181
2023 IYUN
TARBIYACHI VA UNING JAMIYATDA TUTGAN O'RNI
Abdullayeva Nigora Raximovna
Qo‘qon Davlat Pedagogika
Instituti katta qituvchisi
Yoqubjonova Yoqutoy Muzaffarjon qizi
Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni haqida so’z
yuritilgan.
Kalit so’zlar:
tarbiyachi, maktabgacha ta’lim, tarbiya, pedagogik mahorat.
Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek
muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi
bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga,
ta’lim-tarbiya vazifalarini
ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib
borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi.
Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini
tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak.
Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi,
tabiat va jamiyatning
qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va
maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini
egallashi va
bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining
hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi
bolani har tomonlama
rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati
bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh
avlodni komil inson qilib, kamolot sari yetaklashdagi
erishgan yutuqlari uchun va
tarbiyachilar, metodist, katta, metodist tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar
bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi
xodimlari
orasidan respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga
bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub
islohotlar bugungi kunda bog‘chada, akademik litsey va kasb-hunar
kolleji hamda oliy
o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va qoidalarini, ilmiy
bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har tomonlama puxta egallab
borishini talab qiladi. Buning uchun o‘sib kelayotgan
yosh avlodni bilimlar bilan
qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati,
milliy
madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog‘lom ma’naviy yetuk qilib
tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga