N. I. Musayev tarix fanlari doktori, professor



Yüklə 18,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/64
tarix29.07.2023
ölçüsü18,09 Mb.
#137967
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
10-sinf O\'zbekiston tarixi @tarixdan tomchi

Savodsizlik
deganda nimani 
tushunasiz?
Æ
Ta’lim va fan sohasidagi ishlar.
Æ
Savodsizlikka qarshi kurash.
Æ
Alifboning o‘zgartirilishi.
Æ
Xotin­qizlarni ozodlikka chiqarish.
133
MA’LUMOT UCHUN
Bolsheviklar barcha sohalar kabi 
ma’naviy hayotga ham o‘z ta’sirlarini 
o‘tkazdilar. Ular dastlabki yillarda sovet maktablari 
va texnikumlar ochishga alohida e’tibor qaratdi-
lar. Jadid maktablari yopildi. Eski usul maktablari 
va vaqf maktablari ham tugatildi. Respublikada 
universitet va institutlar tashkil etildi. Biroq uni-
versitet va institutlardagi talabalar, dars bergan 
o‘qituv chilar o‘rtasida mahalliy millatlar vakillari 
ozchilikni tashkil qilgan. 
1932-yil 14-oktyabrda O‘zbekiston ilmiy tek-
shirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi O‘zbe-
kiston SSR Fanlar komiteti tuzildi.
Toshkent va Samarqand 
Davlat universitetlari


134
MA’LUMOT UCHUN
O‘zbekiston SSR Sovetlarining 
V qurultoyida 8 yoshdan to 15 yosh-
gacha bo‘lgan hamma bolalarni majburiy yetti 
yillik ta’limga tortish hamda respublika shahar 
va qishloqlarida yangi maktab binolari qurish 
dasturini ishlab chiqish taklifi kiritildi.
Ikkinchi besh yillik davrida hamma umu-
miy ta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning soni 
tez sur’atlar bilan o‘sib, 931 800 nafarga yetdi, 
ularning 725 mingga yaqini qishloq maktab-
larida o‘qirdi. Respublika maktablarida o‘qish 
18 tilda olib borilgan. O‘zbek tilida o‘qitiladigan 
maktablarning soni o‘n yil ichida 10 marta osh-
gan.
Xotin-qizlar o‘rtasida savodsizlikni tugatish 
borasida ko‘p joylarda maxsus savod maktab-
lari ochildi. 1937-yili 139.000 nafar xotin-qizlar 
o‘qish va yozishni o‘rganib oldilar.
1. Ta’limning 18 tilda olib 
borilishining asosiy 
sabablari nima edi? 
2. Bugungi kunda mamlaka­
tizimda ta’lim nechta tilda 
olib boriladi?
IJODIY FAOLIYAT
O‘rta Osiyoda oliy ta’limning beshigi, Turkis­
ton xalq dorilfununi (hozirgi O‘zbekiston Mil­
liy Universiteti) bir qancha oliy o‘quv yurtlariga asos 
bo‘ldi, 1940­yili respublikada 30 ta oliy, 100 ga yaqin 
o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ishlab turdi.
BILASIZMI?
134


135
MA’LUMOT UCHUN
Sovet hokimiyatining dastlab-
ki o‘n yilliklarida O‘zbekistonda imlo 
3 marta o‘zgartirildi. Bu holat mahalliy aholini 
savodsiz qilishga, uning asriy qadriyatlaridan 
mahrum qilib, sovet madaniyati ruhida tarbiya-
lashga hamda ruslashtirish siyosatini amalga 
oshirishga mo‘ljallangan edi.
1929-yil may oyida Samarqandda o‘tgan 
O‘zbekiston adiblari, imlochilari va yetakchi 
ziyolilari konferensiyasida o‘zbek yozuvini 
arab grafikasidan lotin grafikasiga o‘tkazish 
haqida qaror qabul qilindi, 1-dekabrda O‘zbe-
kistonda arab alifbosidan lotin yozuviga o‘tildi.
Biroq tez orada yozuvni kirillitsaga o‘tka-
zish to‘g‘risida yangi qaror qabul qilindi. 
1940-yil 8-mayda bo‘lgan O‘zbekiston SSR 
Oliy Soveti III sessiyasida lotin yozuvidan kirill 
(rus grafikasi) asosidagi o‘zbek yozuviga o‘tish 
to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston bilan 
birga O‘rta Osiyoning boshqa respublikalari va 
Ozarbayjon ham rus grafikasiga o‘tkazildi.
Jahon tarixi darslarida olgan 
bilimlaringizga tayanib, kirill 
alifbosiga qachon, kimlar tomo­
nidan asos solinganligini eslang. Bu 
yozuv Rossiya hududiga qanday kirib 
kelgan?
IJODIY FAOLIYAT
C
В
B
Б
A
A
1921–1929
yillar
1929–1940
yillar
1940
yildan keyin
1921
yilgacha

Yüklə 18,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin