Æ
Istiqlolchilik harakatining boshlanishi.
Æ
Istiqlolchilarning maqsadlari, harakatning tugatilishi.
BUGUN DARSDA
Turkistonda sovet hokimiyatiga
qarshi kurash 1918-yil fevral oyi oxirla-
rida boshlandi. Harakatning bosh g‘oyasi Tur-
kiston mustaqilligi edi. Farg‘ona vodiysidagi
istiqlolchilik harakati 1919-yil yozining oxiri va
kuzida o‘zining eng yuqo ri cho‘qqisiga chiq-
di. Madaminbek boshchiligidagi qo‘shinning
sovet hukumatiga qarshi hujumi Farg‘ona
vodiysini larzaga keltirdi. 1919-yil 12-oktyabr-
da Pomirning Ergashtom ovulida bo‘lgan an-
jumanda Madaminbek boshchiligida Farg‘ona
muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi.
109
Turkiston muxtoriyatining tugati
lishi natijasida o‘lkada sovet hokimi
yatiga qarshi qurolli kurash boshlangan. Mil
liyozodlik harakati uzluksiz sal kam 20 yil,
1918–1935yillargacha davom etgan.
Ularga Katta Ergash, Kichik Ergash, Ma
daminbek, Shermuhammadbek, Ibrohim
bek, Fuzayl Maxsum singari milliy yetakchi
lar bosh bo‘lganlar.
Istiqlolchilik harakati goh kuchayib, goh
pasayib turgan. Harakatning asosiy maqsadi
Turkiston mustaqilligi uchun kurash bo‘lib qolaverdi.
110
110
Hukumat tarkibiga 16 nafar mahalliy aho-
li vakili kiritilgan edi. Madaminbek hukumat
boshlig‘i bo‘lish bilan birga qo‘shinning Oliy
bosh qo‘mondoni etib ham tayinlandi.
1919-yilning kech kuziga kelib Madamin-
bek qo‘l ostida 30 000 nafarga yaqin yigit qizil
armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordi-
lar. Bu paytda Shermuhammadbek qo‘l ostida
20 000, Katta Ergash qo‘rboshida 8 000 nafar
askar bo‘lgan. Ana shu uchta lashkarboshi vo-
diydagi jangovar harakatlarni yo‘naltirib turdi-
lar. Farg‘ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan
qo‘shimcha kuchlarning tashlanishi natijasida
1920-yil yanvar oyining o‘rtalariga kelib jango-
var tashabbus qizil armiya qo‘liga o‘tdi. Katta
Ergash qo‘rboshining qo‘shini mag‘lubiyat-
ga uchragach, Shermuhammadbek asosiy
kuchlarini olib, Oloy vohasiga chekindi.
Madaminbek vaqtdan yutish uchun
Farg‘ona fronti qo‘shinlari qo‘mondonligiga
yarashish muzokaralarini boshlashni taklif qil-
di. Natijada Madaminbek bilan 2-Turkiston
Istiqlolchilar harakati a’zolarining uchrashuvi.
1921yil. Farg‘ona
BXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Usmon Xo‘ja, harbiy ishlar noziri Ab
dulhamid Oripov hamda Muhiddin Maxsum Xo‘jayev, Ali Rizo Afandi, Surayyo
Afandi, Qulmuhamedov va boshqa milliy rahbar xodimlar o‘z lavozimlarini tark
etib, muxolifatdagi qurolli harakat saflariga o‘tib ketgani ko‘p narsadan dalolat
beradi.
BILASIZMI?
111
o‘qchi diviziyasining boshlig‘i N. Veryovkin-Roxalskiy o‘rtasida 1920-yil
6-martda Skobelev shahrida yarash bitimi imzolandi.
Biroq oradan ko‘p o‘tmay, 1920-yil mayda sovet qo‘mondonligi tomo-
nidan qo‘rboshilar o‘rdasiga yuborilgan Madaminbek noaniq vazi yatda
o‘ldirildi. Turkistondagi harakat 1920-yilning yozi va kuzida o‘zining
yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Farg‘ona vodiysi va Samarqand vilo-
yatidagi vatanparvarlar bilan bir qatorda endilikda Buxoro va Xorazmda
ham qizil armiyaga qarshi kurash boshlandi.
MA’LUMOT UCHUN
Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darilgach, 1920-yil sentyabr oyida Sharqiy Buxo-
ro (Ko‘lob, Kalif, Baljuvon viloyatlari)ga kelgan sobiq amir Olimxon katta kuch
to‘plab, qizil armiyaga qarshi kurashga rahbarlik qildi. 1921-yil mart oyida bir qa-
tor janglarda mag‘lubiyatga uchragan Olimxon Afg‘oniston davlatiga o‘tib ketdi.
G‘arbiy Buxoro hududida Mulla Abdulqahhor, Sharqiy Buxoro hududida Ibro-
himbek va Davlatmandbek kabi qo‘rboshilar harakatga rahbarlik qilishdi.
Qisqa muddat davomida Mulla Abdulqahhor boshchiligida poytaxt Buxoro
tumanlarida lashkar to‘plandi va qizil armiyaga qarshi jangovar harakatlar olib
borildi. Uning qo‘l ostida Buxoroning g‘arbiy qismida 20 nafar qo‘rboshi birlash-
gan. Mulla Abdulqahhor qo‘rboshi 1924-yilning oxirida Qizilqumda qizil askarlar-
ga qarshi bo‘lgan janglarning birida halok bo‘ldi.
Ibrohimbek qo‘l ostidagi Sharqiy Buxoro hududida yangi Buxoro hukumati
tugatilib, uning o‘rniga amirlik davridagi boshqaruv usuli joriy qilingan. Turkiston
fronti siyosiy boshqarmasi tomonidan Ibrohimbek bilan boshqa qo‘rboshi gu-
ruhlari o‘rtasida nizo chiqarish uchun tavsiyalar beriladi. Shunga qaramay, Ibro-
himbek qo‘rboshi ko‘p yillar davomida Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi
fidokorona kurashdi.
Buxorodagi istiqlolchilik harakati rahbarlari o‘rtasida Turkiyadan kelgan
generallar – Anvar Posho va Salim Posho alohida ajralib turadi. Anvar Posho
1921yilning kuzida Mulla Nafis qo‘rboshi bilan uchrashib, maxsus bayonot bilan
chiqadi hamda turkistonliklar va buxoroliklarning sovet rejimi va qizil armiyaga
qarshi kurashiga qo‘shilganligini e’lon qiladi. Anvar Poshoning sa’y-harakatlari
bilan Sharqiy Buxoroda birlashgan qismlar tashkil etildi va u turk zobitlari bi-
lan mustahkamlandi, g‘arbcha qo‘mondonlik uslubi joriy qilindi. Anvar Posho
1922yil avgustda Sharqiy Buxoroning Baljuvon atrofidagi Obidara qishlog‘ida
qizil askarlarga qarshi bo‘lgan jangda halok bo‘ldi.
Istiqlolchilar
112
113
Xorazmda Junaydxon boshchili-
gidagi qurolli guruhlar safida turkman
va o‘zbeklardan tashqari qozoq va qoraqal-
poqlar ham ko‘pchilik edi. Ko‘hna Urganch,
Toshhovuz, Mang‘it, Qo‘shko‘pir, Chimboy,
Qo‘ng‘irot va To‘rtko‘lda harakat qilgan o‘nlab
sardorlarning guruhlari qizil askarlarga jiddiy
zarba bergan. Junaydxon tarix sahifalarida
murakkab va ziddiyatli shaxs sifatida bitilgan.
U avval Rossiya imperiyasi va Xiva xonligiga
qarshi kurashgan bo‘lsa, 1918-yil o‘rtalaridan
e’tiboran qizil askarlarga qarshi mustaqillik
uchun jangga kirgan.
Junaydxon 1924-yil 17-iyunda o‘zining
20 nafar hamrohi bilan Afg‘onistondagi Hirot
shahriga yetib keldi. Manbalarda aytilishicha,
u bu yerda turib o‘z qo‘shinlari safini to‘ldirish
ga tayyorlangan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan,
Junaydxon XXSR hududiga qaytib keldi va
istiq lolchilik harakatiga boshchilik qilishda da-
vom etdi.
Harakatning mo
hiyatini so
vet qo‘mon
donligi vakillari ham
e’tirof etishga majbur
bo‘ldilar. T
urkiston
frontining qo‘mondoni
M. Frunze: «Bosmachi
likka qarshi kur
ash ta
momila yangi, ayricha
xususiyati bo‘lgan,
o‘ziga xos dushman
bilan kurash demak
dir», deb yozgan
edi.
Uning gapiga ko‘ra
«Yo‘qolsin so
vet hoki
miyati!» va «Mustaqil
bir musulmon davla
tini tuzamiz!» ibor
ala
ri harakatning lo‘nda
g‘oyasini ifodalar
di.
MA’LUMOT UCHUN
114
1921yil iyun–sentyabr
oylarida vodiyda 200 dan
ortiq qo‘rboshi guruhlari
harakat qilgan.
IJODIY FAOLIYAT
1.
Istiqlolchilik harakatining eng zaif tomoni nimalardan iborat
bo‘lgan deb o‘ylaysiz?
2.
Matnni o‘qib fikr bildiring.
Dostları ilə paylaş: |