Æ
SSSRda totalitar tuzumning qaror topishi
va uning mohiyati.
Æ
O‘zbekistonda dastlabki qatag‘onlarning boshla
nishi.
Æ
Huquq va maorif tizimida qatag‘onning avj oldirilishi.
Æ
1937–1938yillarda davlat arboblari, ziyolilar, ula
molar va harbiylarning qatag‘on qilinishi.
Æ
«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi hamda
«Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi.
Sovet rejimi o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach,
uning xususiyatlari tobora oshkora namoyon bo‘la
boshladi. Bu holat xususan milliy respublikalardagi rahbar xo-
dimlarga munosabatda yaqqol ko‘zga tashlandi.
XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida
O‘zbekiston SSRda
o‘n sakkizlar guruhi
(Abdurahim Hojiboyev,
Inomjon Xidiraliyev, Muxtorjon Saidjonov va b.),
inog‘omov-
chilik
(O‘zSSR Maorif xalq komissari Rahim Inog‘omov va b.),
qosimovchilik
(O‘zSSR Oliy sudi raisi Sa’dulla Qosimov va b.),
badriddinovchilik
(O‘zSSR Oliy sudining prokurori Shamsutdin
Badriddinov va b.),
«milliy ittihodchilar» va «milliy istiqlolchilar»
(Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 87 nafar kishi),
«narkompros» ishi
(O‘zSSR Maorif xalq komissari Mannon Ramziy,
uning o‘rinbosari Botu va b.),
«botir gapchilar»
(Qo‘qonda Ashu rali Zohi-
riy boshchiligidagi 19 nafar kishi) va boshqa siyosiy ishlar o‘ylab topildi.
Natijada o‘zbek xalqining ko‘plab yetuk farzandlari qatag‘on qilindi.
Bu davrda kommunistik partiya saflarini «tozalash» kampaniyasi
natijasida O‘zbekiston kompartiyasi a’zolarining 25,6 foizi firqadan chi
-
qarildi.
Ashu rali
Zohiriy
140
MA’LUMOT UCHUN
Milliy rahbar xodimlar lavozimla-
ridan chetlatildi. XX asr 20-yillarining
oxiriga kelib, sovetlar millat yetakchilarini jis-
moniy jihatdan yo‘qotishga kirishdi.
O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa’dul-
la Qosimov 1929-yil mart oyida lavozimi-
dan bo‘shatilib, qamoqqa olindi. S.
Qosimov
va uning 6 nafar safdoshi «bosmachilar»ni
qo‘llab-quvvatlashda, «aksilinqilobchi millatchi
tashkilotlar» a’zolari bilan aloqa bog‘laganlik-
da, islom dinini himoya qilishda ayblanib, ular-
ga «qosimovchilik» yorlig‘i bosildi. Sud ularni
10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qildi.
Ularning butun mol-mulki davlat hisobiga mu-
sodara qilindi.
Oradan ko‘p o‘tmay navbatdagi ish –
badriddinovchilik o‘ylab topildi. 1932-yil 5-may–
15-iyunda O‘zbekiston Oliy sudining sobiq
prokurori Shamsutdin Badriddinov va uning
5 nafar safdoshi ustidan sud jarayoni o‘tkazildi.
Ular ham uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm
qilindilar.
Sovet rejimi milliy rahbar xodimlarni qatag‘on qilish bilan
birga maorif sohasidagi ziyolilarga ham tazyiq o‘tkaza boshladi.
1929yil 5noyabrda Toshkentda ma’rifatparvar Munavvarqori Abdu
rashidxonov boshchiligidagi 38 nafar kishi qamoqqa olindi. Oradan ko‘p
o‘tmay qamoqqa olinganlar soni 87 kishiga yetdi. Ularga «Milliy Ittihod» va
«Milliy Istiqlol» tashkilotlarining a’zolari degan ayb qo‘yildi. Tergov jarayo
ni keyinchalik Moskvaga ko‘chirildi. Bu holat sovetlarning milliyma’naviy
hayotga zug‘umidan dalolat edi.
1931yil 25aprelda Moskvada bo‘lib o‘tgan sud majlisida Munavvar
qori bosh chiligidagi millatning 15 nafar fidoyisi bo‘lgan «Milliy Istiqlol»
a’zolari otib o‘ldirishga, qolgan 72 nafar kishi esa uzoq muddatli qamoq
jazosiga hukm qilindi. O‘zbek xalqining 15 nafar farzandi Moskva atrofida
otib tashlandi. Qamoqdan ham deyarli hech kim Toshkentga qaytib kel
madi.
BILASIZMI?
Qatag‘onga uchragan
odamlar surgun qilinmoqda
MA’LUMOT UCHUN
Qamoqqa olingan ko‘plab yurt-
doshlarimiz ommaviy ravishda 1938-
yil 4-oktyabr da qatl qilingan.
XXSR harbiy ishlar noziri, alohida O‘zbek
otliq askarlar polkining komandiri va komis-
sari, 19-tog‘li otliq O‘zbek diviziyasi komandiri
lavozimlarida ishlagan Mirkomil Mirsharopov
sovet rejimi tomonidan Maykopda 1937-yil
28-oktyabrda qamoqqa olindi.
U O‘zbek diviziyasini milliylashtirish va bu
diviziya yordamida O‘zbekistonni SSSR tarki-
bidan ajratib olish va mustaqil davlatni barpo
etishga urinishda ayblandi. Dastlabki O‘zbek
diviziyasi tarqatib yuborildi hamda M. Mir-
sharopov boshchiligida 18 nafar o‘zbek harbiy
komandirlari va askarlari 1938-yil 10-oktyabr-
da otib tashlandi.
1937–1938yillarda to‘qib chiqarilgan soxta ayblar bo‘yicha
O‘zbekistonda 41 000 nafardan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan
37 000 nafardan ko‘prog‘i jazolandi, 6 920 nafar kishi esa otishga
hukm qilindi.
Faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchi, shoir va olimlardan
5 758 nafar kishi qamoqqa olinib, ulardan 4 811 nafari otib tashlangan
edi. Bu ma’lumotlar respublikamiz miqyosida qizil terror qanchalik keng
miqyosda shafqatsiz ravishda amalga oshirilganligining yaqqol isboti
hisoblanadi.
IJODIY
FAOLIYAT
1. Xalqning
ziyoli qatlamlarini
qirg‘in qilishdan ko‘z
langan maqsad nima
bo‘lgan?
2. Nima uchun bol
sheviklar turli uydirma
larni o‘ylab topishgan?
3. «Milliy rahbar xo
dimlarni lavozimlaridan
chetlatib, ularni avval
«g‘oyaviy» jihatdan tor
mor qilayotgan sovet
rejimi XX asr 20yil
larining oxiriga kelib,
ularni jismoniy jihatdan
yo‘qotishga
kirish di»,
— deyilganida nimani
tushundingiz?
MULOHAZA UCHUN
XX asr o‘zbek madaniyatining 3 na
far yorqin yulduzlari – F
itrat, Cho‘lpon
va Abdulla Qodiriy bir kunda – 1938
yil 4oktyabrda
Toshkent shahri
at
rofida otib tashlandi
.
O‘zbek diviziyasi
komandiri
Mirkomil Mirsharopov
141
142
MA’LUMOT UCHUN
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
1. «O‘n sakkizlar guruhi» va «qosimovchilik» kabi siyosiy ishlar
ni to‘qib chiqarish va ularning faoliyatiga siyosiy tus berishdan
ko‘zda tutilgan maqsadlar nima edi?
2. Nima sababdan XX asr 30yillari ikkinchi yarmiga kelib respublika rah
bariyati qatag‘on qilindi, ularga qanday ayblar qo‘yilgan?
3. Ilg‘or o‘zbek ziyolilarini qatag‘on qilish nima uchun kerak bo‘lib qoldi?
4. Totalitar tuzum ma’murlarining inson huquqlari va erkinliklari masala
sidagi munofiqligi, riyokorligini siz qanday izohlaysiz?
5.
Siz yashayotgan shahar va tumanda qatag‘on qilinganlardan kimlarni
bilasiz, ular haqida so‘zlab bering.
6. Qatag‘onga uchragan siyosiy arboblar va adiblar ismlarini alohida us
tunlarda tahlil qiling.
O‘zbekiston Respubli-
kasi mustaqillikka erishgan-
dan keyin qatag‘on qilinganlar-
ning ko‘pchiligi huquqiy jihatdan
oqlandi. Ularning pok nomlari tik-
landi. Mustabid sovet rejimi dav-
rida Bo‘zsuv kanali bo‘yida – millat
fidoyilarining aksari yati otib tash
-
langan joyda – ularning xotirasiga
bag‘ishlab yodgorlik o‘rnatildi.
2000-yil 12-mayda Toshkent
shahri Yunusobod tumanidagi
Bo‘zsuv kanali bo‘yida «Shahid-
lar xotirasi» yodgorlik majmuasi
ochildi.
O‘zbekiston SSRda bu davrda ko‘plab madra
salar, masjidlar va xonaqohlar buzib tash
landi. Buzilmay qolgan madrasalar va masjidlar xo‘ja
lik omborlariga aylantirildi, qizil askarlar garnizonlari
uchun manzilgohlar qilib qayta jihozlandi, chetdan kel
ganlar uchun turarjoy sifatida berildi va boshqa turli
maq sadlarda foydalanildi. Madaniy-ma’rifiy merosimiz
bo‘lgan qo‘lyozma asarlar va boshqa kitoblarning katta
qismi yo‘q qilindi.
BILASIZMI?
«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi
143
MULOHAZA UCHUN
IJODIY FAOLIYAT
BILASIZMI?
BILASIZMI?
BUGUN DARSDA
1.
II Jahon urushi qachon
boshlandi?
2.
Unda qaysi davlatlar ishtirok etdi?
3.
«Germaniya va Sovet Ittifoqi o‘rtasida
o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida»gi
shartnoma nima haqida edi? U qaysi
davlatlar o‘rtasida imzolangan?
Dostları ilə paylaş: |