N. I. Musayev tarix fanlari doktori, professor


Æ Muxtoriyat uchun kurash



Yüklə 18,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/64
tarix29.07.2023
ölçüsü18,09 Mb.
#137967
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
10-sinf O\'zbekiston tarixi @tarixdan tomchi

 
Æ
Muxtoriyat uchun kurash.
 
Æ
Muxtoriyatning tugatilishi. 
 
Æ
Qo‘qon fojiasi.
MA’LUMOT UCHUN
Demokratik mu­
sulmon ziyolilari 
talabi bilan Turkis­
ton aholisining y
evro­
palik qismi vakillari ham 
qurultoyda teng huquqli 
ishtirok etdilar. Qurultoy­
ning 27­noyabr kuni qabul 
qilingan qarorida shun
­
day deyiladi: «Turkistonda 
yashab turgan turli millat
­
ga mansub aholi Rossiya 
inqilobi da’vat etgan xalq­
larning o‘z huquqlarini 
o‘zlari belgilash xususida
­
gi irodasini namoyon etib, 
Turkistonni Rossiya Fede
­
rativ Respublikasi tarkibi
­
da hududiy jihatdan mux­
tor deb e’lon qiladi».
1917-yil 26–28-noyabrda 
Qo‘qon shahrida Butunturkiston 
o‘lka musulmonlarining favqulodda 
IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi.Turkistonni bosh-
qarish shakli to‘g‘risidagi masala qurul-
toyning diqqat markazida turdi. 
Qurultoy qatnashchilari muxtoriyat 
va mustaqillik e’lon qilish fikrini qo‘llab­
quv 
vatlashdi. 27-noyabrda tashkil top-
gan hukumat Turkiston Muxtoriyati deb 
ataldi. Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar 
hokimiyat Muvaqqat kengashi va Turkis-
ton Milliy majlisi qo‘lida jamlandi. 
Shu tariqa, o‘lkada ikki hokimiyat-
chilik yuzaga keldi. Ularning biri mil-
latlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi 
huquqini yoqlagan, milliy davlat mus-
taqilligini tiklashga qattiq bel bog‘lagan 
taraqqiyparvar ziyolilar, ishbilarmonlar 
hukumati, ikkinchisi, Rossiya imperiyasi
hukmronligini yangicha sharoitlarda 
saq lab qolish siyosatini yuritgan bolshe-
viklar edi.
102


103
Oldiniga bolsheviklar Turkiston Mux-
toriyati hukumatining ta’sir doirasini 
cheklash va uni tugatish uchun yetar-
li harbiy kuchga ega bo‘lmagan. Ular 
1918-yil 19-yanvardagina Orenburgni 
qo‘lga olib, Moskva bilan Turkiston o‘rta-
sida temiryo‘l qatnovini tiklaganlaridan 
so‘ng Toshkentga qurol-yarog‘ yetkazib 
berish imkoniga ega bo‘ladilar. Toshkent-
dagi bolsheviklar bundan ruhlanib, 1918-
yil 31-yanvarda Qo‘qondagi Turkiston 
Muxtoriyati hukumatini tarqatib yuborish 
haqida qaror qabul qiladilar.
«27­noyabr Qo‘qon­
da Turkiston muxtori­
yati umumiy musulmon 
syezdida e’lon qilindi. Mubo­
rak va xayrli bo‘lsin! Kamina 
ham majlisda bo‘lushdan if­
tixor etaman. Yashasin Tur­
kiston muxtoriyati!»
Behbudiy. «Hurriyat» 
gazetasi, 1917­yil.
Elli(k) yildan 
beri ezildik, 
tahqir etildik, qo‘limiz bog‘landi, 
tilimiz kesildi, og‘zimiz qopondi, 
yerimiz bosildi, molimiz talandi, 
sharafimiz yumuruldi, nom
usimiz 
g‘asb qilindi, huquqimizg‘a tajo
­
vuzlar bo‘ldi, insonligimiz o
yog‘lar 
ostig‘a olindi, to‘zimli tur
dik, sabr 
etdik. Kuchga tayangan har buy
­
rug‘ga bo‘yunsundik, butun bor
­
lig‘imizni qo‘ldan ber
dik. Yolg‘iz 
bir fikrni bermadik, yashun
turdik, 
imonlarimizga avr
ab saqladik: 
Turkiston muxtoriyati!
Fitrat. «Hurriyat», 1917
­yil.
IJODIY FAOLIYAT
1. 
Fitrat o‘zining fikrlari or
­
qali qaysi voqealarni nazar­
da tutmoqda?
2. Matndagi «yashunturdik, imonla­
rimizga avrab saqladik: Turkiston 
muxtoriyati!» so‘zlariga e’tibor qara­
ting. Uni 
mustaqillik, hurlik, erkinlik, 
ozodlik,
kabi so‘zlarning mohiyati bi­
lan qanday bog‘liqligi bor? 
3. Muxtoriyat deganda nimani tushun­
dingiz?


104
MULOHAZA UCHUN
MA’LUMOT UCHUN
O‘lkadagi ilk demokra-
tik va xalqchil hukumat bo‘lgan 
Turkiston Muxtoriyatining faoliyati, af-
suski, uzoq 
qa cho‘zilmadi. Bolshevik-
lar va Toshkent Soveti (rahbari: Ivan 
Tobolin) unga katta xavf deb qaradilar 
hamda zudlik bilan tugatishga hara-
kat qildilar. Turkiston o‘lkasi ishchi, sol-
dat va dehqon deputatlari Sovetlarining 
1918-yil 19–26-yanvarda bo‘lib o‘tgan 
favqulodda IV syezdida Turkiston Mux-
toriyati hukumatini kuch bilan tugatishga 
qaror qilishdi. 
Turkiston Respublikasi Xalq Komis-
sarlari Soveti 1918-yil 30-yanvar kuni 
harbiy harakatlarni boshladi. Turkiston 
bolsheviklari buning uchun qizil gvar- 
diyachilardan tashqari yollangan qurolli 
guruhlardan ham keng foydalandi. Nati-
jada Qo‘qon shahrida ko‘plab aholi halok 
bo‘ldi. Turkiston Muxtoriyati esa harbiy 
kuch ishlatish yo‘li bilan tugatildi.
1918-yil 22-fevralda Qo‘qon shahri-
dagi Rus–Osiyo banki binosida bolshe-
viklar tomonidan tayyorlangan «tinchlik 
shartnomasi» imzolandi. Ushbu shartno-
maning 2-moddasida: «Aholi o‘lka Xalq 
Komissarlari Soveti hokimiyati va barcha 
mahalliy sovet tashkilotlarini tan oladi», 
deb yozilgan edi.
Turkiston Muxtoriyati huku
­
mati atigi 72 kun umr k
o‘rgan 
bo‘lsa ham, u erksevar xalqimizni 
milliy mustaqillik va istiqlol uchun 
kurashga da’vat etdi.
Turkiston Muxtoriyati hu-
kumati qisqa muddat ichida 
xalq o‘rtasida katta e’tibor qozon-
di. Fitrat, Cho‘lpon, Hamza singari 
o‘zbek xalqining otashin shoirlari 
muxtoriyat hukumatini alqab, o‘tli 
she’rlar bitishdi. Fitrat muxtori-
yat e’lon qilingan 27-noyabr tunini 
«Milliy laylatulqadrimiz» deb atadi. 
Turkiston o‘lkasining turli shahar 
va qishloqlarida muxtoriyatni ol-
qishlab, ko‘p ming kishilik namo-
yishlar bo‘lib o‘tdi. O‘sha davrda 
chiqqan gazetalarning yozishicha, 
namoyish qatnashchilarining 
bayroqlarida «Yashasin Muxtori-
yatli Turkiston va uning hukuma-
ti!» deb yozilgan so‘zlar hilpirab 
turardi. 
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
1. Turkiston Muxtoriyati qanday sharoitda va kimlar tomonidan 
tashkil etildi?
2. 
Siz Turkiston Muxtoriyatini demokratik davlatchilik namunasi sifati
­
da tavsiflab bera olasizmi? 
3. Bolsheviklar Muxtoriyatga nima sababdan katta xavf sifatida qara­
gan?
4. Muxtoriyat hukumati mag‘lubiyatining asosiy sabablarini ko‘rsatib 
bering.
5. Turkiston Muxtoriyati tajribasidan qanday zarur saboqlar chiqarish 
mumkin?


105
TURKISTON O‘LKASIDA
TURKISTON O‘LKASIDA
SOVET HOKIMIYATI BOSHQARUV 
SOVET HOKIMIYATI BOSHQARUV 
TIZIMINING O‘RNATILISHI
TIZIMINING O‘RNATILISHI
MULOHAZA UCHUN
BUGUN DARSDA
1. Bolsheviklar hokimiyatiga 
Turkistonda «sovet avtono­
miyasi»ni o‘rnatishdan qanday man­
faatdorlik bor edi?
2. 1918­yil Buxoro va Xiva davlat­
larining chegaralarini xaritadan 
ko‘rsating.
3. Buxoro va Xiva xonligidan tashqari 
hududlarda qanday boshqaruv tar­
kibi mavjud edi? Bu hududlar kim 
tomonidan va qanday boshqaril­
gan?

Yüklə 18,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin