100
Manifest talablari
— Xon va uning hukumati tomonidan mamla
katni mutlaq boshqarishni butkul barham toptirish.
— Xiva xoniga shahzodalar va vazirlarga te
gishli bo‘lgan mablag‘lar va mulklarni xalq mulki
deb e ’lon qilish.
— Kambag‘allar hayotini yaxshilash yo‘lida yi
rik zamindorlar yerlaridan foydalanish.
— Bolalarni bepul o‘qitish uchun xonlikning
hamma joyida maktablar ochish.
— Shaharlar va aholi manzilgohlarida bepul
shifoxonalar va sog‘lomlashtirish muassasalari
ochish.
— Xiva xoni va beklari tomonidan kambag‘al
aholidan tortib olingan yerlar, mulk va boshqa nar
salarni qaytarib berish.
— Majburiy mehnatga jalb qilish (begor)ni bu
tunlay yo‘q qilish.
BILASIZMI?
1917yil oktyabr to‘ntarishidan
keyin Rossiyada bolsheviklar huku
matni qo‘lga kiritdi. Turkistonda ham hoki
miyat bolsheviklar qo‘liga o‘tdi
va bu yerda
ham sovet respublikasi tuzildi. Sovetlar xav-
fi oldida hukumatni yo‘qotishdan qo‘rqqan
Asfandiyorxon bosh qo‘mondon etib turk
manlarning yovmut qabilasi sardori Qurbon
Mamed (Muhammad) sardor Junaydxonni
tayinladi. Saroyda mavqeyini oshirib olgan
Junaydxon 1918-yilning oktyabr oyida dav
lat to‘ntarishini amalga oshirdi va Nurullaboy
saroyida Asfandiyorxonga suiqasd uyushtirdi.
Taxtga Asfandiyorxonning akasi Said
Abdulla o‘tirdi.
Amalda hokimiyat Junayd-
xon qo‘lida to‘plangan edi.
Rossiya imperi–
yasining Xivaga yu
rishlari paytida yosh
Qurbon Mamed (Mu
hammad) turkman
yovmut yigitlari qa
torida bosqinchilar
ga
qarshi janglar
da
qatnashgan. Asfan
diyorxon Junaydxon
ni turkman qabila
larining sardori etib
tayinlagan (1915).
Turkman oqsoqolla
ri uni Junaydxon deb
e’lon qilishgan.
101
MA’LUMOT UCHUN
1920-yil yanvar oyidan Xivaga qarshi hujumga o‘tgan so-
vetlar fevral oyining boshlarigacha bir qator shaharlarni qo‘lga
kiritadilar. Natijada Said Abdullaxon taxtdan voz kechadi.
1920-yilning 27–30-aprel kunlari Xivada bo‘lib o‘tgan
xalq vakillari
Butunxorazm qurultoyi xonlik tugatilganligi va Xorazm Xalq Sovet Res-
publikasi tuzilganligini e’lon qildi. Qurultoy XXSRning muvaqqat Konsti-
tutsiyasini qabul qildi. Qurultoy shuningdek, 15 kishidan iborat hukumat
– Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Yosh xivaliklar rahbarlaridan Pol-
vonniyoz Yusupov uning birinchi raisi bo‘ldi.
DARSDAN
SABOQ CHIQARIB
1. Manifest talablarini amalga oshirish uchun xon tomonidan
qanday sharoitlar yaratilishi talab etilgan?
2. Rossiyada qanday vaziyat hukm surmoqda edi?
3. Rossiyadagi 1917yil fevral va oktyabr to‘ntarishlari Xiva xonligiga qan
day ta’sir ko‘rsatdi?
TURKISTON MUXTORIYATI
TURKISTON MUXTORIYATI
MULOHAZA UCHUN
BUGUN DARSDA
1. Turkiston muxtoriyati haqida nima
larni bilasiz?
2. Rossiyada bo‘layotgan siyosiy, iqtiso
diy va ijtimoiy o‘zgarishlar Turkiston
o‘lkasiga qanday ta’sir ko‘rsatgan edi?
Dostları ilə paylaş: