156
MA’LUMOT UCHUN
Zebo G‘aniyeva Mos
kva uchun janglarda hamshira,
minomyotchi va pulemyotchi si
fatida ishtirok etdi.
Keyin qisqa
muddatda u snayperlikni o‘rganib
oladi va Leningrad yo‘nalishida
gi janglardan birida og‘ir yara
dor bo‘ladi. Bunga qadar
Z. G‘anieva 129 nafar
fashistni yo‘q qilgan
edi.
BILASIZMI?
Moskva bo‘sag‘alarini himoya qil-
gan 316-o‘qchi diviziya tarkibida Tosh-
kent piyoda askarlar bilim yurtining kursantlari
ham bor edi.
O‘zbekistonliklardan 1 753 kishi «Moskva
mudofaasi uchun» medali bilan taqdirlanishdi.
Ular
orasida Sobir Yunusov, Ikrom Jalilov va
boshqalar bor edi.
O‘zbekistonlik jangchilar Leningrad, Kiyev,
Odessa, Sevastopol va boshqa shaharlarni
mudofaa qilishda ham mardlik namunalarini
ko‘rsatishdi. Jumladan, 1941-yil 15-oktyabrda
Xarkov viloyatidagi Trudolyubovka qishlog‘i
uchun jangda 47-o‘qchi diviziya o‘qchisi
Qo‘chqor Turdiyev dushmanga qarshi hu-
jum uyushtirishda jasorat ko‘rsatdi. 1942-yil
27-martda unga SSSR Oliy Soveti Prezidiumi-
ning farmoni bilan o‘zbeklardan birinchi bo‘lib
Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
Sobir
Yunusov
Qo‘chqor
Turdiyev
Zebo G‘anieva
Ikrom
Jalilov
157
Don daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi
Kletskiy qishlog‘i yaqinidagi tepaliklar
dan biri uchun jangda Mixail Kabribov boshchi
ligidagi 11 kishi 300 nafar dushmanni yo‘q qi
lishga muvaffaq bo‘ldi. Bu joyga «Sharqlik o‘n
bir qahramon tepaligi» nomi berildi.
Ulardan
8 nafari o‘zbekistonlik edi.
BILASIZMI?
Abdulla
Ayupov
Kamol
Turg‘unov
Sobirjon
Oxunjonov
Samig‘
Abdullayev
MA’LUMOT UCHUN
Stalingrad jangi Ikkinchi jahon
urushida tub burilish yasadi. Kavkaz
uchun janglarda Sobir Rahimov koman-
dirligidagi 395-o‘qchi diviziya o‘zini ko‘rsatdi va
unga 1943-yilning 19-martida general-mayor un-
voni berildi. Stalingrad janglarida Sobirjon Oxun-
jonov, Abdulla Ayupov kabi minglab o‘zbekiston-
liklar ishtirok etishdi.
Ular orasida Stalingraddagi
«Pavlov uyi»ni himoya qilgan Kamol Turg‘unov
ham bor edi. Jami 2
738 nafar o‘zbekistonlik
«Stalingrad mudofaasi uchun» medali bilan taq-
dirlandi. Kavkaz uchun janglarning yakuniy bos-
qichida Samig‘ Abdullayev dushman zarbalari
ostida 3 mingga yaqin minalarni zararsizlantirdi
hamda ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqi
Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.
157
General-mayor Sobir Rahimov polkovnik
Rudenko va general adyutanti L.
Yusupov
bilan harakatlar rejasini tuzishmoqda
158
Italiyadagi Qarshilik ko‘rsatish hara
kati qatnashchisi Ahmadjon Mama
jonovga qahramon maqomidagi «Vatan
parvar» guvohnomasi berildi. Fransiyadagi
harakat qatnashchilari Hoshim Ismoilov, To
jiboy Ziyoyev ordenlar bilan taqdirlanishgan.
BILASIZMI?
MA’LUMOT UCHUN
Kursk jangida Ahmadjon Shukurov, Valde-
mar Shalandin, Qayumjon Karimov kabi minglab
o‘zbekistonliklar qatnashdi. Tub burilish antigitler koa-
litsiyasini mustahkamladi
hamda Buyuk Britaniya va
AQSh nihoyat o‘z qo‘shinlarini Fransiyaga kiritish orqali
Yevropada ikkinchi frontni ochishga qaror qildi.
O‘zbekistonliklar Dnepr daryosini kechib o‘tishda-
gi janglarda oldingi saflarda bo‘lishdi. Bois Ergashev,
Qudrat Suyunov kabi ko‘plab o‘zbekistonliklar Sovet
Ittifoqi Qahramoni bo‘lishdi. Sovet Ittifoqi Qahramoni
Abdulla Qurbonovning razvedkadan dushman kuchlari
joylashuvi haqida muhim ma’lumotlarni keltirishi hal qi-
luvchi jangovar operatsiya boshlanishiga xizmat qildi.
1944-yil yozida Belorusiyaning fashistlardan ozod
qilinishida Shodi Shoimov (vafotidan keyin Sovet Ittifo-
qi Qahramoni berilgan), Eson Jovbo‘riyev
kabi minglab
o‘zbekistonliklar jasorat ko‘rsatishdi. Partizanlar orasi-
da ham G‘anitoy Toshniyozov, Luqmon O‘roqov kabi
o‘zbekistonliklar ko‘pchilikni tashkil etardi. Razvedkachi
Dostları ilə paylaş: