parti yasi markaziy qo‘mitasi yana dinga qarshi
eski ta’qiblarini boshladi.
Eshon
Boboxon
MA’LUMOT UCHUN
170
O‘ZBEKISTON XALQ XO‘JALIGINING
O‘ZBEKISTON XALQ XO‘JALIGINING
URUSHDAN KEYINGI YILLARDAGI
URUSHDAN KEYINGI YILLARDAGI
RIVOJLANISHI
RIVOJLANISHI
MULOHAZA
UCHUN
BUGUN DARSDA
1. Kolxozlashtirirsh siyosa
tidan ko‘zlangan maqsad
nima edi?
2. 1933–39yillardagi qatag‘on
siyosatida asosan kimlar
taqib qilingan edi?
Æ
O‘zbekiston xalq xo‘jaligining tinch rivoj
lanish yo‘liga o‘tishi.
Æ
Urushdan keyingi qatag‘onlik siyosati.
MA’LUMOT UCHUN
Ikkinchi jahon urushi yillarida
aholisining 10 foiziga yaqinini yo‘qot-
gan (halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan), iq-
tisodining 60 foizini urush xarajatlariga yo‘nal-
tirgan O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga kelishga
ulgurmay turib, endi paxta «fronti»da jonbozlik
ko‘rsatishiga to‘g‘ri kelgan.
Moskvaning paxtachilikni rivoj
lantirish
bo‘yicha O‘zbekiston oldiga juda baland reja
qo‘yishi natijasida 1949- va 1950-yillarda reja
topshiriqlari bajarilmadi.
To‘rtinchi besh yillikda (1948–1952-yy.)
pax tachilikka ajratilgan maydon 148 ming gek-
targa ko‘paydi, respublikaning tabiiy va insoniy
imkonlarini shafqatsiz ishlatish hisobiga paxta-
ning yalpi hosili shu davrda keskin oshdi. Paxta
ekiladigan maydonlar kolxozchilarning shax siy
yer mulklari va uy xo‘jaliklari hisobidan keskin
kengaytirildi.
1950-yilda sovet siyosiy rahbariyati tomo-
nidan kolxozlarni yiriklashtirish va ularni muta-
xassislar bilan ta’minlash siyosati boshlandi.
171
Mazkur siyosat nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy-mafkuraviy maqsadlar-
ni ham ko‘zlagan edi. Mavjud mayda kolxozlar o‘rniga yanada yirik-
roq kolxozlar tuzildi. Sovet hukumati joylardagi partiya idoralari orqali
kolxozlar faoliyati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatdi. Bu O‘zbekistonda ham
kolxoz qurilishi jarayonining siyosiylashtirilganidan dalolat beradi.
MA’LUMOT UCHUN
Urushdan keyingi yillarda O‘zbe-
kistonda xomashyo yetishtirish sohasi
jadal sur’atlar bilan rivojlantirildi. Neft, ko‘mir
qazib olish, elektr energiyasi, mineral o‘g‘it-
lar, po‘lat ishlab chiqarishni jadal sur’atlarda
oshirib bo
rish iqtisodiyotning xomashyoga
yo‘naltirilganli gini yanada mustahkamladi.
Mazkur davrda sovet tuzumining qatag‘on
siyosati davom etib, bu jarayon fan va ma-
daniyat namoyandalariga qarshi o‘tkazilgan
kampaniyalarda o‘z aksini topdi. Markazning
ko‘rsatmasi bo‘yicha, respublika siyosiy rah-
bariyati ilm-fan, adabiyot va san’atning ba’zi
vakillarini «feodal o‘tmishni ideallashtirishda
va undagi ayrim arboblarning o‘zbek halqi tari-
xidagi roliga «nomarksistik» yondashish orqali
baho berganliklari uchun ayblagan edi.
O‘zbekiston SSR kommunistik partiyasi
markaziy komitetining 1952-yil fevraldagi X ple-
num qarorlarida bir qator o‘zbek olimlari va ma-
daniyat arboblarining ijodlari qattiq tanqid qilin-
di, xalq og‘zaki ijodi asarlariga o‘ta salbiy baho
berildi. «Alpomish» xalq dostonini esa mutlaqo
jaholatparastlikda ayblashdi. Biroz keyinroq
«feodal o‘tmishni ideallashtirganliklari» uchun
Oybek, Maqsud Shayxzoda, Shukrullo, Hamid
Sulaymonov va boshqalar qatag‘on qilindi.
1. 1949 va 1950yillarda
Moskvaning paxtachi
likni rivoj
lantirish bo‘yicha
O‘zbekiston oldiga qo‘ygan
rejasi nega bajarilmadi?
Sabablarini ko‘rsating.
2.
Sovet hukumati joylarda
gi partiya idoralari orqali
kolxozlar faoliyati ustidan
qat’iy nazorat o‘rnatishidan
maqsadi nima edi?
IJODIY FAOLIYAT
171
Jahon tarixidan olgan bilim
laringizga tayanib quyidagi
savollarga javob bering.
1. Nima uchun respublikalarda non
va oziqovqatning narxi oshib
ketdi?
2.
Shu yillarida qishloq xo‘jalik so
hasida qanday siyosat olib boril
gan?
3.
Shukrulloning «Ka
fansiz ko‘milgan
lar» asarida 50yil
lar sovet qatag‘on
siyosati aks etgan.
IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN
Bu davrda O‘zbekistonda turli sa-
noat korxonalari qurilgan. Mirzacho‘l,
Surxon-Sherobod va Qarshi cho‘lining o‘zlash-
tirilishi natijasida ekin maydonlari kengaytiril-
gan.
Sovet Ittifoqi boshqaruviga kim kelishidan
qat’i nazar, undagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
hayot asoslari keyingi yillarda o‘zgargan emas.
1970-yillarda «SSSRda rivojlangan sotsialis-
tik jamiyat» qurilgani e’lon qilingan bo‘lsa-da,
amalda sovet hokimiyati qo‘l ostida yashayot-
gan xalqlarning turmush darajasi dunyoning
ilg‘or mamlakatlarinikidan ancha orqada qoldi.
1960yillar boshida
shaharlarda,
hatto non ham y
etishmasdi.
1962yil 1iyundan hukumat vaqtincha
go‘sht va yog‘ning narxini oshirish
ga majbur bo‘ldi. Bu odamlar
, avvalo,
ishchilar orasida nor
ozilikni keltirib
chiqardi. 1963
yildan boshlab
huku
mat chetdan g‘alla sotib ola boshladi.
172
173
Mirzacho‘lning
o‘zlashtirilishi
1970–1980-yillarning o‘rtalaridagi davr
O‘zbekiston dehqonchiligi uchun juda og‘ir
kech di. Paxta maydonlarining kengayib borishi
O‘zbekiston ekologiyasining buzilishiga sabab
bo‘ldi.
XX asrning 60-yillaridan sug‘oriladigan ekin
maydonlarining kengaytirilishi natijasida Orol
dengiz
iga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladi-
gan suv miqdori yildan-yilga kamaya bordi. Oqi-
batda Orol dengizida suv sathi jadal sur’atlar-
da pasayib, u quriy boshladi. Dengiz suvining
sho‘rlanishi kuchayib, baliq va boshqa suv jo-
nivorlari keskin kamayib ketdi. Orol dengizining
qurib borishi Markaziy Osiyo mintaqasi hamda
qo‘shni davlatlar ekologiyasiga misli ko‘rilma-
gan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
1. «O‘zbekiston iqtisodiyotining bir to
monlama rivojlantirilishi» deganda ni
mani tushundingiz?
2.
Sanoat korxonalari qanday maqsadlarda
qayta jihozlandi?
3. Hunarmandchilikning rivoj topishiga ni
malar to‘siq bo‘ldi? Sizningcha, yakka tar
tibdagi hunarmandchilikning taqiqlanishi
ga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin?
IJODIY FAOLIYAT
BILASIZMI?
1959yil 15martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komitetining birinchi sekretari lavozimiga Sharof Rashidov (1917–
1983) saylandi. U bu lavozimda umrining oxirigacha samarali faoliyat ko‘rsatdi.
Sharof Rashidov atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi hamda mashhur
yozuvchi bo‘lgan. 1917-yil 8-noyabrda Jizzaxda tug‘ilgan. U 1950–1959-yillarda
O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi lavozimida iste’dodli tashkilotchi
va mohir rahbar sifatida yaxshi taassurot qoldirdi. Sh. Rashidov rahbarligida
O‘zbekiston iqtisodiyoti va madaniyatini rivojlantirishda muayyan muvaffaqiyatlar
qo‘lga kiritildi. Paxtachilikni rivojlantirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, 1966yildagi
zilziladan so‘ng Toshkentni qayta tiklash ishiga u ko‘p kuchquvvat va g‘ayratini
sarfladi. Toshkent metropoliteni qurilishi uning tashabbusi bilan boshlangan.
Metropolitenning birinchi navbati (9 ta bekat) 1977yil noyabrda ishga tushirildi.
1977-yil 7-oktyabrda qabul qilingan SSSR-
ning yangi Konstitutsiyasi milliy respublikalar
huquqini rasmiy chekladi va Markazga keng
vakolatlar berdi. 1978-yilda O‘zSSR ham o‘z
konstitutsiyasini qabul qildi. Konstitusiya
da
belgilangan qoidalar faqat qog‘ozda bo‘ilb,
amalda o‘sha davrdagi hukmron partiyaning
g‘oyalari quvvatlanar, barcha tashkilotalarda
asosiy rahbarlik lavozimlari kommunistlar par-
tiyasi qo‘lida edi.
O‘zbekistonda ham xuddi butun Ittifoqda
bo‘lgani singari respublika Oliy Soveti hech
qaysi masalani partiya komitetlaridan ruxsat
olmasdan hal qila olmagan.
Komsomol va boshqa tashkilotlar partiya
idoralarining ko‘rsatmalarini bajarishga majbur
bo‘lganlar. Buyruqlarni bajarmagan rahbarlar
o‘z lavozimlaridan ozod etilgan. Sovet hoki-
miyati davrida partiya nomenklaturasi (partiya
organlari bilan kelishib tayinlanadigan lavozim-
lar) deb atalgan tartib-qoida mavjud bo‘lgan.
Bu qoidaga ko‘ra, mas’ul lavozimlarga faqat
Dostları ilə paylaş: |