N. I. Musayev tarix fanlari doktori, professor



Yüklə 18,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/64
tarix29.07.2023
ölçüsü18,09 Mb.
#137967
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
10-sinf O\'zbekiston tarixi @tarixdan tomchi

 
Æ
Turkiston Avtonom 
Sovet Sotsialistik Respub
­
likasi (Turkiston ASSR) tuzilgan
­
ligining e’lon qilinishi. 
 
Æ
Turkiston komissiyasini tuzilishi. 
 
Æ
«Harbiy kommunizm» siyosati. 
 
Æ
YIS (NEP) va Sovet hokimiyati 
tomonidan xususiy mulkni tuga­
tish ishlari.
MA’LUMOT UCHUN
Sovet hokimiyati Rossiyaga tegishli bo‘lgan chekka o‘lkalar, shu 
jumladan, Turkistonda ham «sovet avtonomiyasi» o‘rnatishga qattiq kirishdi. Bu 
ishni bajarish uchun sovet Rossiyasi poytaxti Moskvadan ko‘plab partiya va so-
vet xodimlari Turkiston o‘lkasiga yuborildi.
Turkiston Muxtoriyatini tor-mor etilishi va bu yerdagi siyosiy vaziyat Mosk-
va e'tiborini Turkistonga qaratdi. Sovet hukumatining topshirig‘i bilan bolshevik
P. Kobozev O‘rta Osiyoning favqulodda komissari qilib Toshkentga jo‘natildi.
1918-yil 30-aprelda «Rossiya Sovet federatsiyasi (RSFSR)ning Turkiston 
Sovet Respublikasi haqidagi Nizom» qabul qilindi. 
Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti va Turkiston Xalq Komissarlari Soveti 
tuzildi. Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, uning hududi, oliy qonun-
chilik va ijroiya idoralari, mahalliy idoralar tuzilishi, vazifalari va ularning RSFSR 
bilan o‘zaro munosabatlari belgilab berildi. 
Ushbu nizomga ko‘ra, RSFSR tarkibida Turkistonda avtonom respublika – 
Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkiston ASSR) tuzilganligi 
e’lon qilindi. Unga Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tashqari, Turkiston o‘lkasi-
ning geografik chegaralaridagi butun hudud kirdi.


106
Nizomda: «Turkiston Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, o‘z 
xatti-harakatlarini Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumati bilan 
muvofiqlashtiradi», – deb qayd etildi. Moskva yana bir idora – Turkis
-
ton komissiyasini tuzadi. Turkiston ASSRdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy 
va madaniy jarayonlar bilan bog‘liq barcha muhim masalalar ularning 
roziligi bilangina hal etila boshlangan.
IJODIY FAOLIYAT
1. 
Turkiston ASSR qanday tuzilma edi? U nima maqsadda tashkil etil
­
gan?
2. Moskva Turkiston komissiyasini tuzishdan maqsadi nima bo‘lgan deb 
o‘ylaysiz? Nima uchun?
3. 
Turkiston ASSRdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar 
Turkiston komissiyasi roziligi bilangina hal etilsa, mamlakat mustaqil 
bo‘ladimi?
4. Bu masala «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Ros­
siya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xu­
susidagi» chaqirig‘iga qanchalik to‘g‘ri keladi?


Angren 
konidagi 
shaxtyor
 
Æ
1918–20-yillar «harbiy kommunizm» deb nomlandi. 
Uning mohiyati butun sanoat ishlab chiqarishi davlat qo‘li-
da jamlanib, qattiq markazlashtirish asosida boshqarishdan ibo-
rat bo‘lgan; 

Yüklə 18,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin