Qarshi davlat universiteti Kimyo-biologiya fakulteti Fiziologiya kafedrasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma



Yüklə 30,5 Kb.
tarix26.09.2023
ölçüsü30,5 Kb.
#149141
И Чулиев-монография кучирма


Qarshi davlat universiteti Kimyo-biologiya fakulteti Fiziologiya kafedrasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bayonnomasidan
ko‘chirma
2023 yil 6 sentabr Qarshi shahri
Qatnashdilar: Fiziologiya kafedrasi mudiri, b.f.n., dots.Y.Rahmatullayev, prof. Sh.Qurbonov, dotsentlar A.Qurbonov, G.Buranova, PhD Sh.Umedova, o‘qituvchilar K.Do‘stov, R.Yo‘ldosheva, I.Sattorova, M.Karimova, M.Avliyoqulova, G.Jumaqulova jami 15 kishi.


Kun tartibi:
Y.Sh.Turayev, tomonidan tayyorlangan “Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dalilli asoslash ko’nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” nomli monografiyasini nashrga tavsiya etish to‘g‘risida
Kun tartibidagi masala to‘g‘risida kafedra professori Sh.Qurbonov so’zga chiqib, Y.Sh. Turayev, tomonidan tayyorlangan “Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dalilli asoslash ko’nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” nomli monografiyasi bilan tanishtirdi.
Ma’lumki, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida ta’limning bir qator shakllariga o‘tildi. Kunduzgi ta’lim, sirtqi ta’lim, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida ta’lim jarayoni olib borilmoqda. Buning bir qator ijobiy tomonlari bor albatta, aholini oliy ta’limga jalb qilish imkoniyatlari ortadi. Shu bilan birga sirtqi va masofaviy ta’lim shakllarida ta’limni sifatli olib borish masalasi kun tartibida chiqmoqda. Sir emaski, ta’lim jarayonini axborot kommunikatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909 sonli qarorida Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilangan.
Keyingi yillarda Respublikamizda pandemiya sharoitida majburiy ravishda masofaviy, ya’ni onlayn ta’lim shakliga o‘tildi. Bunda dastlab darslar moodle ta’lim platformasi orqali amalga oshirildi. Keyin kredit-modul tizimiga o‘tildi.
2021-2022 o‘quv yilidan Oliy ta’lim muassalarida ta’lim jarayoniga Hemis (Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi) tizimi joriy qilindi.
Bu o‘zgarishlar o‘z navbatida ta’lim jarayonlarida axborot kommunikatsion texnologiyalarning ko‘proq qo‘llaninilishini taqozo qiladi. Mazkur monografiya aynan mana shu masalaga bag‘ishlanganligi bois dolzarb hisoblanadi. Monografiya 2 bob, 8 ta bo‘lim, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib, har bir bob ma’lumotlari sodda va ravon tilda yozilgan va tugallangan fikrga ega.
Monografiyaga Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Eshqorayeva Norxol Guzarovna (Qarshi davlat universiteti Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti dekani) va Pedagogika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent Yuldoshev Ismoil Abriyevich (Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti dekani) lar tomonidan ijobiy taqriz berilgan.
Kafedra professori ushbu monografiyani chop etish taklifini berdi. Kafedra yig‘ilishida ishtirok etgan barcha professor-o‘qituvchilar yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarni ma’qulladilar.


QAROR QILINDI:
1. Kafedra professori Sh.Qurbonovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Y.Sh.Turayev, tomonidan tayyorlangan “Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dalilli asoslash ko’nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” monografiyasini nashrga tavsiya etish maqsadga muvofiq deb topilsin.


3. Y.Sh.Turayev, tomonidan tayyorlangan “Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dalilli asoslash ko’nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” monografiyasini Fakultet kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya etilsin.
Yig‘ilish raisi: Sh.Qurbonov
Yig‘ilish kotibi: G.Buranova
Yüklə 30,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin