N. I. Musayev tarix fanlari doktori, professor



Yüklə 18,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/64
tarix29.07.2023
ölçüsü18,09 Mb.
#137967
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
10-sinf O\'zbekiston tarixi @tarixdan tomchi

Kollektivlashtirishning majburiy sur’atda amalga oshi­
rilishi hamda kolxoz va sovxozlarning tashkil qilinishi.
Yangi 
iqtisodiy siyosat tufayli o‘z xo‘jaligini tiklab olgan xo‘jaliklarni quloq qilish 
maqsadida 1930-yil «Kollektivlashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish 
to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. 
Kollektivlashtirish mutasaddilari dehqonlarning majlislarida kolxozga 
kirmaganlar suvdan mahrum etiladi, sanoat mollari bilan ta’minlanmay-
di, ularga katta soliq solinadi hamda ya shash joyidan surgun qilinadi, 
deb dag‘dag‘a qilishdi. Natijada ko‘pchilik tumanlarda kollektivlashtirish 
bir necha hafta ichida amalga oshirildi. O‘zbekistonda dastlabki kolxoz-
lar (jamoa xo‘jaliklari) va sovxozlar (davlat xo‘jaliklari) tashkil qilindi. 
Respublikadagi dehqon xo‘jaliklarining 75 foizi umumiylashtirilgan 
sektorga, ya’ni kolxoz va sovxozlarga birlashdi. O‘zbekiston qishloq 
xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman 1932-yili tugallandi.
Yakka dehqon xo‘jaliklarining bir qismi kolxozlardan tashqarida qol-
di, lekin ularga iqtisodiy jihatdan tazyiq o‘tkazish yanada kuchaydi. 
Bunday xo‘jaliklarga solinadigan qishloq xo‘jalik soliqlari oshirildi, 
davlatga majburan topshiriladigan mahsulot hajmi ham kolxozlarga nis-
batan 50 foizga ko‘paytirildi. 1939-yilga kelib O‘zbekistonda yakka deh-
qon xo‘jaliklariga butkul barham berildi.
MA’LUMOT UCHUN
128
1929­yili sovet jamiya­
tida bozor munosabatlari 
muhiti barham topdi.


129
1934–1937­yillarda O‘zbekistondan quloqlashtirish siyosati oqibatida 
ko‘plab badavlat dehqon xo‘jaliklari quloq qilingan. Sovet hokimiyati yil
­
larida quloqlikka tortilib, surgun qilinganlardan tirik qolganlarining erkin fuqarolik 
maqomi olingan va ularning o‘z yurtiga qaytish jarayoni og‘ir kechib, taxmiman
20 yildan ko‘proq vaqtni, ya’ni 1934–1956­yillarni o‘z ichiga oladi.
BILASIZMI?
IJODIY FAOLIYAT
1. 
Sovet hukumati boy xo‘jalik va to‘q xo‘jalik o‘rtasidagi farq
­
larni qanday mezon asosida yuzaga keltirgan?
2. To‘q xo‘jaliklarning qanday turdagi moddiy boyliklari muso­
dara qilingan edi?
3. Yer­suv islohotining oqibatlari nimalarga olib keldi?
4. 
Uyga vazifa: yer-suv islohoti o‘tkazilishiga oid jadvalni to‘ldiring.
Bosqichi
Birinchi bosqich
Ikkinchi bosqich
Uchinchi bosqich
Hududi
Davri
Jarayonlari
O‘ziga xosligi
Oqibatlari
5. Taqdiri quloqlashtirish siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan yaqin qarin­
doshingiz (ota­bobolaringiz) hayoti haqida esse yozing.
Mamlakatda qishloq xo‘jaligini zo‘ravonlik bilan kollektivlashtirish 
jarayonida 1928-yili sanoatni industrlashtirish ham amalga oshirildi. 
O‘zbekiston uchun sanoat qurilishini keng sur’atda jadallashtirish nihoyatda za-
rur edi. 1927-yilda O‘zSSR xalq xo‘jaligida qishloq xo‘jaligining salmog‘i 62,6 %, 
sanoatning salmog‘i 37,4 % ni tashkil etar, shu bilan birga sanoat ishlab chiqa-
rishining 90 foizi qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashga asoslangan edi.
Iqtisodiyot xomashyo yo‘nalishida bo‘lgani sababli respublika sanoati faqat 
bir tomonlama ixtisoslashtirilgan. Buning ustiga industrlashtirish siyosati qish-
loq hisobidan amalga oshirildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining xarid narxlari 
pasaytirildi. Natijada dehqonlar qashshoqlashib, mamlakatda oziq-ovqat muam-
mosi keskinlashdi.
Birinchi besh yillik davrida (1928-yil oktyabr – 1932-yil dekabr) O‘zbekiston-
da 289 ta yangi sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi. Yengil sanoatning 
ko‘nchilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik sohalari va ip-gazlama ishlab 
chiqarish sur’atlari oshib bordi. 
MA’LUMOT UCHUN


130
1928­yil kuzigacha 
mamlakat xalq xo‘jaligi bir 
yillik, besh yillik 
rejalari jo­
riy bo‘ldi. Birinchi besh yillik 
rejasi 1928­
yil oktyabrda 
boshlanib, 1932­yil dekabr­
da muddatidan 9 o
y oldin 
yakunlandi.
Industrlashtirish O‘zbekistonda 
dastlab sekinlik bilan amalga oshiril-
di. Ana shu davrda O‘rta Osiyo respublikala-
rida paxtachilik va mashinasozlik sanoatining 
to‘ng‘ichi bo‘lgan Toshkent qishloq xo‘jaligi 
mashinasozligi zavodi barpo etildi. 
Toshkent to‘qimachilik kombinati va 
Chirchiq elektr kimyo kombinati qurilishi tez 
sur’atlar bilan olib borildi. Elektr stansiyalari 
quvvati 482 mln kilovattga yetdi. XX asr 30-yil-
larida Chirchiq–Bo‘zsuv GESlar kaskadi barpo 
etildi.
O‘zbekistonda sanoat korxonalarining tex-
nik darajasi haddan tashqari past, muhandis-
lar, texniklar va zamonaviy texnikani biladigan 
malakali ishchilar yetishmas edi. Biroq sanoat 
korxonalariga malakali xodimlar va tajribali 
ishchilar RSFSRning markaziy shaharlaridan 
olib kelingan. 
O‘ylab ko‘rib, xulosa 
chiqaring.
Mahalliy millatlardan ma­
lakali mutaxassislar tayyorlash 
o‘rniga O‘zbekistonga, asosan, 
yevropalik aholi ko‘chirib kel­
tirildi. Ular poytaxt Tosh kent, 
yangi qurilayotgan shaharlar 
va viloyat markazlariga joy­
lashtirilib, yaxshi maoshli 
ish, navbatsiz xonadon bilan 
ta’minlandilar. Universitet va 
institutlarga imtiyozli asoslar 
bilan o‘qishga qabul qilindilar. 
Qishloqlardan kelgan 
o‘zbek yigit­qizlari esa sha­
harda muqim joylasha olmay, 
turli qiyinchiliklar va jiddiy 
yetishmovchiliklar natijasi­
da asosan «qora ishlar» va 
maishiy sohada xizmat qilishga 
majbur bo‘lishdi.
IJODIY FAOLIYAT
MA’LUMOT UCHUN
130
Chirchiq-Bo‘zsuv GESlar kaskadi


131
Bu davrda eng muhim muammolardan biri kadrlar masa-
lasi edi. Chunki davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organ-
larida milliy kadrlar juda oz bo‘lib, ish yuritish ham rus tilida olib borilardi. 
O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi Fayzulla Xo‘jayev 
tub xalqlardan mahalliy kadrlar tayyorlash va ularni yuqori lavozimlar-
ga ko‘tarishda jonbozlik ko‘rsatdi. Uning tashabbusi bilan O‘zSSR MIK 
huzurida 1925-yil martda Bobon Mavlonbekov raisligida «Davlat appa-
ratini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi» tuzildi. Akmal Ikromov, 
Rahim Inog‘omov va boshqalar unga a’zo bo‘lishdi. Markaziy komissiya-
ning Samarqand, Zarafshon, Toshkent, Farg‘ona va respublikaning 
boshqa viloyatlarida ham bo‘limlari tashkil qilindi. 
Mahalliylashtirish komissiyasi rahbariyati zimmasiga O‘zbekiston-
dagi o‘quv yurtlari, ilmiy va madaniy-oqartuv (xalqning bilim va ongini 
oshirish) tashkilotlari, sanoat korxonalarini mahalliylashtirish asosiy re-
jasini ishlab chiqish yuklatildi.
MA’LUMOT UCHUN


132
MA’LUMOT UCHUN
1925-yil noyabrda Samarqand 
shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston 
Kommunistik partiyasining II syezdida «Par-
tiya, sovet, xo‘jalik, kasaba uyushmalari va 
kooperativ tashkilotlariga mahalliy aholini jalb 
qilish» masalasi ko‘rib chiqildi. Syezdda bosh-
qaruv va rahbarlik ishlariga ishchi, dehqon va 
ziyolilardan mahalliy kadrlar tayyorlash zarurli-
gi uqtirildi.
1927-yil O‘zbekiston SSR MIK huzuridagi 
«Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy 
komissiyasi»ning nomi «Davlat apparati va sa-
noatni O‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasi» 
deb o‘zgartirildi. 
Komissiya qaroriga ko‘ra o‘zbek aholisi 
ko‘proq bo‘lgan tumanlardagi barcha davlat, 
jamoat, kooperativ muassasalari va tashkilot-
larida ish yuritishni o‘zbek tilida olib borishlari 
shart edi. 
1931-yil SSSR MIKning «O‘zSSR appara-
tini o‘zbeklashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul 
qilinib, unga ko‘ra O‘zbekiston davlat appa-
ratini O‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasi 
faoliyati to‘xtatildi. Markaz tomonidan bosh-
qa ittifoqdosh respublikalarda bo‘lgani singa-
ri O‘zbekiston SSRda ham mahalliylashtirish 
jarayoni to‘xtatilib, u «burjua millatchiligi» deb 
e’lon qilindi
O‘zbeklashtirish siyosatiga jiddiy zarba be-
rilib, ruslashtirish jarayoni o‘zining yangi bos-
qichiga qadam qo‘ydi.
IJODIY 
FAOLIYAT
1927­yil 16–24­no­
yabrdagi syezdda qabul 
qilingan qarorda davlat 
apparatini milliylashtirish 
va o‘zbeklashtirish to‘g‘ri­
sida shunday deyilgan edi: 
«O‘zbeklashtirish tu­
shun chasi, aslini olganda, 
O‘zbekiston respublikasi 
territoriyasidagi davlat 
apparati va ish yuritishni 
o‘zbeklashtirishni ko‘zda 
tutadi, lekin kamsonli 
millatlarga o‘z ona tilla­
rida xizmat ko‘rsatish­
ni aslo istisno qilmaydi, 
balki, aksincha taqozo 
qiladi. Kamsonli millatlar 
ko‘pchilik yashagan tu­
manlarda sud organlari, 
maktablar o‘z ishlarini 
ularning ona tilida olib bo­
rishlari shart. Kamsonli 
millatlarni mamlakatni 
idora qilishga, jamiyat 
hayotiga jalb qilish kerak. 
Kamsonli millatlardan 
kadrlar tayyorlash masa­
lasiga zo‘r e’tibor berish 
lozim».
DARSDAN IJOBIY SABOQ CHIQARIB
1. 
O‘zSSR xalq xo‘jaligida qishloq xo‘jaligining ulushi baland bo‘lishining 
sabablari nimada?
2. 
O‘zSSRda industrlashtirish davrida amalga oshirilgan ishlarda asosan, 
qaysi sohalarga e’tibor qaratildi?
3. «Kadrlarni mahalliylashtirish» deganda nimani tushundingiz?
4. O‘zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish siyosati tashubbuskorlari kim edi? 
Mahalliylashtirish qanday tartibda olib borildi?
5. O‘zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish siyosatining natija va oqibatlari qan­
day bo‘ldi?


133
O‘ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI 
O‘ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI 
YURITGAN MADANIY SIYOSAT
YURITGAN MADANIY SIYOSAT
MULOHAZA UCHUN
BUGUN DARSDA
1. 
Jadid maktablarinig maq-
sad­vazifalari sovet maf­
kurasiga mos keladimi?
2.

Yüklə 18,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin