Evakuatsiya (lotincha – bo‘shatmoq, xoli qilmoq) – odamlar, tashkilot,
korxonalarni, badiiy va boshqa
kadriyatlarni urush, tabiiy ofat kabi-
lar xavfidan saqlash maqsadida bir
joydan boshqa joyga ko‘chirish.
Federatsiya (lotincha – ittifoq bo‘lib mustahkamlash) – davlatlarning
o‘z siyosiy mustaqilligini muayyan
doirada cheklash yo‘li bilan yago-
na ittifoqqa birlashuvi.
Firqa (arab. – guruh, to‘da; partiya)
– maqsadi, g‘oyasi, dunyoqa-
rashining mushtarakligi jihatidan
birlashgan kishilar guruhi.
Front – urush boshlanishi bilan
qurolli kuchlar barpo etiladigan
operativ-strategik birlashma,
shuningdek, harbiy harakatlar
maydonida qo‘shinlar old bo‘lin-
malarining yoyilishi va dushman
bilan to‘qnashuv chizig‘i.
Gimnaziya – ayrim fanlarga ixti-
soslashtirilgan va ular bo‘yicha
chuqur ta’lim beradigan o‘quv
muassasasi.
Ispravnik – uyezd politsiyasi bosh-
lig‘i.
Jadid (arabcha) – «yangi» degan
ma’noni bildiradi.
Jevachi (jeva, jiba – qurol -aslaha) – qurol-aslaha (jiba – himoya as-
lahalari) yasovchi hunarmand yoki
qurolxona boshlig‘i.
Kadetlar – «konstitutsion demokrat-
lar» birikmasining bosh harflaridan
olingan. Rossiyada 1905-yilda
tashkil topgan, konstitutsion-de-
moqratik partiya deb ataluvchi
partiyaning a’zolari.
Kasanachilik – uyda yollanib ishla-
nadigan hunarmandchilik.
Kollektivlashtirish – mayda-mayda
dehqon ho‘jaliklaridan ommaviy
tarzda yirik kollektiv xo‘jaliklar
(kolxozlar)ni tashkil qilish.