Æ
O‘rta Osiyoda milliy che
garalanish.
Æ
TASSR, BXSR va XXSRlar
ning tugatilishi.
Æ
O‘zbekiston SSRning tash
kil topishi.
O‘rta Osiyoni hududiy chegaralab
bo‘lish masalasi 1924-yil boshlaridan
amalga oshirila boshlandi. 1924-yil fev-
ral–iyun oylarida SSSRdagi markaziy organ-
lar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik
partiyalari va Rossiya kommunistlar partiyasi
(bolsheviklar) (RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi
milliy chegaralanish masalalari yuzasidan ja-
dal ish olib borishdi.
Turkiston va Buxoro Kompartiyalari Marka-
ziy Komitetlari huzurida maxsus komissiyalar
tuzildi.
Turor Risqulov boshchiligidagi bir guruh
milliy kommunistlar 1920-yildayoq turkiy xalq-
lar yagona bo‘lib, ularning tarixiy ildizlari, din-
lari, an’analari va madaniyati mushtarakdir,
yagona Turkistonni alohida qismlarga ajra-
tib bo‘lmaydi, degan g‘oyani ilgari surdilar.
Biroq Markaz kommunistlari bu fikrni inkor
etib, uni «panturkizm», «panislomizm»,
«burjua millatchiligi va o‘ng og‘machiligi»
deb baholadi.
IJODIY FAOLIYAT
Jahon tarixi darsligidagi ma’lumotlarga
tayanib «panturkizm», «panislomizm», «burjua
millatchiligi», «kommunist» singari tushunchalar
ga izoh bering. Ularning o‘lkamiz tarixiga qanday
daxldorligi bor?
116
Turor
Risqulov
117
MA’LUMOT UCHUN
Sovet hokimiyatining chegaralanish siyosatiga dastavval Turkis-
ton ASSR, BXSR va XXSR rahbarlari qarshi bo‘lishgan. 1924-yil fevralda
Buxoro Kompartiyasi chegaralanish masalasi yuzasidan Fayzulla Xo‘jayev to-
monidan yozilgan tezislarni qabul qildi.
Unda RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosining bu sohadagi qarashlari xato
ekanligi tanqid qilingan edi. 1920-yil 10-martda bo‘lgan Turkiston ASSR MIK va
Turkiston Kompartiyasining birlashgan kengashida Sultonbek Xo‘janov, Sanjar
Asfandiyorov, N. Paskutskiy kabi partiya xodimlari Sovet Sotsialistik Respublika-
larining O‘rta Osiyo federatsiyasini tuzish taklifi bilan chiqdilar.
Shu bilan birga S. Xo‘janov Turkiston yagona va butun, uning yaxlitligini buzish
maqsadga muvofiq emas, deb ta’kidladi.
Bundan tashqari, 1923-yil dekabrda Farg‘ona vodiysi vakillari RSFSR tar-
kibida Farg‘ona muxtor viloyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif bilan chiqqan
edilar. Xullas, munozaralar tobora qizib bordi.
XXSR rahbarlarida ham alohida qarashlar bo‘lgan. 1924-yil 8-mayda bir gu-
ruh Xorazm rahbarlari RKP(b) MKga «Xorazmda milliy masalani hal qilish to‘g‘ri-
sida maktub» yuborib, unga Xorazmni chegaralanishga qo‘shmaslikni iltimos
qildilar. Ular o‘zlarining shu nuqtayi nazarlarini respublikaning olisda joylash-
ganligi, iqtisodiy jihatdan ajralib turganligi bilan asosladilar. Bu nuqtayi nazarni
qo‘llab-quvvatlagan Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul kotibi Qa-
landar Odinayev 1924-yil iyulda o‘z vazifasidan olib tashlandi va XXSR hududi
milliy chegaralanishga tortildi.
Sultonbek Xo‘ja
nov milliy masalada
«og‘machilik»ka yo‘l
qo‘yishda ayblangan
va 1937yil 16iyun
da qamoqqa olingan
va otishga hukm qilin
gan (1938yil 8
fevral).
1957yilda oqlangan.
IJODIY FAOLIYAT
1.
S. Xo‘janov Turkiston yagona va
butun, uning yaxlitligini buzish
maq sadga muvofiq emas, deb
ta’kidlaganida nimani nazarda tutgan?
2. O‘ylab ko‘ringchi, sovet hukumatiga nima
uchun milliy chegaralanish kerak edi? Bun
dan ko‘zlangan asosy maqsad nima bo‘lgan?
Xorazm xalq
sovet
respublikasining
gerbi va tangasi
MA’LUMOT UCHUN
1924-yil 12-iyunda
I. V. Stalinning
taklifi bilan RKP
(b) MK Siyosiy
byurosining «O‘rta Osiyo r
espub
likalarini milliy
hududiy chegar
a
lash to‘g‘risida»gi
maxsus qarori
qabul qilingan.
Hududlarni qaytadan belgilash va che
garalash tarafdorlari til tafo
vutlari, mil
liy tafovutlarga diqqatni k
o‘proq qaratib,
xo‘jalikka oid iqtisodiy omillarni, mavjud
suv resurslari va sug‘orish tizimlarining
umumiy ekanligiga e
’tibor qaratmadilar
.
IJODIY FAOLIYAT
1.
«Milliy respublikalar
tuzish zarurligi g‘oyasi-
ning tashabbuskorla-
ri o‘z fikrlarini Turkistondagi
tub xalqlar hayotida tengsizlik
mavjudligi va milliy mojaro-
lar kuchayib borayotgani bilan
asosladilar».
Yuqoridagi fikrni izohlang. As
lida nima nazarda tutilgan?
Javoblaringizni
istiqlolchilik
harakatlari bilan bog‘lab tu
shuntiring.
2. Milliy chegaralanish davrida
xo‘jalikka oid iqtisodiy omil
larning, mavjud suv resurslari
va sug‘orish tizimlari umumiy
ekanligining hisobga olinma
ganligi nimalarga sabab bo‘ldi?
3.
Suv resurslari deganda nima
lar nazarda tutilgan?
4. Bu chegaralanish O‘zbekiston
ning iqtisodiga qanchalik ta’sir
ko‘rsatadi?
1924-yil 15-iyulda RKP(b) MK
O‘rta Osiyo byurosi yangi tashkil etila-
digan milliy respublikalar va oblastlar-
ning muvaqqat byurosini tashkil etdi.
O‘zbeklar byurosi tarkibiga Fayzulla
Xo‘jayev, Rustam Islomov, Akmal Ikro-
mov, Qori Yo‘ldosh Po‘latov, Muxtorjon
Saidjonov, Kalugin a’zo sifatida, Ino-
yatov nomzod sifatida kiritildi.
MULOHAZA UCHUN
1918–1924yillarda mavjud bo‘l
gan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning
tub xalqlari asrlar davomida turmush
tarzi va an’analari jihatidan birbirlariga juda
yaqin bo‘lishgan. Turkistondagi turli davl
at
larning har birida o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘iz
lar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, tojiklar azaldan
yonmayon yashagan. Bu tarixan tarkib topgan
mushtarak hodisa edi. Turkiston mintaqasining
xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan
o‘zlarining yagona Vatani deb bilganlar.
118
119
MA’LUMOT UCHUN
Turkiston ASSR siyosiy rahbariyati orasidagi yevropaliklar bilan
mahalliy xalqlar vakillari o‘rtasidagi ixtiloflar, ayrim mahalliy kommunistlarining
guruhbozlik ko‘rinishlari o‘z-o‘zidan Turkiston xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar-
ga ko‘chirildi.
RKP(b) MK Bosh kotibi I. V. Stalin, RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi raisi
Y. Rudzutak va boshqalar O‘rta Osiyoda milliy mojarolar mavjudligini ta’kidlash-
dan charchashmadi. Xullas, milliy masala Markaz tomonidan sun’iy ravishda
bo‘rttirib yuborildi va bu holat yangi tashkil qilinadigan milliy respublikalar va
viloyatlar hududini tubdan qayta belgilash uchun hal qiluvchi asosiy dalil sifatida
ilgari surildi.
1924-yil 27-oktyabrda Moskvada bo‘lgan Butunittifoq (SSSR) Markaziy Ij-
roiya Qo‘mitasining III sessiyasi O‘rta Osiyoda milliy respublikalar tuzish to‘g‘ri-
sida maxsus qaror qabul qildi.
1924-yil sentyabr–oktyabr oylarida O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy
chegaralanishi O‘rta Osiyo respublikalari, RSFSR va SSSRning oliy organla-
rining qarorlariga muvofiq kuchga kirdi.
119
Xivadagi madrasa hovlisida majlis
120
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
1.
XXSR vakillari o‘z hududini milliy-hududiy chegaralanishga
qo‘shish lozim emasligini nimalar bilan asoslagan edi?
2. Milliy respublikalar tuzish zarurligi g‘oyasining tashabbuskorlari o‘z
fikrlarini qanday asosladilar?
3.
Sovetlarning O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni o‘tka
zishdan asosiy maqsadi nima edi?
4. XX asrning 20yillari o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyoning siyosiy xarita
sida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
5.
Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida qanday
respublika va viloyatlar tashkil etildi?
MA’LUMOT
UCHUN
O‘rta Osiyo hu-
dudidagi Turkiston
ASSR, Buxoro va
Xorazm respublikala-
ri o‘rnida oltita milliy
davlat birlashmalari
tashkil etildi:
Dostları ilə paylaş: |