Æ
dehqonlar o‘zi yetishtirgan mahsulotning ortiqchasini davlatga
topshirgan (oziq-ovqat razvyorstkasi, ya’ni taqsimoti);
Æ
davlat oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini taqsimlashni o‘z qo‘li-
ga olgan; bozor yo‘qotilib, pul muomalasi natura (mahsulotlar)
bilan almashtirildi;
Æ
mehnatga yaroqli barcha aholi majburiy mehnatga jalb qilindi
(mehnat militarizatsiyasi) va boshqalar.
MA’LUMOT UCHUN
IJODIY FAOLIYAT
Jahon tarixidan olgan
bilimlaringiz asosida quyida
gi savollarga javob bering:
1. «Harbiy kommunizm»
siyo
satining mohiyati ni
madan iborat edi?
2. Rossiyaning o‘zida bu
siyosat qanday amalga
oshirildi?
3. Nima uchun bolshevik
lar sovet hokimiyatining
dastlabki davri (1918–
1920)da yuritgan siyosati
«harbiy kommunizm» deb
nomlagan?
Turkiston o‘lkasidan Markazga oziq-ov-
qat mahsulotlarini olib chiqib ketish tobora
kuchaydi. 1920-yilda tashib ketilayotgan
non mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat tur-
larining miqdori bir necha marta ko‘paygan.
O‘sha paytda don yetishtirishga ixtisoslash-
magan Turkiston qishloq xo‘jaligi uchun bu kat-
ta miqdordagi hosil hisoblangan. Xalq ochlik-
dan qirilayotgan bir mahalda Turkistondagi
oziq-ovqat zaxiralaridan bolsheviklar o‘zla-
rining harbiy maqsadlari uchun foy dalangan.
«Harbiy kommunizm» siyosati o‘z mohiya-
tiga ko‘ra xalqqa qarshi qaratilgan bo‘lib,
sotsializm qurish usuli sifatida mutlaqo yaroq-
siz edi. Sovet hokimiyati Turkistondagi barcha
fabrika-zavodlarni o‘z egalari qo‘lidan tortib olib,
undan avvalo mudofaaga mo‘ljallangan mah-
sulotlar ishlab chiqarishda foydalandi. «Harbiy
kommunizm» siyosati natijasida tadbirkorlik
bilan shug‘ullanib kelgan jamiyatlar tarqatib
yuborildi. Yirik va o‘rta sanoat korxonalari bilan
birgalikda banklar, temiryo‘l transporti, bosma-
xonalar davlat hisobiga o‘tkazildi.
Xususiy mulk egalari tekinxo‘rlar deb e’lon
qilinib, fuqarolik huquqlaridan mahrum etildi.
Bozor munosabatlari rad etildi. 1921-yil ko‘kla-
miga kelib mamlakatning iqtisodiy munosabat-
larida keskin o‘zgarishlar yuzaga keldi.
NEP (