Xudoybergan Devonov
1878-yil-
da tug‘ilgan. Bolaligidan bilimga chanqoqligi va
ijodiy iste’dodi bilan ajralib turgan. U arab, fors
va rus tillarini o‘rgangan. Qiziquvchan o‘smir
nemis tilini o‘rgana boshlagan va bu kelgusida
uning taqdirini belgilab bergan.
1903-yilda Xudoybergan Devonov Xiva-
ning minoralari va hamyurtlarini suratga ola
boshlagan. Avvaliga bu diniy ulamolarning qat-
tiq qarshiligiga uchragan. Biroq fotosuratchini
har qanday yangilikka qiziqqan Muhammad
Rahimxon II o‘z himoyasiga olgan. U nafaqat
xon, balki iste’dodli shoir va bastakor sifatida
tarixda qolgan. Hukmdor Xudoyberganga o‘zi-
ning suratini olishni buyurgan, keyin esa uni
o‘z devoniga ishga taklif qilgan.
O‘zbekistonda
XX asr boshlaridan
zamonaviy futbol qoidalari asosida
o‘yinlar o‘tkazilgan. 1912
yilda Qo‘qon
da birinchi futbol jamoasi tuzildi.
86
Xalq sozandalari mashhur usta-bas-
takorlar qo‘lida ta’lim olishgan. Ko‘p
asr
lar davomida butun Sharqda keng tarqal-
gan mumtoz maqomlar professional musiqa-
ning og‘zaki an’analaridagi bebaho xazinasini
tashkil etgan. Maqomlar yirik turkumli og‘za-
ki-cholg‘uli (yakkaxon va cholg‘uli) asarlardir.
Musiqa asboblari ham nihoyatda rang-ba-
rangligi bilan ajralib turar edi. Bu borada tor-
li-kamonchali cholg‘u asboblari (g‘ijjak, qo‘biz,
uchtor), torli-noxunli (do‘mbira, dutor, tanbur,
ud, rubob), torlizarbli (chang), puflama nay
-
li (nay, surnay), munshtukpuflamali (karnay),
zarb
li-membranali (doira, nog‘ora, chindovul)
kabi cholg‘u asboblari keng tarqalgan edi.
MA’LUMOT UCHUN
MA’LUMOT UCHUN
«Biz kim, Xo razm
mamlakatining oliy
xoqoni Muhammad Ra
himxon Soniy quyidagi
farmoni oliyga imzo chek
dik. Xorazm maqomla
ri xalqning daxlsiz mulki
deb e’lon qilinsin. Ushbu
farmoni oliyga shak kel
tirgan va maqomlarni
kamsitgan yoki uni buzib
ijro etgan kimsalar qattiq
jazolansin!»
1882yil
XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida me’morchilikda ham
o‘zgarishlar bo‘ldi, Yevropa va
sharq me’morchilik ananalari
uyg‘unlashib ketdi.
Masalan, XX asr boshlarida
Buxoroda barpo etilgan Sito-
rai Mohi Xosa qurilishida Usta
Shirin Murodov boshchiligida
bir guruh usta ganchkorlar ish-
lagan.
Sitorai Mohi Xosa
Farg‘ona vodiysida ham o‘zbek xalq me’morchiligining o‘ziga xos tar-
mog‘i mavjud edi. XIX asrning ikkinchi yarmida vodiy milliy me’morchili-
giga Yevropa me’moriy uslubidagi binolarni qurish an’analari kirib keldi.
Shunday bo‘lsa-da, XIX asr oxirlarida qurilgan Andijon jome masjidi o‘z
qurilishi bilan yuksak milliy me’morchilik namunasi bo‘lib qoldi.
Toshkentning Yangi shahar qismida ge-
neral-gubernatorlikning ma’muriy va boshqa
binolari qad ko‘tardi. Ular me’moriy jihatdan
g‘arb muhiti va uslubida qurilgan binolar edi.
Toshkent
ayollar
gimnaziyasi
Xorazm me’morchilik
maktabining e’tiborli tomoni
shundaki, peshtoqlar, shiplar,
burjlar o‘ta nozik did va nafo-
sat timsoli arabiy yozuvlar
bilan bezatilardi. Xattotlar bu
yozuvlarni mohirlik bilan bino
bezagiga uyg‘unlashtirib
yubora olganlar.
87
88
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston tasviriy san’ati Samar-
qand, Qo‘qon, Buxoro miniatyurachilari ijodida, ayniqsa, yorqin namo-
yon bo‘ldi (Ahmad Donish, Abdulxoliq maxdum, S. Siddiqov). Ular tas-
viriy san’atning an’anaviy turlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.
XX asr boshlarida devoriy naqshlarda ilgari uchramagan manza-
ralar – suzib borayotgan kema, temiryo‘llar va hayvonlar tasvirlaridan
foydalana boshlandi.
«Yusuf va Zulayho»
Mirza Mir Ishoq al Buxoriy,
XIX asrning oxiri –
XX asrning boshi
Kumush muqovali
Qur’oni Karim.
XIX asr
Shirmonpaz masjidining
ustunlari va shifti.
XX asr. Marg‘ilon
Yog‘och lavh va
Xudoyorxonga tegishli
Qur’on qo‘lyozmasi.
XIX asr
89
Ramziy ranglar
va naqshlar zargarlik-
da, liboslarda, nodir
toshlardan ishlangan
zeb-ziynat buyumla-
rida ustuvorlik qilgan.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston
aholisiga tabiblar, jarrohlar, rishtachilar (yaralarni
tuzatuvchi), siniqchilar, doyalar, zulukchilar kabi
an’anaviy tibbiyot vakillari tibbiy yordam ko‘rsat-
ganlar. Mahalliy aholi orasida qon oldirish va zu-
lukdan foydalanish, shuning dek, turli xil uqalash
(massaj) usullari ham keng tarqalgan edi. Davo-
lovchi vosita sifatida margimush, simob, sulema
(zaharli poroshok), kinovar (simob sulfid), temir
va mis kuporosi, achchiqtosh, novshadil kabi mi-
nerallar keng qo‘llanilgan.
Tabiblar o‘simlik va minerallardan tayyor dori-
larni bemorlarga berishdan tashqari, o‘zlari ham
oltingugurt va azot kislotasi tayyorlashni bilgan,
shuningdek, damlamalar, kukunlar, hapdori, mal-
ham dori (maz) va plastirlar tayyorlashgan.
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
1. Mavzuda berilgan rasmlar asosida xalqimizning hunar
mandchiligiga baho bering.
2. Me’morchilikdagi o‘zgarishlarning o‘ziga xos tomonlari haqida taq
dimot tayyorlang.
3.
G‘arb va Sharq an’analari uslubida qurilgan inshootlar haqida ma’lu
mot to‘plang.
TURKISTON O‘LKASI 1917-YIL
TURKISTON O‘LKASI 1917-YIL
FEVRAL–OKTYABR ORALIG‘IDA
FEVRAL–OKTYABR ORALIG‘IDA
MULOHAZA UCHUN
MA’LUMOT UCHUN
BUGUN
DARSDA
1. Rossiyada sodir bo‘lgan fevral va ok
tyabr inqiloblariga nimalar sabab bo‘ldi?
2. Inqilobchilarning maqsadlari nimalardan iborat
bo‘lgan?
3. Rossiyada bo‘lgan davlat to‘ntarishining Turkis
tonga ta’siri bo‘ldimi? Nima uchun?
Dostları ilə paylaş: |