Æ
O‘zbekiston fani, ada
biyoti va san’ati namoyandala
rining fashizmga qarshi kurashga
qo‘shgan hissalari.
Æ
Ikkinchi jahon urushi yillarida diniy
munosabatlar.
MA’LUMOT UCHUN
G‘afur
G‘ulom
Hamid
Olimjon
Abdulla Qahhor
Mirtemir
165
Front oldi hududlaridan evakuatsiya qilin-
gan Aleksey Tolstoy, Korney Chukovskiy, Anna
Axmatova, Yanka Kupala, Yakub Kolas, Svet-
lana Somova kabi rus, ukrain, belorus yozuv-
chi va shoirlari bilan adabiy hamkorlik ishlari
olib borildi.
Jumladan, «Biz yengamiz!» almanaxi va
«O‘zbekiston shoirlari – frontga» antologiyasi
chop etildi.
1944-yili o‘zbek romanchiligining yuksak
namunalaridan biri bo‘lgan akademik shoir
Oybekning «Navoiy» romani chop etildi.
Oybek «Front bo‘ylab» nasriy jangnomasini
yozdi, O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiq-
boev «Urush yo‘llarida» nomli turkum asarlari-
ni yaratdi.
Urush Alisher N
avoiy
tavalludining
500 yilli
gi ni
shonlanadigan yili
boshlandi. Shung
a qara
may, 1941yil
dekabrida
qamalda qolgan Lenin
grad shahrida jo
ylashgan
Ermitaj muzeyida ilmiy
anjuman o‘tkazildi.
MA’LUMOT UCHUN
Frontda tashkil etilgan o‘zbek
tilidagi gazetalarda Jalolxon Azizxo-
nov, Mirzakalon Ismoiliy, Adham Rahmat, Na-
zarmat, Meli Jo‘ra, Ibrohim Rahim kabi qator
yozuvchi va shoirlar faoliyat olib borishdi.
Shuhrat, Sharof Rashidov, Vali G‘ofurov
singari adabiyot vakillari jangoh-
larda dushmanga qarshi ku-
rashdilar.
Obidjon Abdurahmo-
nov, Sulton Jo‘ra, Burhon
Tursunov kabi ko‘plab
yozuvchi va shoirlar jang
maydonlaridan qaytmadi.
30-yillarda qatag‘on
qilingan mashhur o‘zbek
shoiri Usmon Nosir 1944-yili
Kemerovodagi lagerda vafot
etdi.
IJODIY FAOLIYAT
QR kodda berilgan G‘afur G‘ulomning «Sen ye
tim emassan» she’rini diqqat bilan tinglang. Unda
ko‘tarilgan g‘oya bilan o‘tilgan mavzulardagi ma’lu
motlarni umumlashtirib taqdimot tayyorlang.
Usmon Nosir
Yanka
Kupala
Korney
Chukovskiy
166
Muxtor Ashrafiy 1942-yili yaratgan
va fashizmga qarshi kurashga bag‘ish
lagan «Qahramonlik simfoniyasi» uchun dav
lat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Kompozitor
mukofot pulini samolyot va tank kolonnala
rini qurish fondiga topshirdi.
BILASIZMI?
«Qahramonlik
simfoniyasi»
1945-yil sentyabr
ida AQSh
da ijro etildi
va bir yil ichida
Amerika radiouzatish k
ompa
niyasi asar yozilgan plastinkani
ommaviy chiqar
di.
Urush yillarida O‘zbekiston san’ati
ustalari 30 dan ortiq konsert brigadala-
ri tarkibida frontdagi jangchilarga 35 mingdan
ortiq va O‘rta Osiyo Harbiy okrugi gospitallari,
harbiy qismlariga 20 mingta konsert berishdi.
Front brigadalari tarkibida Tamaraxonim,
Halima Nosirova, Sora Eshonto‘rayeva, Mu-
karrama Turg‘unboyeva, Muhiddin Qori-Yoqu-
bov, Abror Hidoyatov, Olim Xo‘jayev, Gavhar
Rahimova, Karim Zokirov singari san’atkorlar
bor edi.
MA’LUMOT UCHUN
167
MA’LUMOT UCHUN
1941-yil noyabrigacha O‘zbekistonga Ukraina, Belorus va
Rossiyadan 22 ta ilmiy tadqiqot instituti, 16 ta oliy o‘quv
yurti, 2 ta kutubxona evakuatsiya qilindi.
1943-yil 4-noyabrda O‘zbekis-
ton SSR Fanlar akademiyasi tash-
kil etildi. Unga taniqli o‘zbek matematik olimi
Toshmuhammad Qori-Niyoziy (1897–1970)
ilk prezident etib saylandi. Akademiyaning
mutaxassislari tomonidan Farhod GESi
loyihasi ishlab chiqildi. 1945-yilga kelib, Fan-
lar akademiyasi yirik ilmiy markazga aylandi,
uning tarkibida 20 ta ilmiy tadqiqot in stituti, 2 ta
laboratoriya va 1 ta tajriba stansiya si mavjud
edi.
Toshmuhammad
QoriNiyoziy
O‘zbekiston
SSR Fanlar
akademiyasi
binosi
168
Ikkinchi jahon urushi
yillarida Germaniya va uning
ittifoqchilariga qarshi «Antifashist dav-
latlar ittifoqini» tuzish chog‘ida G‘arb
davlatlari Sovet hukumati oldiga bir
qator demokratik talablarni qo‘ydilar.
Shu talablar bajarilgan holdagina So-
vet hukumati bilan harbiy siyosiy ittifoq
tuzishga rozi bo‘lishlarini bildirdilar.
Ulardan biri dindorlarga va dinga qar-
shi siyosatni tubdan o‘zgartirish talabi
edi.
G‘arb davlatlari talabi va aholi-
ni urushga safarbar qilish zarurati
hukumatni din va diniy tashkilotlarga
nisbatan siyosatni vaqtincha bo‘lsa-da
o‘zgartirishga majbur etdi. Mamlakat-
da kommunistlar mafkurasi o‘rnatilgan
bo‘lishiga qaramay, aholining asosiy
qismini ma’lum dinga e’tiqod qiluvchilar
tashkil etgan. Diniy siyosatni o‘zgartir-
may turib, ularni Germaniyaga qarshi
kurashga jalb etish mushkul edi. Ush-
bu omillar sababli kommunistlar huku-
mati uchun diniy masala dolzarblashdi
va diniy siyosat vaqtincha o‘zgartirildi.
Din va diniy tashkilotlarga nisbatan
siyosatning vaqtincha o‘zgartirilganligi
quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
1. Dindorlarni ta’qib qilish va din-
ga qarshi targ‘ibot vaqtincha to‘xtatil-
di. Ayrim ruhoniylar qamoqdan ozod
qilindi. Dinga qarshi faol targ‘ibot yuri-
tayotgan «Jangovar xudosizlar ittifoqi»
tugatildi va «Bezbojnik» («Xudosiz»)
jurnali yopildi;
2. Davlat nazorati ostida diniy tash-
kilotlar qayta tashkil qilindi va ularning
faoliyati kengaytirildi.
1943-yilda Ichki ishlar vazirligi
qoshida Rus pravoslav cherkovi ish-
lari vakilligi, 1944-yilda barcha dinlar
uchun mas’ul «Din ishlari bo‘yicha
vakillik» tashkil qilindi. Butun Ros-
siya bo‘ylab cherkov va ibodatxonalar
Sinod (pravoslav cherkovining bosh-
qaruv organi)ga qaytarildi.
MA’LUMOT UCHUN
168
169
DARSDAN IJOBIY SABOQ CHIQARIB
1. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi haqida
so‘zlab bering.
2. O‘zbekistonga G‘arbdan qanday ilmiy muassasalar ko‘chirib keltirildi?
3. Oliy ta’lim sohasida ahvol qanday edi?
4.
Urush yillarida ijod etgan yozuvchi va shoirlardan kimlarni bilasiz? Ush
bu yillarda qanday asarlar yaratildi?
5.
Uyga vazifa. Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
O‘zbek
yozuvchilari
Ko‘chib kelgan
yozuvchilar
O‘zbek olimlari
Ko‘chib kelgan
olimlar
1944yili Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon boshchiligida
vakillar birinchi bor Saudiya Arabistoniga haj safariga yo‘l ol
dilar. Safar davomida ular Eron, Iroq, Livan va Misrda ham bo‘lib, ilk bor
xorijdagi dindorlar bilan muloqotda bo‘lish, shaxsiy aloqalar o‘rnatish
imkoniga ega bo‘ldilar. 1945 va 1946yillarda ham yana boshqa guruh
lar haj safarlarini amalga oshirishdi. Shu bilan yana ma’lum bir muddat
gacha sovet musulmonlarining haj safariga borishlari to‘xtab qoldi.
BILASIZMI?
1943-yil 20-oktyabrda Toshkent
shahrida musulmon vakillari qurultoyi
bo‘lib o‘tdi. Unda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston
musulmonlari diniy boshqarmasining ta’sis eti-
lishi asosiy masala qilib qo‘yildi. Hay’at ta’sis
qo‘mitasini tuzib, Eshon Boboxon boshchiligi-
da «O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari
diniy boshqarmasi» tashkil etilishi haqida qa-
ror qabul qildi. Eshon Boboxon 1943-yili O‘rta
Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy bosh-
qarmasining muftiysi etib saylandi.
Urushdagi sharoit o‘zgarib sovetlar ho-
kimiyatining saqlanib qolishi aniq bo‘lib qol-
gach, hukumat yana dinga nisbatan siyosatini
o‘zgartirdi. 1944-yil sentyabrda kommunistlar
Dostları ilə paylaş: |