Æ
Tarix, tabiiy fanlarga
oid ilmiy izlanishlar.
Æ
Adabiyot haqida.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida
ilmfan sohasida katta muvaffaqiyatlar
-
ga erishildi. Bu muvaffaqiyatlarga erishishda
jadidlarning o‘rni katta bo‘ldi. Jadidlar Turkis-
tonda savodxon va bilimdon kishilarni tarbiya-
lashda tarix fanining ahamiyatini yuqori baho-
ladilar.
1876yil Toshkentda
Turkiston muzeyi
(hozirgi O‘zbekiston
tarixi davlat muzeyi)
tashkil etildi.
O‘zbekiston tarixi
davlat muzeyi
BUGUN DARSDA
Tarixchi va jurnalist Mulla Olim Mahdum
hoji «Tarixi Turkiston» («Turkiston tarixi») asa-
rini yozdi. Bu asar o‘zbek tilida bosmadan chiq-
di. Unda qadimgi davrdan to XX asr boshlari-
gacha Turkistonda bo‘lgan voqealar yilnomasi
bayon etilgan edi.
Bu kitob o‘zbek tilidagi ilk tarixiy asar sifati-
da shuhrat qozondi.
XIX asrning 90-yillarida va XX asr boshlari-
da O‘rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o‘zlashti-
rish hamda maqbaralarini o‘rganish bilan
bog‘liq tadqiqot ishlari rivojlandi.
Shunday tadqiqotlardan birida 1908-yil-
da Ulug‘bek rasadxonasi binosi qoldiqlari va
rasad xonaga tegishli asbob-uskunalarning bir
qismi topildi.
Samarqanddagi
Ulug‘bek rasadxonasi
(rekonstruksiya)
81
1908yilda rasadxona binosi qoldiqlarini
va rasadxonaga tegishli asbob
uskunalar
ning bir qismini top
ishga muvaffaq bo‘l
indi.
IJODIY FAOLIYAT
O‘lkadagi ilmiy tadqiqotlar im
periya uchun qanday ahamiyat kasb
etgan? Nima uchun Rossiya imperi
yasi o‘lkani har tomonlama chuqur
o‘rganishga e’tibor qaratgan?
MA’LUMOT UCHUN
Hududni xaritalashtirish va iq-
limini o‘rganish uchun Toshkentda meteoro-
logiya stansiyasi tashkil etildi. Mutaxassislar
yetishmasligi sababli uzoq vaqt davomida
keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlarni shakllantirish
amalga oshirilmadi.
Faqat XIX asrning 90-yillarida va XX asr
boshlarida O‘rta Osiyoning tabiiy boyliklarini
o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot ishla-
ri avj oldi. Masalan, N. A. Seversev Pomir tog‘
tizimini o‘rganib, botanikaga va minerallarga oid
namunalar to‘pladi. P. P. Semyonov-Tyan-Shan-
skiy Tyanshan tog‘ tizimini o‘rganib, muzlik, vul-
qonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar to‘pladi.
Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati faol ish
boshladi. Jamiyat nashr ettirgan «Turkiston-
ning qishloq xo‘jaligi» jurnali sohadagi ishlab
chiqarish, yerlarni sug‘orish, dehqonchilik va
yerdan foydalanish borasidagi ilg‘or usullar-
ni targ‘ib qildi. Mahalliy iqlim sharoitiga mos-
lashgan o‘ziga xos O‘rta Osiyo paxta navidagi
dastlabki hosil yetishtirildi.
1871yilda tashkil etil
gan «O‘rta Osiyo
Olimlar
jamiyati» mablag‘ yo‘qli
gi tufayli 1893
yilda o‘z
faoliyatini to‘xtatdi.
82
P. P. Semyonov-
Tyan-Shanskiy
1870yili Toshkentda
Turkiston xalq kutubxo
nasi tashkil etildi.
Bu davrda bir qator adabiyot namoyandalari yetishib chiqdi. Shu-
lardan Muqimiy, Furqat, Zavqiy, shoira Anbar otin, Avaz O‘tar o‘g‘li, Ah-
mad Donish va boshqalarning ijodini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
She’rlaridagi haqqoniylik va samimiylik ularni mashhur xalq shoirlariga
aylantirdi.
Anbar otin ayollarning jamiyat va oiladagi haq-huquqsiz ahvoli to‘g‘ri-
sida achchiq haqiqatlarni qalamga oldi. O‘zbek shoirlarining she’rlari
keng xalq ommasi yuragiga yo‘l topdi. Ularning she’rlari asosida ko‘plab
qo‘shiqlar yaratildi.
XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotida yangi janrlar paydo bo‘ldi.
Nasrda yaratilgan asarlar ham dunyo yuzini ko‘rdi. Jadid adabiyotida
1910-yilda Abdulla Qodiriy ilk nasriy asarlarini e’lon qildi.
MULOHAZA UCHUN
1.
Anbar otin va Muhammad
Aminxo‘ja Muqimiyning qalamiga
mansub qaysi asarlarini bilasiz? Ular
nimasi bilan sizning yodingizda qolgan?
2. Abdulla Qodiriy o‘zbek adabiyotida qaysi
janrni boshlab berdi va u avvalgi davr ada
biyotidan qaysi jihatlari bi
lan farqlanadi?
3. QR kodda berilgan Abdul
la Qodiriyning «Uloqda»
hikoyasini o‘qing. Hikoya
asosida jamiyat hayotiga
baho bering.
Xiva teatri,
Toshkent
83
Gimnaziya o‘quvchilari
1911–1913yillarda Turkistonning turli shaharlarida teatrlar
tashkil etildi. Adiblar ular uchun pyesalar yozishdi. Sahnada yangra
gan ona tilidagi nutq va teatr aktyorining harakatlari xalq ommasiga
nisbatan qudratli ta’sir vositasiga aylandi.
Jadid teatrlarida spektakllarning aksariyati ochiq sahnalarda qo‘yi
lib, ularga ko‘plab tomoshabinlar tushgan. Ilk o‘zbek tomoshabinlari
uchun jadidlar qo‘ygan pyesalar axloqiy tarbiya maktablariga aylandi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yozilgan mashhur «Padar
kush» pyesasida otalar va bolalar o‘rtasidagi munosabat, ma’na
viy qashshoqlik, molmulkka ruju qo‘yish qanday oqibatlarga olib
kelishi haqida hikoya qilingan.
O‘zbek milliy teatrining shakllanishida jadidlarning o‘rni katta edi.
Shu o‘rinda Mahmudxo‘ja Behbudiyning: «Teatr – bu ibratxonadir», deb
aytgan fikrini eslash o‘rinlidir.
IJODIY
FAOLIYAT
1.
Jadid adabiyotida o‘sha
davrga xos bo‘lgan qanday
g‘oyalar yetakchilik qiladi?
2.
Shu mavzu bo‘yicha kichik
esse yozing.
84
1868-yilda mustamlakachi hukumat to-
monidan o‘lkada rus ta’lim maktablarini tash-
kil etish loyihasini ishlab chiqili
shi borasida
ko‘rsatma berilgan.
1870-yili o‘lkada o‘quv bo‘limini tashkil
etish bo‘yicha max
sus komissiya Toshkent
shahrida ish boshladi. 1886-yilda Toshkent
shahrida Rossiya Xalq maorifi vazirligiga te
-
gishli 9 ta, 1889-yilga kelib esa 14 ta ta’lim
muassasasi faoliyat yuritgan.
85
Xudoybergan Devonov
«Turon» teatri
truppasining birinchi
spektakllari qo‘yilgan
«Kolizey» teatrisirki
binosi, Toshkent
BILASIZMI?
Dostları ilə paylaş: |