Politsiya (nemischa – ma’muriyat) – jamoat xavfsizligini saqlovchi
tashkilot.
Protektorat (lotincha – homiy) –
mustamlaka mamlakat qaramli-
gining bir shakli. Bunday mamla-
kat ichki siyosatida birmuncha
mustaqil bo‘lsa-da, tashqi siyo-
sati mustamlakachi davlat qo‘liga
o‘tadi. Ikkinchi tomondan, ko‘plab
mustamlakachi davlatlar iqtisodiy
nochor davlatlarga «homiylik»
ko‘rinishida egalik qilgan.
Pud – 16,38 kg ga teng og‘irlik
o‘lchov birligi.
Qo‘rboshi – o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo
xonliklari qurol-yarog‘ ombori (qo‘r)
mutasaddisi hamda qurol-aslaha,
turli yarog‘lar va to‘p yasash korxo-
nalari (qo‘rxona) boshlig‘i bo‘lib,
Turkiston o‘lkasida oktyabr to‘nta-
rishigacha bo‘lgan davrda mahal-
liy politsiya boshlig‘i hamda keyin-
chalik, Turkistonda sovet rejimiga
qarshi istiqlolchilik harakati rahbar-
larining unvoniga aylangan.
Qozi sudlari – shariat qoidalari aso-
sida ish ko‘radigan sud.
«Qo‘shchi» – qo‘sh haydovchi kishi,
dehqon. «Qo‘shchi» dehqonlarni
g‘oyaviy jihatdan birlashtirib tur-
gan ittifoq bo‘lganligi uchun shun-
day nomlangan.
«Quloqlar» (ruscha kulachestvo — mushtumzo‘r) — mustabid sovet
rejimining badavlat va o‘rta hol
dehqonlarni qishloq burjuaziyasi
sifatida tugatish siyosatidir.
Radikal (lotincha – tubdan) – keskin
va qat’iy choralar tarafdori.
Referendum ( lotincha – xabar beri- lishi zarur bo‘lgan narsa) – davlat
ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim
masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan
va ba’zan qonunlar qabul qilish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi-
gan umumxalq so‘rovi, ovoz be-
rish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash.