Avtonomiya (yunoncha – qonun) –
biror-bir hududning qonun bilan
chegaralangan davlat hokimiyatini
mustaqil amalga oshirish huquqi.
Biy sudlari – qabila urf-odatlariga
tayanib ish ko‘radigan sud.
Bolshevik (ruscha bolshoy, bolshe – katta; ko‘p) – Rossiya sotsial-de-
mokratik ishchi partiyasining
1903-yil II syezdida partiya a’zo-
larining ko‘pchiligi asosida tashkil
topgan guruhi bolsheviklar, kam-
chiligi esa minsheviklarga ajraldi.
«Bosmachilik» – Turkistonda
1918—1925-yillarda keng xalq
ommasi vakillarining bosqinchi
qizil armiyaga qarshi olib borgan
qurolli harakatiga
hukumat tomo-
nidan
berilgan nom.
Byuro (fr. devonxona, idora) – ba’zi
muassasa, tashkilotda rahbarlik
ishini olib borish maqsadida say-
lanadigan yoki ta’sis etiladigan
kollegial organ.
Chachvon – otning dumi qilidan
to‘qilgan, paranji ostidan yuzga
tutiladigan to‘r parda.
Deklaratsiya — hukumatning, biror
tashkilotning muhim bir hujjatni,
qonunni, voqeani ko‘pchilik e’tibo-
riga yetkazuvchi bayonoti
Delegat (lotincha – yuborgan) – bi-
ror tashkilot, jamoa tomonidan
vakolatli qilib saylab yoki tayinlab
yuborilgan vakil.
Desyatina (ruscha desyat – o‘n) –
metrik sistema qabul etilgunga
qadar Rossiyada qo‘llangan, 1,09
gektarga teng yer maydoni o‘lcho-
vi.
Duma (ruscha – o‘ylash, fikrlamoq) – Rossiya imperiyasining qonun
chiqaruvchi hokimiyati, shahar
dumasi – shaharning o‘zini o‘zi
bosh qarish organi.
Eserlar – S (es) – sotsial, R (er) – re-
volyutsion, ya’ni, sotsial revolyut-
sionerlar nomidan olingan bo‘lib,
ular sovetlar ichida dehqonlar
manfaatini hamoya qiluvchi guruh
bo‘lgan.