MA’LUMOT UCHUN
Bu o‘ta qaltis va og‘ir davrda – 1989-yil 23-iyunda O‘zbekis-
ton SSR rahbarligiga Islom Karimovning kelishi davlat mustaqilligini tik-
lash jarayoniga respublikadagi ilg‘or va hur fikrlovchi boshqaruvchilarni
ham uyushtirish imkonini tug‘dirdi. Negaki, partiya,
ijro va vakillik idora-
lari, harbiylashtirilgan tuzilmalarda O‘zbekistonni ozod ko‘rish, mustaqil
rivojlanish yo‘liga uzil-kesil o‘tish qarashi bilan yongan shaxslar kam
emasdi.
1989yil 21oktyabr
da respublika
Oliy
Sovetining XI se
ssiyasi «O‘zbekis
ton
SSR davlat tili haq
ida»gi Qonunni qabu
l qi
lib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini ber
di.
Mustaqillik
sari maqsad
ga muvofiq harakat o‘z sa
ma
rasini bera boshladi. 1990
yil
24-martda O‘zbekiston
SSR
Oliy Soveti Islom Karimo
vni
O‘zbekiston SSRning prezid
en
ti etib saylaydi.
Shu yilning 20-iyunid
a
Mustaqillik Deklar
atsiyasi qa
bul qilindi. Ushbu tarixiy
huj-
jatning
qabul qilinishi davlat
mustaqilligimizni tiklash sari
qo‘yilgan zalvorli qadam bo‘ldi.
Bu kabi keskin va ilg‘or o‘zgarishlar bosh-
qa respublikalarda ham yuz bera boshlagani
sharoitida Moskvadagi imperiyaparast kuchlar
1991-yil 19-avgustda davlat to‘ntarishi uyush-
tirish orqali SSSRni
saqlab qolishga urinib
ko‘rdilar. Biroq ushbu xatti-harakat uch kundan
oshmay, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. O‘zbe
-
kistonda mustaqillik sari intilishlar yanada avj
oldi.
O‘zbekiston SSR Prezidentining 25-avgust-
dagi farmoni bilan res publika ichki ishlar vazir-
ligi va davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston
SSRning qonuniy tasarrufiga olindi, SSSR
Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevo-
sita O‘zbekiston SSR Prezidentiga bo‘ysundi-
rildi.
186
187
DARSDAN
IJOBIY SABOQ CHIQARIB
1. 1989yil 23iyundan O‘zbekistonning Ittifoqdagi o‘rnida qanday
o‘zgarishlar bo‘ldi?
2. Mustaqillik Deklaratsiyasi qanday huquqiy ahamiyatga ega hujjat bo‘lgan?
3. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qo
nun qanday maqsadlarni o‘ziga qamrab oldi?
4.
QR kodda berilgan deklaratsiyani o‘qing. Uning mazmunini gapirib bering.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar
bu hujjat qanday maqomga ega bo‘lganligini mulohaza qiling. Fikringizni 3sa
volda berilgan qonun bilan asoslang.
Nihoyat, o‘zbek xalqining necha-necha avlodi orziqib kutgan kun
keldi. 1991-yilning 31-avgustida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining o‘n
ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari 6-sessiyasida O‘zbekiston Res-
publikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash bayonoti va
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»
Qonuni qabul qilindi.
Shunday qilib, 1991-yil 31-avgustda o‘zbek
xalqi bir asrdan ortiq qa-
ramlik davridan so‘ng o‘z milliy davlatchiligini tiklash baxtiga erishdi. Du-
nyo siyosiy xaritasida juda qadimiy davlatchilik an’analariga ega bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.
Bu nodir voqea kamida 3 500 yillik o‘tmishga ega o‘zbek xalqi va dav-
latchiligi tarixiga zarhal sahifalar bo‘lib yozildi.
Mustaqillik xalqimizning XX asrda erishgan eng yuksak yutug‘i, ajdod-
larimiz to‘kkan qutlug‘ va tabarruk qonning mahsuli hisoblanadi.