182 2023 IYUN oshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi
bo‘lgan bolalar bog‘chalari muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o‘zini talab
va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan
talablarni amalga oshirishning garovidir.
Bunga quyidagilar kiradi: 1.
Bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustaqkamlash.
2.
Aqliy qobiliyatini o‘stirish.
3.
Milliy qadriyatimiz va ma’naviyatimizning g‘oyaviy-aqliy tamoyillariga mos
keluvchi e’tiqod va qarashlarini tarkib toptirish.
4.
Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish.
5.
Yosh avlodda o‘rtoqlik, do‘stlik hissini halollik va
mehnatsevarlikni
tarkib
toptirish.
Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o‘sib kelayotgan yosh avlodni
tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi. Lekin tarbiyachi ishlarga
asoslanib, bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash ishini ma’lum bir maqsad
bilan samaraliroq amalga oshirish mumkin. Bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi
alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida
javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda,
o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan
muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo‘lishi bolani har tomonlama diqqat bilan
o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini
namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o‘z
vaqtida yordam ko‘rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi.
Bolani tarbiyalash nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo‘lib, juda qadimdan ushbu
faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim
tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi o‘zining
ma’naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a’zolari o‘rtasida yuksak hurmat
ehtiromga sazovor bo‘lgan kishilar, ya’ni donishmandlar zimmasiga ishonib topshirilgandir.
Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil etilishi mazmunini faqat shaxs kamolotini
emas, balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasida ham tarbiyachi-murabbiy kadrlarni ma’naviy qiyofasi, aqli
salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda.
Yuqoridagi qayd etilgan fikrlardan bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan
qo‘yilayotgan talablarning naqadar muhimligini anglash lozim. Demak, tarbiyachi-maxsus
pedagogik, psixologik va mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilimli va yuksak fazilatli shaxs
sanaladi. Shuning uchun zamonaviy tarbiyachi murabbiy qiyofasida quyidagi fazilatlarni