Kirish Eng qisqa masofani aniqlash misolini ko’rib chiqaylik. Shahar viloyatlarini birlashtiruvchi avtomobil yo’llari tarmog’I berilgan bo’lsin. Ba’zi yo’llar bir tomonlama. Shahar markazidan har bir viloyatga eng qisqa yo’lni topishimiz zarur.
Keltirilgan masalani yechishda Deykstraning algoritmidan foydalanishimiz mumkin. Algoritm graflarga asoslangan bo’lib, u 1959 yil niderlandiyalik olim E. Deykstra tomonidan yaratilgan. U grafning bitta uchidan boshqa uchlarigacha eng qisqa masofani aniqlaydi, bunda grafning quvurg’alari manfiy og’irlikka ega bo’lmasligi lozim. Bizdan birinchi uchdan qolganlariga borishning qisqa masofasini toppish talab qilinsin.
Graf – bu tugunlar va qirralar (tugunlar juftligini birlashtiruvchi) to’plamidan iborat bo’lgan abstrakt matematik ob’ektdir.
Grafning elementlari tarkibi va munosabatlar tuzilishi beriladi.Grafning tarkibiy qismlari bu uning tugunlari va qirralaridir. Bir nechta juft tugunlararo qirralardan iborat bo’lgan turlicha yo’llar to’plami mavjud bo’lishi mumkin. Yopiq yo’llar – sikllarning mavjud bo’lishi tarmoqlarga xos xususiyatdir.
Yonaltirilmagan graf yoki simmetrik bog’liqlik Yonaltirilmagan graf yoki nosimmetrik bog’liqlik qirrayoylar Ilmoq – aynan bitta tugundan chiqib, yana shu tugunga kiruvchi qirra
Deykstra algoritmi Gollandiyalik olim Edsger Deykstra algoritmi grafning boshlang’ich berilgan tugunidan boshlab qolgan barcha tugunlargacha bo'lgan barcha eng qisqa yo'llarni topadi.Uning yordamida, agar barcha zarur ma'lumotlar berilgan bo'lsa, masalan, neft va shu kabi mahsulotlarni eksport qilish uchun bitta shahardan boshqa shaharlarning har biriga borish uchun qaysi yo'llar ketma-ketligini tanlash afzalroq ekanligini bilib olish mumkin. Ushbu usulning salbiy tomoni shundaki, manfiy vaznga ega bo’lgan qirralari mavjud bo'lgan graflarni qayta ishlash imkonining mavjud emasligi, ya'ni, masalan, ba'zi tizim birorta kompaniya uchun foydasiz bo'lgan marshrutlarni taqdim qilsa, u holda u bilan ishlash uchun Deykstraning algoritmidan foydalanib bo’lmaydi.
Algoritmni dasturiy ta'minotini amalga oshirish uchun ikkita massiv kerak bo'ladi: mantiqiy toifadagi visited - tashrif buyurilgan tugunlarhaqidagi ma'lumotlarni saqlash uchun va topilgan eng qisqa yo'llar kiritiladigan butun toifadagi - distance. G={V,E} graf berilgan bo’lsin. V to’plamga tegishli barcha tugunlar dastlab tashrif buyurilmagan deb belgilanadi, ya’ni visitedmassivining elementlariga false qiymat berib chiqiladi. Eng afzal yo’lni topish masalasi qaralyapti.Distance massivining har bir elementiga shunday qiymat beriladiki, ixtiyoriy potensial yo’ldan katta bo’lsin (odatda, bu qiymatni cheksiz katta qiymat deb qaraladi, ammo dasturda berilgan toifaning qiymatlar diapazonidagi eng katta qiymat sifatida olinadi). Boshlang'ich nuqtasifatida stuguntanlanadi va unga nol yo'l belgilanadi: distance [s] = 0, chunki s-dan s-gacha hech qanday qirra yo'q (bu usuldailmoqlar qaralmaydi).