ikki yo uch nafari ahli savod bo‘lib chiqadurlar», — deyi
-
ladi.
Maqolada maktablarda faqat kitoblarni yodlatish, savod chiqarish bilan
jamiyatni rivojantirib bo‘lmasligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga har bir maktab va
madrasada qat’iy intizom va tartib bo‘lishi zarurligi aytilgan.
IJODIY FAOLIYAT
1. «Qat’iy intizom va tartib bo‘lishi zarur», – deganda nimani tu shundingiz?
2. Ta’limning samaradorligi qat’iy intizomga bog‘liqmi? Nima uchun? Fik
ringizni asoslang.
«Islomiyatning avvalgi asrlarindagi
musulmonlar oila tarbiyasig‘a ahamiyat
berib, erkak va qiz bolalarini o‘qita bosh
ladilar. Xotunlar huquqini rioya etdilar. Va shul
soyada maorif va madaniyat yo‘lig‘a qadam
qo‘yib, ulug‘ bir quvvat hosil etdilar. Ozgina
vaqtda dunyoning qismi a’zamini o‘zlarig‘a
qaratdilar. Ul asrlarda islom dunyosinda erlar
qatorinda xotunlardan ham qancha olima va
shoira, muharrira, xatiba, adiba va faqihalar
yetishgan edi».
Hoji Muin, «Oila tarbiyasi» ,
«Mehnatkashlar tovushi» gazetasi, 1918yil.
Delegat
(lotincha
– yuborgan) –
biror tashkilot, jamoa
tomonidan vak
olatli
qilib saylab yoki tayinlab
yuborilgan vakil.
MA’LUMOT UCHUN
Jadidlar ko‘plab yoshlarni rivojlangan xorijiy davlatlarga, jumladan,
Germaniyaga o‘qishga yuborish, u yerda ular tahsil olib kelib, yurt va
millat uchun xizmat qilishi g‘oyalarini ilgari surdi. Ularning sa’y-harakatlari bilan
mahalliy aholi tomonidan yoshlarning xorijda o‘qib kelishiga ketadigan xarajatlari
uchun mablag‘lar yig‘ildi.
O‘lkada savdo-sotiq, sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojining qiyosiy tahliliga
bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar e’lon qilindi.
IJODIY
FAOLIYAT
Hoji Muin «Oila tarbi
yasi» maqolasida nimani
tanqid qilgan? Jamiyatni
rivojlantirish uchun qan
day tavsiya berilgan?
Turkiston taraqqiypar-
varlaridan biri, Toshkentning
«Qoryog‘di» mahallasidan bo‘lgan
Asadullaxo‘ja o‘g‘li Ubaydullaxo‘ja
Rossiyada huquqshunoslik soha-
si bo‘yicha ta’lim olib, birinchi oliy
ma’lumotli o‘zbek advokati bo‘ldi.
U buyuk rus yozuvchisi Lev Tols-
toy bilan yozishmalar olib borgan.
Taraqqiyparvarlar barcha sohalarni
rivojlantirishga qodir mahalliy kadr-
larni tayyorlash, zavod va fabrika-
lar qurib, mahsulotlarni o‘lkaning
o‘zida ishlab chiqarishni zarur deb
bildilar.
BILASIZMI?
77
|