Æ
Buxoro amirligining ijti
moiysiyosiy ahvoli.
Æ
Soliq va majburiyatlar.
Æ
Xalq qo‘zg‘olonlari.
Æ
Hunarmandchilik.
Æ
Savdo-sotiq munosabatlari.
MA’LUMOT UCHUN
XIX asr oxirida Buxoro amirligida Buxorodan tashqari Chor-
jo‘y, Kitob, Shahrisabz, Denov kabi shaharlar amirlikning yirik
savdo va hunarmandchilik markazlari hisoblangan.
Amirlik iqtisodining asosiy qismini qishloq xo‘jaligi
sohasi tashkil etgan. Lekin dehqonlar har doim ham
katta daromad olmagan. Ketma-ket kamhosil yillar-
dan keyin baljuvonlik dehqonlar 1885-yilda mo‘l
hosil yig‘ib olishdi. Soliq yig‘uvchilar esa nafa-
qat o‘sha yil uchun, balki o‘tgan kamhosil yillar
uchun ham xiroj to‘lashni talab qilishdi.
Bu esa dehqonlarning noroziligiga sabab
bo‘ldi. Bunday soliq undirishni adolatsizlik deb
bilgan dehqonlar uni to‘lashdan bosh tortdilar.
Amaldorlar zo‘ravonligi va zulmi qo‘zg‘olonga
sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olon 1885-yil iyul oyining oxir-
gi kunlarida ko‘tarilgan. Dehqonlar va amir Muzaffar
lashkari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Tayyorgarlik ko‘rma-
gan va mehnat qurollari bilan ko‘chaga chiqqan dehqonlar
mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘zg‘olonchilar qo‘lga olinib, qatl etildi.
1888-yil Ko‘lob viloyatida boshlangan dehqonlarning norozilik harakat-
lari ham amir tomonidan bostirildi.
54
IJODIY FAOLIYAT
1. O‘ylab ko‘ringchi, nega bu davrda Buxoro amirli
gining markaziy shaharlari tarkibida Samarqand
mavjud emas edi?
2. Ko‘lob bekligidagi qo‘zg‘olonni boshlanishiga ni
malar sabab bo‘ldi?
3.
Sizningcha, qo‘zg‘olonning oldini olish mumkin
midi?
MA’LUMOT UCHUN
Buxoro amirligida bu davrda ham
xalq hunarmandchiligi rivojlanishdan
to‘xtamadi. Buxoro gilamlariga nafaqat ichki
bozorda, balki tashqi bozorda ham talab kat-
ta bo‘lib, amirlik sav dogarlari ularni ko‘p miq-
dorda xorijga sotar edilar.
Ichki va tashqi bozorlarda Buxoro ip-gaz-
lama matolari, ko‘nchilik, zardo‘zlik, kumush
va oltin kandakorlik buyumlari, bo‘yoq va
sovun mahsulotlari, ustalarning oltin va ku-
mushdan yasagan buyumlari Sharq va G‘arb-
da xaridorgir bo‘lgan.
MA’LUMOT UCHUN
IJODIY
FAOLIYAT
Rossiya imperiyasi amirlik hudu
didan temiryo‘l o‘tkazishdan qan
day manfaatlarni ko‘zlagandi?
Buxoro amirligida azaldan rivoj-
lanib kelgan o‘ziga xos ko‘ri
nishdagi
hunarmandchilik mavjud bo‘lgan. Zargarlar
yasagan mahsulotning barchasi nozik naqsh-
lar bilan bezatilardi. Buxoro kulolchilik buyum-
lari bozori ham chaqqon bo‘lib, kulollar butun
amirlik shaharlarida faoliyat olib borgan. Hunar-
mandlar daromadining aksariyat qismi behisob
soliqlarni to‘lashga ketardi. Shu bois ular o‘z
ustaxona va korxonalarini yanada rivojlan-
tirish va takomillashtirish uchun qo‘shimcha
mablag‘larga ega emasdi.
Buxoro amirligi hududi katta foyda
keltiruv
chi tranzit savdo uchun ham qu-
lay bo‘lgan. 1888-yil amirlik hududi orqa-
li dastlabki temiryo‘l o‘tkazildi. Buxorodan
15 kilometr masofada Yangi Buxoro stansi-
yasi qurili shi boshlab yuborildi. Bu yerda amir
saroyi va Rossiya siyosiy agentining qaror-
gohi ham barpo etildi. Endilikda Buxoro amir-
ligi temiryo‘l orqali Toshkent, Orenburg va
Moskva bilan bog‘landi. Buxoroda Rossiya
davlat banki bo‘limi, paxta tozalash zavodi,
Yevropa namunasidagi mehmonxona barpo
etildi. Eski Buxorodagi qo‘shbegi uyi va Ros-
siya imperatorining siyosiy agentligi qarorgohi
ilk paydo bo‘lgan telefon aloqasi bilan bog‘lan-
gan edi.
55
Yangi Buxorodagi (Kogon)
temiryo‘l stansiyasi
56
BILASIZMI?
Buxorodagi maktab
Matolar sotish do‘koni
Madrasa talabalari
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
Buxoro amirligida ta’lim tizimi o‘tgan
asrlardan qolgan an’anaga muvofiq
boshlang‘ich (maktablar) va yuqori (madrasa)
bosqichlaridan iborat edi. Boshlang‘ich ta’lim
muassasalarida asosan arab tili va alifbosi-
da savod chiqarish, islom asoslarini egallash,
axloqiy tarbiyaga urg‘u berilgan. Ularning mod-
diy asosini vaqf mulklari, ayrim shaxslardan
tushgan xayri-ehsonlar tashkil etgan.
Bu davrda Buxoroda 350 ga yaqin an’ana-
viy (boshlang‘ich) maktablar faoliyat ko‘rsat-
gan. Maktabxonada o‘qishga qabul qilish yoshi
Buxoroda 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan
davrni tashkil etgan. Ta’lim jarayoni esa 7–10
yilgacha davom etgan.
O‘g‘il bolalar maktablarining aksariyati
masjidlar qoshida tashkil etilgan. Qizlar mak-
tabida o‘qitish o‘g‘il bolalar o‘qiydigan masjid-
lar huzuridagi maktabxonadagi o‘qitishdan bir
muncha farq qilgan. Bu yerda darslar tushlik-
kacha davom etgan. Qizlarning o‘qishi 7 yosh-
dan boshlanib, 13 yoshda tugar edi. Odatda
qizlar uylarida ta’lim olishgan.
57
Maktabda o‘qiyot
gan o‘quv chining muvaf
faqiyati uchun ota
onasi
domla (otinoyi)ga non,
don (g‘alla) yoki pul ber
gan. Bundan tashqari,
«bo‘yra puli», «k
o‘mir
puli», «supurgi puli» kabi
«to‘lovlar» ham bo‘lgan.
Har pay shanba kuni k
el
tiriladigan «pay
shanbalik
noni» maktabdor domla
ning asosiy haqi hisob
langan.
O‘rta Osiyoda maktablar sonining
ko‘pligini ko‘rgan rus olimi A. Middendorf
musulmon aholisining ommaviy savodxonligini xalq
ta’limi bo‘yi cha Rossiya hukumatiga namuna sifati
da ko‘tsatgan.
BILASIZMI?
Buxorodagi rustuzem
maktabi, 1898yil
Maktabda sinflarga bo‘lish degan gap
yo‘q, hamma o‘quvchi qizlar bir xonada
bo‘yra ustida o‘tirib dars qilishardi... Biri alif
be o‘qisa, ikkinchisi «Haftiyak» o‘qir, uchinchisi
«Qur’on» o‘qisa, to‘rtinchisi «Chahor kitob» o‘qir,
beshinchisi «Hikmat» o‘qisa, oltinchisi Mashrabni
o‘qirdi...
Bir kunda asosan ikkiuch soat o‘qilar, qolgan
vaqt qizlar otinning xizmatini qilishardi...
«Haftiyak»ni bitirib Qur’onga o‘tmoqchi bo‘lsa,
yoki Qur’onni bitirib «Chahor kitobi»ga o‘tmoqchi
bo‘lsa, qizning otaonasi otinga, uning eriga albat
ta bosh oyoq sarpo qilib kelishi shart edi.
Kibriyo Qahhorovaning
«Chorak asr hamnafas» kitobidan.
DARSDAN IJOBIY SABOQ CHIQARIB
1. Buxoroda soliqlarning oshib ketishiga nima sabab bo‘ldi?
Soliqlarni oshirmasdan davlatni bosh qarish mum kinmidi?
2. Ta’lim tizimi haqida qanday ma’lumotga ega bo‘ldingiz?
3. Ta’lim sohasining mamlakat rivojida qanchalik ahamiyati bor?
XIX ASRNING IKKINCHI YARMI –
XIX ASRNING IKKINCHI YARMI –
XX ASRNING BOSHLARIDA
XX ASRNING BOSHLARIDA
XIVA XONLIGI
XIVA XONLIGI
BUGUN DARSDA
MULOHAZA UCHUN
1. Xiva xonligi qachon
tash kil top gan?
2. Xiva xonligida davlat bosh
qaruvi qanday asosda tashkil qi
lingan edi? Buxoro amirligi va Xiva
xonligining birbiriga o‘x shash va
o‘ziga xos tomonlari nimadan ibo
rat edi?
Dostları ilə paylaş: |