Æ
Yosh buxoroliklar.
Æ
Amir Olimxon islohotlari.
Æ
Buxoro amirligining qulashi.
XX asr boshlarida Buxoro ijtimoiy hayotida bir-biriga qara-
ma-qarshi ikki kuch paydo bo‘ldi. Birinchisi – Buxoroning siyosiy hayo-
tini demokratik asosda qayta qurish, uning iqtisodini rivojlantirish, ilg‘or
mamlakatlar qatoriga ko‘tarilishi uchun astoydil kurashuvchi Yosh buxo-
roliklar, ikkinchisi – diniy mutaassiblar, har qanday yangilik va islohotlar-
ning dushmani bo‘lgan toifa vakillari edi.
Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatlarini 1910-yildan boshlashgan bo‘lib, bu
siyosiy harakatning tashkil etilishiga yosh turklarning «Ittihodi va taraq-
qiy» partiyasi katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Abduvohid Burhonov, Usmon
Xo‘ja, Muso Saidjonov, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jaev va Sadriddin
Ayniy kabi ko‘plab ziyolilar yosh buxoroliklarning yetuk namoyondalari
bo‘lishgan.
93
Yosh buxoroliklar
94
MA’LUMOT UCHUN
Yosh buxoroliklar mamlakatda quyidagi ishlarni amalga oshirishni
ko‘zlashgan edi:
Æ
amirlikdagi yer-suv masalasiga katta e’tibor berish;
Æ
milliy armiyani shakllantirish uchun harbiy maktablar ochish;
Æ
moliya masalasida kirim-chiqimlarni hisoblash;
Æ
ma’orif sohasida amirlik xazinasi hisobidan maktablar va oliy
o‘quv yurtlari ochish.
Æ
yakka hokimlik (monarxiyani) yevropacha konstitutsion monar-
xiyaga almashtirish.
1910-yil 10-dekabr kuni amir Abdullahad vafot etgach, taxtni uning
o‘g‘li Said Olimxon egalladi. Amir Olimxon hali siyosiy kuchga ega
bo‘lmagani uchun yosh buxoroliklarga yon berishga majbur bo‘ladi va
islohot o‘tkazish uchun va’dalar beradi. Ammo 1917-yil Rossiyada bo‘lib
o‘tgan fevral inqilobidan so‘ng, imperiya hukumatining ag‘darilishi amir-
likdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtirib yuboradi. Yosh buxorolik-
lar amirni islohot o‘tkazishga undaydilar.
1. Yosh buxorolik
lar mamlakatda amalga
oshirilmoqchi bo‘lgan
ishlari uchun qanday
imkoniyatlar kerak edi?
2. Amirlikdagi ijti
moiysiyosiy vaziyatni
keskinlashuviga qanday
omillar ta’sir ko‘rsat
gan?
Amir Abdulahad o‘g‘li Sayid Olimxonni 1893-yilda Peter-
burgga o‘qishga jo‘natdi. Bu yerda u 3 yil davomida harbiy ish-
lar va davlat boshqaruvi asoslarini o‘rgandi. Amirlik taxtiga o‘tirganidan
keyin Sayid Olimxon Buxoroda davlat asoslari va diniy tizimni o‘zgarti-
rish taraddudida bo‘lmadi. Ammo Rossiyadagi voqealar va amirlikning
o‘zidagi muxolafatchi harakatlar uni chora-tadbirlar ko‘rishga va Yosh
buxoroliklarning (jadidlar) mamlakatni demokratlashtirish va islohotlar
o‘tkazish to‘g‘risidagi talablariga yon berishga majbur qildi.
1917-yil bahorida bosh qozi amirning mavjud tuzum asoslariga daxl
qilmaydigan va xalqning ahvolini ko‘p ham o‘nglamaydigan farmonini
o‘qib eshittirdi.
IJODIY FAOLIYAT
IJODIY FAOLIYAT
Farmonda odil sudlov, xiroj, zakot va boshqa soliqlarni undirishning
barqaror asoslarini yaratish haqida so‘z borardi. Sanoat va savdoni ri-
vojlantirishga ham e’tibor qaratilgandi. Amaldorlarga xizmat yuzasidan
vazifalarni ijro etish chog‘ida qo‘shimcha ustama haq olish taqiqlandi. Bu-
ning o‘rniga davlat tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilgan maosh ta’sis etil-
di. «So‘ngra biz tomonimizdan, – deyiladi farmonda, – xususan, shariat
amri bilan mamlakatda foydali bilimlarni rivojlantirish va rag‘batlantirishga
qaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi». Farmonda bosmaxona ochish, mah-
buslarni zindonlardan ozod qilish haqida ham va’dalar berildi.
BILASIZMI?
Yosh buxoroliklar farmonni amalga oshirish maqsadida Yosh buxoroliklar qo‘mi
tasini tuzdilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mullaxon o‘g‘li, Mirzo G‘ulom vazmin, bosiq
harakatlar bilan farmonni qo‘llab-quvvatladilar. Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat va Usmon
Xo‘ja kabilar yanada chuqur islohotlar o‘tkazishni talab qilib, o‘z tarafdorlarini zudlik bilan na
moyish o‘tkazishga da’vat etdilar. 1917yil 8aprelda jadidlar Karki va Buxoroda namoyishlar
o‘tkazishdi. Buxoroda namoyishga to‘plangan 150 kishiga Fayzulla Xo‘jayev va Abdurauf Fit
rat boshchilik qilishdi. Shiorlarda «Yashasin Amir!» qatorida «Hurriyat, Adolat, Musavvat!» kabi
boshqa mazmundagi da’vatlar ham bor edi. Namoyishga chiqqanlar Arkgacha yetib kelishgani
da amir sarbozlari ularni to‘xtatishdi.
Amir qo‘shini namoyishga chiqqanlarni tarqatib, hibsga ola boshladi. 30 dan ziyod namo
yishchi hibsga olindi, ko‘plariga tan jarohati yetkazildi. Qutulib qolgan namoyishchilar boshqa
shaharlarga qochib jon saqlashdi. Buxorodagi voqealar jadidlarni sergaklantirdi.
IJODIY FAOLIYAT
1. Sayid Olimxon o‘zi chi
qargan farmonga qanday
munosabatda bo‘ldi?
2. Namoyishchilarning tarqati
lishi va o‘qqa tutulishi xalqning
Said Olimxonga bo‘lgan ishon
chiga ta’sir ko‘rsatdimi? Nima
uchun?
95
96
IJODIY FAOLIYAT
Amir va uning qo‘shinlari
deyarli hech qanday qarshilik
ko‘rsata olmaganligiga Zirabuloq
shartnomasining qanday aloqasi
bor? Unda amir qancha qo‘shinga
ega bo‘lishi ko‘rsatilgan edi?
MA’LUMOT UCHUN
1920-yil yanvarda Toshkentda bo‘lgan Yosh buxoroliklarning
so‘l qismi Fayzulla Xo‘jayev rahbarligida «Inqilobchi yosh buxoro-
liklarning Turkistondagi markaziy byurosi»ni tuzishdi. Ammo bu tashkilot
nufuzli siyosiy kuchlarni o‘zida mujassam etmagan. Bu tashkilot O‘rta
Osiyoni butunlay zabt etib, uni bolsheviklar qo‘l ostida bo‘lgan yangi
davlat tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilgan mustamlakachilarning
kurash vositasiga aylandi.
Fayzulla Xo‘jayev rahbarlik qilgan Yosh buxoroliklar va bolshevik-
larning birgalikdagi harakatlari bilan qo‘zg‘olon boshlanadi. 1920-yili
avgustda Chorjo‘yda Muvaqqat inqilobiy qo‘mita tuziladi. Vaziyatdan
foydalangan sovet davlati yaxshi qurollangan qo‘shin va mahalliy aho-
lini dahshatga soluvchi harbiy aviatsiya bilan ta’minlangan yirik harbiy
qismlarni Buxoroga tashladi.
Amir va uning qo‘shinlari deyarli hech qanday qarshilik ko‘rsata ol-
madi. Amir Olimxon Afg‘onistonga chekinishga majbur bo‘ldi.
1920-yil 2-sentyabrda bolsheviklar armiyasi qo‘shinlari Buxoroga
kirdi. 6-oktyabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Fayzulla Xo‘jayev
boshchiligidagi birinchi hukumat Xalq Nozirlar Kengashi tuzilganligi
e’lon qilindi.
96
97
BUXORO XALQINING HASRATI TARIXI
Bolsheviklar bu orada ko‘p hiylatadbir qo‘llashga, go‘yo
do‘stlik liboslarini kiygandek bo‘lib, aslida makru hiyla tadbirla
rini ishlatish yo‘liga, makkorlik yo‘liga o‘tdilar. Go‘yo sulh tuzish
uchun Baranov degan tashqi ishlar vaziri bo‘lmish bir kimsani
favqulodda elchi qilib, Toshkentdan Buxoroga yubordilar. Muxtor
vakil bu bandayi ojiz huzuriga kelib uchrashdi. Shu kishi uzr bayon
etib, gaplashdi, gaplarimizni eshitib, biz bilan kelishdi. U kishi ilti
mos qilib aytdiki, rus davlati ellik besh yildan beri Buxoro davlati
bilan do‘stlik va oshnachilikda bo‘lib keldi, to shu paytgacha biz
ning davlatimiz Buxoro davlatidan barcha manfaatlarni ko‘rib kel
moqda, shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasida bu orada hech qanday
birbiriga zarar ko‘radigan ishlarni bajo keltirishmadi. Istardimki,
bugundan keyin ham bu ikki davlat o‘rtasida do‘stlik va oshnachi
lik gullabyashnasa va bizga ham sizning davlatingizdan yordam
va manfaat tegsa. Sizlardan bizlarga har qancha xizmat bo‘lsa, bizning jumhuriyat dav
latimiz uni o‘rniga qo‘ysa. Lekin sizlardan bir iltimosimiz bor, o‘z askarlaringizni bizning
temiryo‘l stansiyasidan olsangiz, chunki biz uni o‘zimizga istehkom qilmoqchimiz. Biz
ning askarlarimiz vahshiy va nodon odamlardir. Mabodo sizning askarlaringizni ko‘rib
qolsa, unga to‘qnashib qolib, sizdek zoti shahona oldida bizni uyaltirib qo‘yishadi. Bu
borada siz nimaiki istab, unga xohish bildirsangiz, o‘sha aytganingizni bajo keltiramiz.
Shu tariqa u bilan gaplashib, gaplarini eshitib, kelishuv tuzdik, unga imzo ham chek
dik. Shu bilan u o‘z joyiga qaytib ketdi.
Ammo dushmanlarimiz bu nayrang bilan bizni g‘aflatda qoldirib, misoli bir yo‘lto‘sar
lar kabi, urush e’lon qilmasdan hijriyning 1339yili (1920) zulhijja oyining o‘n beshida
yakshanba kechasi soat o‘n ikkida soqchilar va qo‘riqchilar ustiga hujum qilib kelib,
o‘sha yerda temiryo‘l atrofiga qo‘yilgan barcha qorovullarni, taxminan, yuz ellik nafar
kishini bandi qildilar.
Shu tariqa ular Buxoro askarlari ustiga yopirilib kelib hujum uyushtirdilar, shu bilan
urushni boshlab yubordilar. Natijada vaqt yarim kecha soat ikkida ancha askar va harbiy
qurollar jamlab, to‘p otish va o‘q yog‘dirish bilan birga temir qalqonli aravalar — bro
neviklar, temir qoplangan motorlar — bronepoyezdlar bilan urush boshlab yubordilar.
Ular o‘n bitta tayyora bilan Buxoro shahri ustida havoda parvoz etib, bomba yog‘dirdi
lar. Bu bandayi ojiz o‘z askarimni majburan oldinga — frontga chiqarib, ixtiyorni taqdiri
ilohiyga topshirib, to‘rt kechayu to‘rt kunduz urushdik. Bu urush asnosida dushman
taxminan Buxoroning yarmini to‘p va pulemyotdan o‘qqa tutib, ko‘p talafot yetkazdi.
To‘p o‘qlarining ko‘pligi, bomba yog‘dirishlar, talafot va xarobaliklar Buxoro shahri
da ortib ketib, kambag‘al bevabechoralarni qattiq tashvishga solib qo‘ydi.
So‘nggi Buxoro amiri Sayid Olimxon
MANBALARDA
98
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
1. Yosh buxoroliklar faoliyatidan nimalarni bilib oldingiz?
2.
Amir Sayid Olimxon o‘z davlatida qaysi maqsadda islohot
lar o‘tkazishga urinib ko‘rdi?
3.
Jadidlar dasturi amir Olimxon mo‘ljallagan islohotlardan nimasi bi
lan farq qilardi?
4. Buxoro amirligining qulashi sabablarini sanab bering.
Buxoro amiri Sayid Abdu
lahadxon 1910yil 3fev
ralda Sankt-Peterburg
dagi masjid poydevorini
qurish marosimida.
Sankt-Peterburgdagi
Buxoro amiri Sayid
Abdulahadxon uchun
qurilgan saroy.
99
XIVA XONLIGINING TUGATILISHI
XIVA XONLIGINING TUGATILISHI
BUGUN DARSDA
MULOHAZA
UCHUN
1. XIX asrning oxiri – XX asr
ning boshlarida Xiva xonligi
da ijtimoiyiqtisodiy vaziyat
qanday edi?
2. Xalq noroziligi harakatla
rining maqsadlari nimadan
iborat edi?
Dostları ilə paylaş: |