Seminar mashg`ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar Seminar mashg`ulotlarida talabalar psixik jarayonlar hodisalar xususiyatlar haqida nazariy va amaliy bilimlarni o’rganadilar.
Seminar mashg`ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
Kasbga yo’naltirish tizimining funksiyalari
Ilk o’spirinlik davrida shaxsiy kasbiy reja va kasbga yo’naltirishning o’ziga xos xususiyatlari
Shaxsning kasbiy o’zini o’zi belgilash tushunchasi va kasbiy o’zini o’zi belgilash bosqichlari
Kasbiy o’zini o’zi belgilash jarayonidagi ziddiyatlar
Mustaqil ishni tashkil etishning shakl va mazmuni Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
Tarqatma materiallar bo’yicha ma`ruzalar qismini o’zlashtirish;
Maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzular ustida ishlash;
Talabaning o’quv- ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish;
Faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalanadigan o’quv mashg`ulotlari;
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
Kasbga yo’naltirish haqida tushuncha, kasbga yo’naltirishning me’yoriy asosi