Æ
II Jahon urishida O‘zbekis
tonning ishtiroki.
Æ
Urush yillari O‘zbekiston sanoat tizi
mida yuz bergan o‘zgarishlar.
Æ
O‘zbek xalqining bag‘rikengligi.
O‘ZBEKISTON IKKINCHI
O‘ZBEKISTON IKKINCHI
JAHON URUSHI YILLARIDA
JAHON URUSHI YILLARIDA
Jahon tarixi fanidan olgan bilimla
ringiz asosida quyidagi savollarga ja
vob bering.
1. Gitler «Barbarossa» rejasini qachon tas
diqladi va oradan qancha vaqt o‘tgandan
so‘g SSSR hududiga bostirib kirdi?
2.
«Uchlar ittifoqi» qachon va qaysi davlatlar
o‘rtasida tuzilgan? Bu ittifoqning urushga
qanday aloqasi bo‘lgan?
1939yilning kuzida Estoniya, Lat
viya va Litva bilan tuzilgan o‘zaro yor
dam berish haqidagi shartnomalar asosida
SSSR mazkur mamlakatlarga harbiy bazalarini
joylashtirgan edi. 1940-yil yozida SSSR Boltiqbo‘yi
davlatlariga qo‘shimcha Qizil Armiya qo‘shinlarini
kiritib, sovet respublikalarini tashkil etdi. Rumi
niya SSSRga Bessarabiya va Shimoliy Bukovi
nani berishga majbur bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushi 1939
yil 1sentyabr
dan
1945yil 2sentyabr
ga qadar davom etgan.
Unda qariyb 1,7 m
illiard kishi qatnas
hgan.
144
MULOHAZA UCHUN
SSSR 1939-yil 14-dekabr-
da agressiyachi mamlakat si
fatida Millatlar ligasidan chiqarildi,
Sovet-Finlyandiya urushi vaqtidagi
yo‘qotishlar ko‘lami Germaniyada
sovet Qizil Armiyasi kuchsiz, degan
tasavvur shakllanishiga olib keldi.
O‘zbekistonliklar yapon milita
ristlari bilan bo‘lgan janglarda, shuning
dek, Sovet–Finlyandiya urushida ishtirok etdi.
Xususan, keyinchalik artilleriya generalleyte
nanti bo‘lgan Fayzulla Norxo‘jayev Hasan ko‘li
bo‘yidagi harbiy harakatlarda, keyinroq Sovet
Ittifoqi Qahramoni bo‘lgan Amirali Saidbekov
Sovet–Finlyandiya urushida qatnashgan edi.
BILASIZMI?
Fayzulla
Norxo‘jayev
Ikkinchi jahon urushi yil
larida O‘zbekistondan
1 million 951 mingga yaqin
kishi safarbar etildi. Bu esa, har
uch nafar o‘zbekistonlik
dan biri
jangga borganini k
o‘rsatadi.
MA’LUMOT UCHUN
1941-yil 22-iyun kuni gitlerchilar
Germaniyasining SSSRga hujum qi-
lishi Sovet Ittifoqi deb atalmish hududga bir-
lashtirilgan xalqlar uchun og‘ir sinovlardan ibo-
rat urushni boshladi.
23-iyun kuni Toshkentda ko‘p ming kishilik
miting bo‘lib o‘tdi. Turli korxona hamda muas-
sasalarning ishchi va xizmatchilari, o‘qituv-
chilar, talabalar fashizimga qarshi kurashga,
frontda va front orqasida du shman ustidan g‘ala-
ba qozonishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Urush butun mamlakat xo‘jaligi, uning
hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. 1941-yil
30-iyunda Davlat mudofaa komitetining tuzi-
lishi bilan mamlakatdagi butun hokimiyat uning
qo‘liga o‘tdi. Davlat mudofaa komitetining qa-
rorlari urush davri qonunlari kuchiga ega edi.
Urushning dastlabki kunlarida qabul qi-
lingan ko‘rsatmalar, qarorlarda front ortini
mudofaa manfaatlariga bo‘ysundirish va
barcha ishlarni harbiy izga solish, dush-
man egallagan hududlarda partizanlik
guruhlarini tashkil etish zarurligi qayd
etildi.
Front va front oldi hududlaridan
O‘zbekistonga 1 million 500 ming
kishi, jumladan, 200 mingdan ziyod
yetim bolalar, zavod va fabrikalar
hamda ularning mol-mulklari evakuat-
siya qilindi. Hali korxonalar ish boshla-
magan sharoitda evakuatsiya qilingan-
larni pul, kiyim va oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta’minlashga e’tibor berildi.
145
Zavodning ko‘chirib
keltirilishi
Bukilmas iroda va jasor
at namu
nasini amalda
namoyon etib, o‘z
hayotini aziz V
atanimizning har to
monlama ravnaq topishi, bugungi tinch
va osoyishta kunlar
uchun jonini fido
qilgan ajdodlarning muqaddas xotir
a
sini yod etib, ezgu ishlarini davom etti
rish, safimizda yu
rgan keksalarni e
’zoz
lash — odamiylikning eng oliy mezoni
va bizga tinchlik,
omonlik kerak,
deb
yashaydigan bag‘rik
eng va olijanob xal
qimizga xos azaliy qadriyatdir
.
Shavkat MIRZIYO
YEV
IJODIY
FAOLIYAT
Evakuasiya bo‘yicha
Kengash qanday vazi
fani muhokama qilgan?
Yetim bolalarga g‘amxo‘rlik qilish – umumxalq harakatiga
aylandi. Minglab o‘zbekistonliklar bolalarni o‘z oilalariga olish-
di. Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning turmush
o‘rtog‘i Bahri Akromova turli millatga mansub 14 nafar bolani o‘z tarbiya-
siga oldi. Urushdan og‘ir yarador bo‘lib qaytgan kattaqo‘rg‘onlik Hamid
Samadov 13 nafar, umr yo‘ldoshini frontga kuzatgan samarqandlik Fo-
tima Qosimova 10 nafar bolani asrab oldi.
MA’LUMOT UCHUN
146
O‘zbekistonda frontda yarador
bo‘lgan jangchilarni davolash
bo‘yicha harbiy gospitallar tarmog‘i
yuzaga keldi. Bu yillarda 120 dan ortiq
evakuatsiya gospitali faoliyat yuritdi. Gos
pitallarda davolanganlarning asosiy qismi
jangovar safga qaytdi.
BILASIZMI?
Toshkentdagi
harbiy gospital
147
148
MA’LUMOT UCHUN
O‘zbekiston o‘z aholisini, eva-
kuatsiya qilinganlarni oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minladi, bu mahsulotlar
frontga, qamalda qolgan hamda ozod etilgan
shahar va tumanlarga yubordi. Shuningdek,
jang maydonlariga qurol, kiyim, dori-darmon
va boshqa zarur mahsulotlar muntazam yetka-
zib berildi.
Frontga umumxalq yordami mudofaa
jamg‘armasini tashkil etishda ham namoyon
bo‘ldi. Urush yillari O‘zbekiston xalqi frontga o‘z
delegatsiyalarini jangchilarga sovg‘alar bilan
yubordi. 1941-yil dekabrida Toshkentdan Mos-
kvaga oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan eshe-
lon yuborildi. Yo‘lda bombardimon qilinishiga
qaramay eshelon G‘arbiy frontga yetib bordi.
Bu haqida mashhur «Qirq birinchi yil olmasi»
nomli film ishlangan.
Delegatsiyaning bir guruhiga Oliy Sovet
Prezidiumi raisi Yo‘ldosh Oxunboboyev, ikkin-
chi guruhiga taniqli xalq ta’limi xodimi, o‘sha
vaqtda frontda jang qilayotgan uch o‘g‘il otasi
Hasan Islomov boshchilik qildi.
O‘zbekiston aholisi
urush yillarida mudofaa
jamg‘armasiga jami 649,9 mln
rubl pul, 3 mlrd 669 mln 817 ming
rubl obligasiyalar, 22 mln 374 ming
rubl miqdoridagi qimmatbaho bu
yumlar, 55 kg dan ziyod qimmat
baho metallarni topshirishdi.
Ayollar avloddan avlodga me
ros bo‘lib kelayotgan zargarlik bu
yumlarini ham berishdi. Mazkur
mablag‘larning bir qismiga zirhli
poyezdlar, samolyotlar, tanklar qu
rilib, frontga yuborildi.
BILASIZMI?
148
O‘zbekiston xalqining
delegatsiyasi. 1941yil
149
MULOHAZA UCHUN
Fashizmga qarshi kurashishda front ortida matonat bilan meh
nat qilgan, evakuatsiya qilinganlarga mehr bergan ko‘p millatli
O‘zbekiston xalqining – oddiy, shu bilan birga qalbidaryo va irodali in
sonlarning birdamligi muhim omillardan biri bo‘ldi.
Xalq kuchi va imkoniyatlarini jipslashtirishda o‘sha vaqtda respub
likaga rahbarlik qilgan Usmon Yusupovning xizmati katta bo‘ldi. Usmon
Yusupovni – «mamlakat ichkarisidagi marshal» deb atashar edi.
Urushning dastlabki vaqtidayoq jamoalarda zarbdorlar harakati rivoj
landi. Kuniga ikki normani bajarib kelayotgan ishchilar uch va undan ortiq
norma bera boshlashdi. Kunlik rejalar 350–470 foizgacha yetkazib bajarildi.
«Frontchasiga ishlash» ortidagi millionlab vatandoshlarimizning mehnati
dushmanni tormor keltirib, g‘alaba qozonish uchun zarur qurol va mahsu
lotlar bilan ta’minlash jihatidan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
Kolxozchilar Sovet
armiya si jangchilariga
shaxsiy mablag‘lari
hisobiga qurilgan
tanklarni top
shirishmoqda, 1942yil.
Ishchi ayollar jangchilar
uchun jo‘natmalar tayyor
lashmoqda. Toshkent,
1941yil
150
O‘zbekiston 1941–1945-
O‘zbekiston xalqi
jang maydonlariga kat-
ta miqdorda qurol-yarog‘,
oziq-ovqat, kiyim-kechak,
dori-darmon va boshqa
zarur mahsulotlarni yetka-
zib berdi.
Respublikadagi 300 ga
yaqin korxonada harbiy
mahsulotlar ishlab chiqaril-
gan. Shu davrda front hu-
dudlaridan O‘zbekistonga
151 ta zavod ko‘chirib kel-
tirildi va g‘oyat qisqa fur-
satda ishga tushirildi.
Dostları ilə paylaş: |