Æ
Paxta yakkahokimligi va ijtimoiy muam
molarning kuchayib borishi.
Æ
«Paxta ishi» va uning respublikadagi ij
timoiy holatga ta’siri.
MA’LUMOT UCHUN
1980-yillarga kelib sovet
imperiyasi qurmoqchi bo‘lgan
«sotsialistik» tuzumning nochorligi na-
moyon bo‘lib qoldi. Biroq birdan-bir
siyosiy hukmron va og‘irlashib bo-
rayotgan ahvol uchun javobgar kuch
– kommunistlar mazkur haqiqatni tan
olishlari mumkin emasdi. Shu bois
sobiq Sovet Ittifoqi rahbari Yuriy Andro-
pov mavjud barcha muammolar va
yo‘qotishlarda «aybdorlar»ni topish va
ularni «sovet xalqi»ga ko‘rsatishga bel
bog‘ladi. Bunday «aybdorlar» tezda
Moskva, Krasnodar viloyati va O‘zbe-
kiston SSR da «topildi». Ya’ni bir qator
shaxslarga mansabni suiiste’mol qilish,
davlat muklini o‘zlashtirish, katta miq-
dorda pora olish ayblari qo‘yildi.
Sovet hokimiyatining, avvalo,
ijtimoiyiqtisodiy va keyincha
lik siyo
siy asosiga «afg‘on urushi»
ning ta’siri bo‘lganmi? Nima uchun?
Fikringizni asoslang.
IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN
1984-yil 23-iyunda
O‘zbekiston Komparti-
yasi Markaziy Komitetining XVI
plenumi qarorlari bilan Markaz
tomonidan O‘zbekistonda «pax-
ta ishi» deb atalgan siyosiy qa-
tag‘onlar boshlandi.
SSSR Bosh prokurori huzuri-
da alohida muhim ishlar bo‘yicha
maxsus tergovchilar guruhi tuzilib,
ularning dastlabkisi 1983-yil bosh-
larida O‘zbekistonga yuborilgan
edi. Ana shunday maxsus tergov
guruhlarining asosiylaridan biri
T. Gdlyan va N. Ivanov rahbarligi-
da 1983-yil aprelda tuzilgan edi.
Ular keyinchalik Markazdan res-
publikaga kelgan «desantchilar»-
ga tayanib, O‘zbekistonda nav-
batdagi qatag‘onni amalga oshirdi.
1985–1990-yillarda O‘zbekis-
tonda «paxta ishi» degan uydirma
bo‘yicha jami 40 000 kishi tergov
qilindi, ularning aksariyati tergov
izolyatorlarida prokuror sanksiya-
sisiz hibsga olindi, 5
000 nafar
kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy
javobgarlikka tortildi. Tergov ja-
rayonida inson huquqlari toptalib,
tutqunlarga jismoniy va ruhiy taz-
yiq o‘tkazildi. Ularning oila a’zolari
va qarindosh-urug‘lari ham qamo-
qqa olindi. Kadrlarni almashtirish
siyosati ayanchli tus oldi.
BILASIZMI?
«Baynalmilal yor
dam» ko‘rsatish bahona
si bilan tinch Afg‘onistonga bostirib
kirish juda qimmatga tushdi: u yer
da doim saqlangan yuz ming nafar
harbiyni oziqovqat, kiyimkechak,
qurolyarog‘ va boshqa zarurat
lar bilan ta’minlash uchun o‘n yilda
100 000 000 000 rubldan ortiq mab
lag‘ sarflangandi. Eng fojialisi, mazkur
g‘ayriinsoniy urushda 14 500 kishidan
ortiq sovet harbiysi, jumladan, 1 515
nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi,
100 000 dan ortiq kishi og‘ir yaralandi
yoki uyiga nogiron bo‘lib qaytdi.
178
1. 1980yillardagi qatag‘on siyosati undan avvalgi davrda bo‘lgan
qatag‘onlardan nimasi bilan farq qiladi?
2. QR kodda berilgan matnning 145betidan 165betigacha o‘qing
va shu davrdagi jarayonlarga munosabat bildiring.
IJODIY FAOLIYAT
BILASIZMI?
Moskvaning asl muddaosini yaxshi
anglagan Sh. Rashidov navbatdagi
«siyosiy tozalashlar» tig‘ini qo‘lidan kelgancha
susaytirishga uringan bo‘lsada, uni butunlay
bartaraf etishga kuchi yetmadi. Unga va o‘zbek
millatiga o‘tkazila boshlangan har tomomlama
og‘ir va uzluksiz tazyiq o‘z ishini qildi – 1983yil
31oktyabrda u yurak xurujidan vafot etdi.
MA’LUMOT UCHUN
Sovet rejimining «paxta ishi»
oqibatida O‘zbekistonda minglab
kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo‘ja-
ligi sohalarida qo‘shib yozish, poraxo‘rlik va
korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSRning
de yarli barcha hududlarida yuz bergan bo‘lsa
ham «tajriba maydoni» sifatida O‘zbekiston
tanlandi hamda jinoiy ishga aloqador kishilar-
dan tashqari ko‘plab odamlar aybsiz jazoga
tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag‘on
siyosati bu bilan cheklanmasdan paxta ishini
o‘zbeklar ishiga aylantirishga urindi.
179
180
180
BILASIZMI?
1970–1980yillar mobaynida dav
lat byudjetidan mablag‘ ajratish 11 foizdan
8 foizga qisqardi, o‘quv binolarining yetishmasligi
yaqqol sezilib qoldi.
1987yilda respublika umumta’lim maktab
larining 5 596 tasi (72,1%) da o‘qish ikki smenada
tashkil etilgan bo‘lsa, 1989yilda Toshkent shahrida
30 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 25 ta mak
tab hatto uch smenada ham ishlashiga to‘g‘ri kel
gan. Respublika miqyosida jami 150 ming o‘quvchi
uch smenada o‘qishga majbur bo‘ldi.
Sovet davlati va hukmron partiya ruslashti-
rish siyosatini umumta’lim maktablari orqali ham
davom ettirib, rus madaniyati, tarixi va adabiyotini
maktablarda yanada chuqurroq o‘qitishga e’tibor
ni qaratdi. Masalan, o‘zbek tilida ta’lim oladigan
maktablarning har bir sinfiga rus tili va adabiyotini
o‘rganish uchun 3 390 soat ajratilgani holda rus tili
da o‘qitiladigan maktablar uchun o‘zbek tili va ada
biyotini o‘rganishga 560 soat yoki qariyb 6 baravar
kam soat berildi.
181
MA’LUMOT UCHUN
Ruslashtirish siyosati bilan bir vaqtda yoshlarga ateistik
tarbiya berish ham kuchaytirildi. Islom dinini «u buzg‘unchi
g‘oyalardan iborat», deya isbotlashga harakat qilindi. Barcha oliy peda-
gogika o‘quv yurtlari va bilim yurtlarida turli xil ateistik to‘garaklar, klub-
lar tashkil etildi.
1980-yillarga kelib «Sovet ittifoqi» deb atalgan ulkan imperiyaning
qulashi aniq bo‘lib qolgach, hukumat yana dindorlarga hujum boshla-
di. Bu safar kurashning tig‘i asosan davlat idoralari va muassasalari-
da mas’ul lavozimlarda ishlayotgan partiya a’zolariga qaratildi. Ular
ota-onasi yoki biror qarindoshi vafot etsa, janozaga borganliklari uchun
ta’qib ostiga olindi. 1986-yil KPSS XXVII syezdining «Ateistik tarbiya
va uni takomillashtirish tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi bo‘yicha
«Yoshlar va ateistik tarbiya», «Lenin tamoyillari ateistik tarbiyada», «Din
afyundir», «Ilmiy kommunizm kommunistik tarbiyaning ajralmas qismi»
kabi ma’ruza va davra suhbatlari tashkil etildi.
«Din afyundir» degan g‘oya yana qayta tiklandi. Diniy kitoblar, shu
jumladan, arab imlosida yozilgan barcha turdagi kitoblar «reaksion»
deb e’lon qilindi. Uyidan arab yozuvidagi kitob chiqqan hamda namoz
o‘qib, ro‘za tutgan partiya xodimlarini ta’qib qilish davom ettirildi.
Dinga qarshi kurash niqobida xalqimizning qadimiy urf-odatlari,
qadriyatlari yakson qilindi. Ming yillar davomida nishonlanib kelinayot-
gan Navro‘z diniy bayram sifatida butunlay taqiqlandi.
182
MA’LUMOT UCHUN
Mamlakat siyosiy hayotida 1982–1985-yillarda yuz bergan
o‘zgarishlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi.
KPSS MK Aprel (1985-y.) plenumi sovet jamiyati hayotining barcha
sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e’lon qildi. Qayta qurishning asosiy
tarkibiy qismlari deb ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy
islohot o‘tkazish belgilandi.
Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985–1986-yillar) ma’muriy
tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlanadi.
Maz kur bosqichda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarish-
ga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish
va uning asnosida inson omilini faollashtirish mo‘ljallangan edi.
Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987–1989-yillar) jamiyatning
barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi.
Xususan, 1987-yil yanvar va 1988-yil iyunda bu vazifalar yanada aniq-
lashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to‘liq demokratlash-
tirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.
Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilmaxilligining
ma’lum ma’noda kuchayishiga imkoniyat yaratdi. Ammo mamlakatda
tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni
oxiriga yetkazish mumkin bo‘lmadi.
BILASIZMI?
Mamlakatda bo‘lgan qayta qurish
jamiyatning ijtimoiy va siyosiy tuzilishida bir
qator o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. KPSSning so
vet jamiyatidagi rahbarlik va yetakchilik mavqeyiga
putur yetdi, saylov tizimini o‘zgartirish to‘g‘risida
qonun qabul qilindi.
Qayta qurish pirovardida siyosiy jihatdan safsa
tabozlikka aylanib, tub demokratik o‘zgarishlarni
amalga oshirish va boshlangan islohotlarni oxiri
gacha yetkazish imkoniyatini bermay mag‘lubiyat
ga uchradi. M. S. Gorbachyov g‘oyasi asosida qayta
qurishni amalga oshirish mumkin emas edi. Chunki
sotsializm doirasidagi mulkiy munosabatlar, ijti
moiy sohadagi siyosat, milliy va diniy siyosat, yak
kapartiyaviy rahbarlik va mustabid boshqaruv usuli
hech qachon demokratiya va oshkoralik bilan keli
sha olmagan.
182
183
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
1.
Matnni o‘qing. Matn asosida mustamlaka davrida dinga nisbatan
bo‘lgan siyosatga baho bering.
«1984yilda O‘zbekiston Kommunistik partiyasi markaziy komitetining XVI plenu
mida partiya a’zolari o‘z yaqinlarining dafn marosimida, janozalarida ishtirok etishi
«siyosiy jihatdan zararli, sotsial jihatdan xatarli», deb baholandi.
2. Yuzaga kelgan muammolar ta’lim sohasiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
3. T. Gdlyan va N. Ivanov rahbarligida 1983yil aprelda tuzilgan maxsus tergov
chilar guruhining maqsadi nima edi?
4. «Qayta qurish» siyosati deganda nimani tushunasiz?
5. Farg‘ona fojialarining boshqa hududlarga ham tarqalishiga nimalar sabab
bo‘lgan?
6. Farg‘ona fojiasi nima sababdan sodir bo‘ldi, uning oqibatlarini bilasizmi?
MA’LUMOT UCHUN
Markaz jilovni qo‘ldan bermaslik uchun butun imkoniyat-
larni ishga solayotgan bir sharoitda 1989-yil may–iyun oylari-
da Quvasoy da yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik vodiyda millatlararo
to‘qnashuvni (mesxeti turklari bilan mahalliy yoshlar o‘rtasida) keltirib
chiqardi. U Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatiga tarqalib, xavfli tus
oldi.
1989-yil 7-8-iyunda Qo‘qon shahrida mahalliy aholi qatnashgan tinch
namoyish harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida
50 dan ziyod namoyishchilar halok bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga qa-
raganda, 1989-yil 3–12-iyunda Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo
to‘qnashuvlar va namoyishchilarning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi
natijasida 103 nafar kishi halok bo‘lgan, 1 011 nafar kishi jarohatlangan
va 757 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron etilgan.
Farg‘ona fojialaridan keyin O‘zbekistonning yangi siyosiy rahbariyati
bu masalada prinsipial mavqeni egalladi.
184
1941-yili boshlangan urush ko‘plar qato-
ri Sh. Rashidovning ham hayotiy rejalarini
o‘zgartirib yubordi. Shu yili noyabrda Frunze
(hozirgi Bishkek) piyodalar harbiy bilim yur-
tini tezlashtirilgan dastur asosida tugatgan-
dan keyin kichik politruk (Sovet Armiyasida
shaxsiy tarkibning siyosiy tayyorgarligi bilan
shug‘ullanuvchi komandir) Sh. Rashidov Ka-
linin frontiga jo‘natildi. Sh. Rashidovga yaqin
bo‘lgan kishilarning aytishicha, u o‘zining urush
davridagi hayoti haqida ko‘p gapirishni yoqtir-
masdi.
Qo‘shimcha o‘qish uchun
Qo‘shimcha o‘qish uchun
SHAROF RASHIDOV
SHAROF RASHIDOV
…1966-yil 26-aprel tongida Soat 5 dan 23
daqiqa o‘tganda Toshkentda Rixter shkala-
si bo‘yicha 8–9 ball kuchlanishdagi zilzila yuz
berdi. Yerning qattiq qimirlashi 10–12 sekund
davom etdi. Bu 10 kvadrat kilometr maydonda-
gi binolarning vayron bo‘lishiga olib keldi. Yer
qimirlashi gorizontal emas, vertikal holda yuz
berganligi uchun vayronagarchiliklar va qur-
bonlar nisbatan kam edi. 8 kishi halok bo‘ldi,
yuzlab odamlar jarohatlandi. 2 million kvadrat
metrdan ziyod turarjoylar, 236 ta ma’muriy bi-
nolar, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqat-
lanish obyektlari, 26 ta kommunal korxona,
181 ta o‘quv yurtlari, 36 ta madaniyat idorala-
ri, 185 ta tibbiyot va 245 ta sanoat korxonala-
ri binolari buzildi. 78 ming oila yoki 300 ming
kishi boshpanasiz qoldi. Butun yil davomida
7 ballgacha bo‘lgan yer silkinishlari takrorlanib,
odamlarni doimiy bezovta qilib turdi. Zilzilaning
ertasi kuni Toshkentga KPSS Markaziy Komi-
tetining birinchi sekretari L. Brejnev va SSSR
Ministrlar Sovetining raisi A. Kosigin yetib kel-
di. Sh. Rashidov poytaxtdagi ahvol bo‘yicha
axborot bergandan so‘ng, mutaxassislar ishti-
rokida Toshkentni qayta tiklash bo‘yicha qaror
qabul qilindi.
Sh. Ergashevning
«Erk istar ko‘ngil» kitobidan.
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-SIYOSIY
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-SIYOSIY
FAOLLIK VA MUSTAQILLIK SARI
FAOLLIK VA MUSTAQILLIK SARI
INTILISHNING KUCHAYISHI
INTILISHNING KUCHAYISHI
MA’LUMOT UCHUN
MULOHAZA
UCHUN
BUGUN DARSDA
Æ
Jahon tarixi bilan bog‘lang.
1990yillarga kelib dunyo
ning siyosiy xaritasida qan
day o‘zgarishlar yuz berdi?
Buning sababi nima edi?
Dostları ilə paylaş: |