159
1945yil 23aprel kuni Tojiali
Boboyev Berlindagi Silez vokza
liga birinchi bo‘lib kirishga va bayroq
o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
30aprelda Gitler Germaniyasining
bosh ramzi bo‘lgan Reyxstag gumbaziga
birinchi bo‘lib bayroq o‘rnatgan 150o‘qchi
diviziya tarkibida o‘zbeklardan Karimjon
Isoqov, G‘ulom Sultonov bor edi.
BILASIZMI?
MA’LUMOT UCHUN
1945-yil 25-martda
Polshaning
Dansig (hozirgi Gdansk) shahri uchun bo‘lgan
jangda general-mayor S. Rahimov og‘ir yara-
dor bo‘ldi va ertasiga vafot etdi. Unga 1965-
yili Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
Shuningdek, Polshani ozod etishda Ahmadjon
Qurbonov, Amirali Saidbekov ham qahramon-
larcha halok bo‘ldi.
1945-yil 16-aprelda boshlangan Ber-
lin operasiyasida o‘zbekistonliklar jasorat
namunalarini ko‘rsatishdi. Oder daryosini
Botir Boboyev birinchilardan bo‘lib kechib
o‘tdi. 1945-yil 23-aprelda Berlin osmonida
kuzatuvchi-uchuv
chi Plis Nurpeysov halok
bo‘ldi.
Berlin operatsiyasi 8-may kuni Germaniya-
ning so‘zsiz taslim bo‘lishi
bilan yakunlan-
di. Shu kuni fashistlar Germaniyasining
kapitulyat siyasi haqida Akt imzolandi. Mazkur
Akt hamda G‘alaba bayrog‘i o‘ramini Berlin-
dan Moskvaga 9-may tongida olib kelgan
uchuvchilar safida o‘zbek Abdusamat Tay
-
metov ham bor edi. 9-may SSSRda «G‘alaba
bayrami» deb e’lon qilindi.
MA’LUMOT
UCHUN
O‘zbek uchuvchilari-
dan
Abdusattor Eshonqu-
lov Sovet Ittifoqi Qahramoni un-
voniga sazovor bo‘ldi. Frontning
turli nuqtalarida Muqaddam Ash-
rapova, aka-uka Is’hoq va Habi-
bulla Komilovlar kabi ko‘plab har-
biy shifokorlar minglab jangchilar
hayotini saqlab qolishdi.
Hamshira
Rixsixon Mo‘minova esa Xalq-
aro Qizil Xoch Qo‘mitasining Flo-
rens Naytingeyl medaliga sazovor
bo‘ldi.
Ahmadjon
Qurbonov
Amirali
Saidbekov
Botir
Boboyev
Plis
Nurpeysov
160
Ikkinchi jahon urushida Ger-
maniyaning ittifoqchisi bo‘lgan
Yaponiya ga qarshi urush 1945-yil 9-av-
gustga o‘tar kechasi sovet qo‘shinla-
rining Uzoq Sharq
dagi hujumi bilan
boshlandi.
Janglarda Mongoliya ar-
miyasi qo‘shinlari ham ishtirok etdi.
Qisqa muddatda Shimoli-sharqiy Xitoy
va Shimoliy Koreya hududlari ozod qi-
lindi, sovet qo‘shinlari Janubiy Saxalin va
Kuril orollarini egalladi.
Kvantun armiyasini tor-mor keltirishda
Odil Yoqubov, Pidamat Rismatov, Usmon
Doniyorov, Fatxulla Po‘latov va boshqa
ko‘plab o‘zbekistonlik jangchilar qatnashdi.
MA’LUMOT UCHUN
Ikkinchi
jahon
urushi yillarida
Dostları ilə paylaş: