N. I. Musayev tarix fanlari doktori, professor



Yüklə 18,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/64
tarix29.07.2023
ölçüsü18,09 Mb.
#137967
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
10-sinf O\'zbekiston tarixi @tarixdan tomchi

200 ming­
dan ziyod o‘zbekistonlik as
­
kar va ofitserlar
jangovar orden 
va medallar bilan taqdirlanishdi. 
Ulardan 
301 nafari Sovet Ittifoqi 
Qahramoni
unvoniga, 
70 nafari 
uchala darajadagi «Slava» 
ordeni
ga sazovor bo‘ldi.
Inoyat Navro‘zboyev
Ko‘plab o‘zbekistonliklar yarador bo‘lib, 
harbiy safga qaytolmaganida ham mehnat 
frontida kurashni davom ettirishdi.
MULOHAZA 
UCHUN
Bundan tashqari, XX asrning 
30­yillarida boshqa hududlar­
ga quloq qilingan o‘zbeklar ham 
urushga safarbar etildi. Qa­
tag‘on qilinganlarning farzandla­
ri, qamoqda bo‘lganlar arizala­
riga ko‘ra jarima batalyonlariga 
yuborila boshlandi. Qamoqdan ja­
rima batalyoniga yuborilganlar­
dan Inoyat Navro‘zboyev keyin­
chalik Sovet Ittifoqi Qahramoni 
unvoniga sazovor bo‘ldi.


161
MA’LUMOT UCHUN
etilgan) Xotira kitobi hamda 
urush yillaridagi O‘zbekiston-
ga bag‘ishlangan umumlash-
ma jild nashr qilindi. 
Ularning nomlari 1999-yili 
Toshkent shahrida bunyod 
etilgan Xotira maydoni ayvon-
lari tokchalariga o‘rnatilgan te-
mir kitoblarga muhrlandi. Qo-
raqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va tuman markaz-
larida ham Xotira maydonlari 
barpo etildi.
1999-yildan boshlab G‘ala-
ba bayrami «Xotira va qadr-
lash kuni» sifatida nishonlana 
boshlandi.
Buyuk G‘alabaning shonli 75 yil-
ligida O‘zbekiston xalqining fashizm 
ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan his-
sasiga bag‘ishlangan kitob-albom birinchi bor 
chop etildi.
2020-yili «Shon-sharaf» davlat muzeyi 
bo‘lgan ulug‘vor «G‘alaba bog‘i» yodgorlik 
maj muasi bunyod etildi.
Mazkur bog‘da shu kuni o‘tkazilgan tan-
tanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, 
xalqimizning Ikkinchi jahon urushida qozonil-
gan g‘alabaga qo‘shgan hissasiga oid yangi 
tarixiy ma’lumotlarni e’lon qildi.
1995-yili urushdan qaytmagan yurtdosh-
larimiz haqida ma’lumotlar aks etgan 34 jild-
lik (keyinchalik yana qo‘shimcha 2 jild chop 
Matnni o‘qing «beqiyos jaso­
rati va matonat» so‘zlariga 
misollar kel tring.
IJODIY FAOLIYAT
MULOHAZA 
UCHUN
Urushda 538 mingdan ziyod 
o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi, 
158 mingdan ortig‘i esa beda­
rak yo‘qoldi. Bu frontga yubo­
rilgan har uch nafar o‘zbekis­
tonlikning biri qaytmaganidan 
darak beradi...
O‘zbekistonda urush 
yillarida xalqimiz 
ko‘rsatgan jasorati va 
matonatini abadiylash
­
tirish uchun 2017­yildan 
boshlab, har yili urush 
qatnashchilariga bir mar
­
talik pul mukofoti beri
­
lishi yo‘lga qo‘yildi. 
«Ushbu qarorimiz zamirida O‘zbe
­
kiston xalqining jang maydonlarida 
va front ortida ko‘rsatgan beqiyos ja
­
sorati va matonatini tarix sahifalariga 
muhrlash, yosh avlodimizni V
atanga 
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiya­
lash maqsadi mujassam».
Shavkat 
MIRZIYOYEV


162
MULOHAZA UCHUN
G‘alabaga besh farzandini bag‘riga qayta 
bosolmagan Zulfiya aya Zokirova singari bu
­
vilarimiz matonati, sabru bardoshi evaziga erishildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
ta’kidlaganidek, G‘alaba bog‘ining markazida «Matonat 
madhiyasi» deb atalgan muazzam obida barcha O‘zbe­
kiston onalariga qo‘yilgan haykal bo‘lib, ona Vatan ramzi 
bo‘lib qad rostladi.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
1. 
Urushning dastlabki kunlarida, Moskva uchun janglarda 
fashist bosqinchilariga qarshi janglarda o‘zbekistonlik jangchilar 
ko‘rsatgan jasorat haqida so‘zlab bering.
2. 
Urushda tub burilish yasashga o‘zbekistonlik jangchilar qanday hissa 
qo‘shdilar?
3. 
Sobir Rahimovning jasoratini bilasizmi?
4. «Xotira va Qadrlash kuni» ilgari qanday nomlanar edi? Bu kun haqida 
nimalarni bilasiz?
5. Amersfort konslageridagi 101 nafar o‘zbek asirlarining matonati zami­
rida qanday qadriyat mujassam?
«Matonat madhiyasi» 
obidasidagi onalarga 
bag‘ishlangan haykal
MA’LUMOT UCHUN
Bog‘ hududida asirlikning og‘ir 
azoblariga qaramay Vataniga sodiq, 
qadriyatlarida qat’iy bo‘lgan mard o‘g‘lonlar xo-
tirasiga bag‘ishlangan Amersfort konslagerida-
gi 101 nafar o‘zbek asiri installyasiyasi barpo 
etilgan.
Darhaqiqat, urush yillarida buva-buvilari-
mizning jasorati va matonatini abadiylashtirish 
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamirida 
qahramon xalqimizga munosib hurmat ko‘rsa-
tishdek ulug‘ niyat o‘z ifodasini topgan.


163
BILASIZMI?
«G‘alaba bog‘i» da 
o‘zbekistonlik jang­
chilarning so‘nmas xoti­
rasiga bag‘ishlab, «Mangu 
jasorat» monumenti barpo 
etildi. Uning markaziy qah
­
ramoni urush yillarida nafa­
qat O‘zbekiston, balki O‘rta 
Osiyo xalqlaridan chiqqan 
yagona general Sobir Rahi
­
movdir.
BILASIZMI?
Qo‘shimcha o‘qish uchun
Qo‘shimcha o‘qish uchun
GVARDIYACHI GENERAL-MAYOR 
GVARDIYACHI GENERAL-MAYOR 
SOBIR RAHIMOVNING 
SOBIR RAHIMOVNING 
DAFN QILINISHI
DAFN QILINISHI
Toshkent, 27-may. Toshkent mehnatkash-
lari o‘zbek xalqining sodiq o‘g‘li, vatanimizning 
ozodligi va mustaqilligi uchun dushmanga qar-
shi kurashda qahramonlarcha halok bo‘lgan 
gvardiyachi general-mayor Sobir Rahimov 
bilan so‘nggi marta vidolashdilar.
Birinchi o‘zbek generali Rahimovning xoki 
solingan idish O‘zbekiston Oliy Sovetining za-
liga qo‘yildi. Ikki kun ichida generalning xoki 
solingan idish yonida o‘n minglarcha mehnat-
kashlar bo‘ldi. 
Motam mitingida O‘zbekiston Xalq Komis-
sarlari Sovetining raisi Abdurahmonov, 
O‘rta Osiyo harbiy okrugi qo‘shinlari 
qo‘mondoni general-mayor Lipatov 
va respublikaning xizmat ko‘rsatgan 
o‘qituvchisi Hasan ota Islamovlar 
so‘zga chiqdi. 
O‘zbekiston KP (b) Markaziy 
Komitetining sekretari o‘rtoq U. Yu-
supovning so‘zidan keyin general 
Rahimovning xoki solingan idish chor 
qirrali yaxlit marmar tosh ichiga qo‘yildi.
O‘zbekiston mehnatkashlari o‘zlarining 
sodiq o‘g‘lining xotirasini abadiy saqlaydi. Bi-
rinchi o‘zbek generali Sobir Rahimovga Tosh-
kentda haykal qo‘yiladi («Qizil askar haqiqati» 
gazetasi, 1945-yil 30-may, 35-son).
«G‘alaba bog‘i» dagi
«Mangu jasorat» 
monumenti


164
O‘ZBEKISTON FANI VA MADANIYATI 
O‘ZBEKISTON FANI VA MADANIYATI 
G‘ALABA UCHUN XIZMATDA
G‘ALABA UCHUN XIZMATDA
MULOHAZA UCHUN
1. Ikkinchi jahon urushi yiliarida eva­
kuatsiya qilingan rus, belorus, ukrain va 
boshqa xalqlar adabiyot vakkillarining ijodi 
qanday kechdi?
2. Ikkinchi jahon urushi yillarida qaysi alloma 
tavalludining 500 yilligi nishonlandi?
Urushning dastlabki kunlaridanoq 
O‘zbekiston yozuvchilari, bastakorlari, 
rejissyor va rassomlari o‘z asarlari bilan xalq-
ning g‘alaba muqarrarligiga ishonchini mus-
tahkamlashga xizmat qildilar. 
Oybekning «Yovga o‘lim!» va Hamid Olim-
jonning «Qo‘lingga qurol ol!» she’rlari inson-
ni Vatan himoyasiga da’vat qiluvchi chaqiriq 
bo‘lib yangradi.
G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Abdul-
la Qahhor, Mirtemir, Amin Umariy, Oydin, Zul-
fiya, Mirmuhsin, Hamid G‘ulom, Turob To‘la
-
ning jangovarlik ruhidagi asarlari ham matbuot 
sahifalarida muntazam e’lon qilib borildi. 
BUGUN DARSDA

Yüklə 18,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin